Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Umumiy yo‘nalishdagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari – tegishli hududlar hamda ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish uchun tashkil etiladi: shahar va tumanlarning mexanizatsiya ishlari yig‘ma otryadlari (komandalari), xavfli hududlarda joylashgan qishloq (mahalla fuqarolar yig‘inlarining yig‘ma komandalari (guruhlari), ob’ektlarning umumiy yo‘nalishdagi otryadlari (komandalari, guruhlari).
Fuqaro muhofazasi xizmat tuzilmalari – hududlar va ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlar yuzaga kelganda maxsus ishlarni bajarish hamda umumiy yo‘nalishdagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan tuzilmalar: - razvedka guruhlari, radiatsion va kimyo nazorat zvenolari va postlari; - aloqa komandalari, guruhlari va zvenolari; - tibbiyot otryadlari, guruhlari, sanitar drujinalar va postlar; - yong‘in xavfsizligi komandalari, bo‘linmalari va zvenolari; - muhandislik komandalari, guruhlari va zvenolari; - avariya-texnik komandalari; - avtomobil otryadlari; - jamoat tartibini saqlash komandalari va guruhlari; - savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘linmalari; - ko‘chma avto yoqilg‘i quyish stansiyalari; - suv tashish zvenolari; - texnik ta’minot bo‘linmalari (ko‘chma ta’mirlash-tiklash guruhlari); - hayvonlarni muhofazalash bo‘yicha guruhlar va zvenolar; - qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini muhofazalash bo‘yicha guruhlar va zvenolar.
- razvedka guruhlari, zvenolari; - aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari; - qutqaruv komandalari yoki guruhlari; - sanitar drujinalari yoki sanitar postlari; - jamoat tartibini saqlash guruhlari; - yong‘in xavfsizligi guruhlari (bo‘linma, zvenolari); - himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar); - avariya-texnik guruhlar; - radiatsion-kimyoviy nazorat postlari va boshqa tuzilmalar. FVDT kuch va vositalaridan foydalanish tartibi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ular balansida turadigan avariya ob’ektlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ob’ektlarning, vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaxassislari) rahbarlarining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, agar bu birlashmalarning qutqaruvchilari attestatsiya tartibida tasdiqlangan tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lsa, jamoat birlashmalari ham ishtirok etishlari mumkin. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 yanvar kuni qabul qilingan 2-sonli «Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan belgilanadi. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish quyidagicha amalga oshiriladi: - xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga joir harakatlar rejasiga muvofiq; - favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda; - mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan. Yirik ko‘lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik-sapyorlik bo‘linmalari, kimyoviy himoya bo‘linmalari va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy transport aviatsiyasi va va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin. Qutqaruv xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarning turi va ko‘lamlariga qarab qutqaruv xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish: - respublika darajasida – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tuzilmasida qutqaruv xizmatlari mavjud bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda; - mahalliy va ob’ekt darajasida – mahalliy davlat hokimiyati organlari va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan idoraviy mansub hududlardagi tashkilotlar va ob’ektlarning qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan va unda qatnashadigan qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari tegishli rahbarining tezkor bo‘ysinishiga jalb qilinadi. . 74- Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o‘tkazish Ommaviy qirg‘in qurollarining qo‘llanishi yoki ayrim texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida insonlar, atrof-muxit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshoatlar radioaktiv zarrachalar, zaxarli kimyoviy yoki bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. Aholini shu kabi zararlanishlardan himoya qilish maqsadida maxsus ishlov berish tadbirlari amalga oshiriladi. Maxsus ishlov berish – ommaviy qirg‘in qurollari talofatlarini yo‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maxsus ishlov berish omili to‘liq va qisman ishlov berish turlariga bo‘linadi To‘liq ishlov berish omili deyilganda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday ximoya vositalarisiz amalga oshirish ya’ni xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini ximoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. Maxsus ishlov berish omili - atrof muxitni zararsizlantirish va fuqarolarni sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan. Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish xammom, dushxona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Texnika hamda transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa tamirlovchi korxonalarda amalga oshiriladi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling