Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari:
- harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari) razvedkasi; - harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari)dagi yong‘inlarni cheklash va bartaraf etish; - jabrlanganlarni qidirib topish va ularni vayron bo‘lgan, zararlangan, yonayotgan binolardan, suv, gaz, tutun bosgan bino hamda vayrona uyumlari orasidan olib chiqish; - jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish hamda ularni shifoxonalarga joylashtirish; - aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish; - epidemiya yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur sanitariya-gigiena choralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish; - aholini suv, oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta’minlash; Kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarning turlari: - vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududlarda kolonna yo‘llarni tayyorlash, ya’ni piyodalar va transport vositalari uchun yo‘l ochish; - qutqaruv ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz, energetika, vodoprovod, maishiy chiqindi va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni cheklash; - imorat va inshootlarning bosib tushish xavfi bo‘lgan harakat xavfsizligiga hamda avariya-qutkaruv ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini mustahkamlash yoki buzib tashlash; - qutqaruv ishlarini o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, zararlangan aloqa yo‘llarini va kommunal-energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga quyidagicha erishiladi: - razvedka ishlarini o‘z vaqtida va doimiy tashkil etish; - boshqaruvni doimiy va qat’iyat bilan tashkil etish; - fuqaro muhofazasi kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan
- boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma’naviy-ruhiy tayyorligi; - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro mohofazasi kuch va vositalarining ishlashini uzviy bog‘liq holda olib borish; - favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan ob’ektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish; - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta’minlash; - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga amal qilish. Zilziladan so‘ng: - avvalo vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari vayrona ostida qolib ketgan odamlar chiqarayotgan tovushlarni ushlay oladigan maxsus elektron geofon uskunalari yordamida amalga oshiriladi; - ikki millionga yaqin hidni ajrata oladigan maxsus o‘rgatilgan itlardan foydalaniladi. SHu sababli ular qor, yer qatlamlari, vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qidirish uchun mo‘ljallangan eng zamonaviy elektron uskunalardan ham samaraliroqdir.
Birinchi navbatda odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlarni olib borish, ularga 1-tibbiy yordamni ko‘rsatish va shifoxonalarga olib borish kerak. Ob’ektning zararlangan hududlarini o‘rganib chiqib, yong‘inlarni cheklash va o‘chirish, shikastlovchi omillarning oldini olish va cheklash lozim. 73- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari. Avariya va halokatlarning oqibatlarini tezroq bartaraf etish uchun, odatda, anchagina katta kuch va vositalar talab etiladi. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda tuzilmalar, turli maqsadlarda tuzilgan shtatdagi bo‘linmalar, zaruriyat tug‘ilsa ob’ektning ishchi-xizmatchilari, shuningdek yaqin atrofda yashovchi aholi ishtirok etadi. Qutqaruv ishlariga jalb etilganlarning barchasi xavfsizlik qoidalari bilan tanish bo‘lishlari va ushbu qoidalarga qat’iy amal qilishlari zarur. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish haqida tezda qaror qabul qilish bilan birga vazifalarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishining ham, ular bajarilishini aniq tashkil etishning ham ahamiyati katta. Tasarrufdagi fuqaro muhofazasi organlariga, tuzilmalar komandirlariga, biriktirilgan qismlar (bo‘linmalar)ga vazifalar fuqaro muhofazasi boshlig‘ining shaxsan o‘zi tomonidan yoki fuqaro muhofazasi organlari orqali buyruqlar yoki farmoyishlar shaklida beriladi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tasarrufidagi fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarish va ular tomonidan qo‘yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun to‘la javobgardir. Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarorini to‘la amalga oshirishga imkon beruvchi boshqaruvning to‘liq, samarali va moslashuvchan tizimisiz favqulodda vaziyatlar sharoitida murakkab vazifalarni bajarish mumkin emas.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling