Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Qutqaruv tuzilmasi – favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaqa-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi tuzilma.
Qutqaruv xizmati – faoliyati bo‘yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui. Qutqaruv vositalari – qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari va h.k. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 242-sonli qarorida FVDT ning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun tashkil etiladigan kuch va vositalar belgilab berilgan. FVDTning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - fuqaro muhofazasi qo‘shinlari; - Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; - vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va tuzilmalari; - Qizil Yarim oy Jamiyati ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari) va «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari professional mutaxassislar bilan to‘ldirilgan va jahon stantartlariga javob beruvchi maxsus qidiruv asboblari hamda qutqarish uskunalari bilan jihozlangan, shuningdek energiya ta’minoti, maxsus kiyim-boshlarning mustaqil manbalari, yetarlicha suv, oziq-ovqat hamda qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashni hisob-kitob qilinib chiqarilgan xarajat materiallariga ega bo‘lgan doimiy tayyorgarlikdagi avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi tuzilmalar: - Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi; - Tez harakat qilish maxsus otryadi; - «Qamchiq» va «Rezak» qidiruv-qutqaruv otryadlari - favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining avariya-qutqaruv otryadlaridan iborat. Ularning asosiy vazifalari: - favqulodda vaziyatga tezkor kirishish, favqulodda vaziyatlarni cheklash va oqibatlarini bartaraf etishda samarali harakatlarga shay turish; - razvedka o‘tkazish, vaziyatni baholash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor ma’lumot yuborish; - jarohatlanganlarni, moddiy boyliklarni qidirib topish, qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazish. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari: - Respublika yong‘inga qarshi harbiylashgan maxsus otryadi; - Sog‘liqni saqlash vazirligining respublika tezkor tibbiy yordam respublika ilmiy markazi; - «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining aviaotryadi; - O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hamda «Toshshahartransxizmat» uyushmasining avtotransport va avtosanitariya otryadlari; - vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlarni tugatish va FVDT kuchlari harakatlarini va tadbirlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan boshqa tarkibiy bo‘linmalari. Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraga qarashli ob’ektlarda ishlab chiqarish – texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan. Hududiy quyi tizimlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda) qurilish, qurilish-montaj, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy boshqaruv organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi. Korxonalar rahbarlarining qarorlari bilan kuchli xavfli ob’ektlarda mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshq.) negizida bevosita ob’ektlarda shtatsiz ixtisoslashtirilgan avariya-qutqarish va avariya-tiklash tuzilmalari tuziladi. FVDT tarkibiga kiruvchi hududiy, maxsus va ob’ekt tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2007 yil 10 noyabrdagi 3-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling