Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish.
Zilzilada evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Evakuatsiya o‘tkazish muddati yo‘l-transport imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Evakuatsiya ishlab chiqarish-hududiy tamoyili asosida bitta bosqichda zarar ko‘rgan hududlarda yig‘ma evakuatsiya punktlarini yoyish orqali amalga oshiriladi.
Radioaktiv zararlanishda evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy tarzda, hududiy tamoyil asosida, ayrim ob’ektlar (bolalar uylari, psixonevrologik tibbiyot muassasalari, internat va h.k.)larni istisno qilgan holda o‘tkaziladi. Evakuatsiya 2 bosqichda: 1 - transportga chiqqan joydan oraliq evakuatsiya punktigacha, 2 - oraliq evakuatsiya punktidan rejadagi joylargacha o‘tkaziladi. Oraliq evakuatsiya punktida «toza transport»ga o‘tkazish amalga oshiriladi. Kimyoviy avariyada bevosita iqtisodiyot ob’ekti yaqinida yashovchi aholi vaqt tanqisligi bois, odatda, xavfli hududdan olib chiqib ketilmaydi, aksincha panajoylarda va germetiklangan xonalarda berkinadi. Qolgan aholi evakuatsiyasi yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib, asosan piyoda eng qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Seldan xavfli hududlardan evakuatsiya sel oqimi shakllanishi xavfi yuzaga kelganida, shakllanayotgan davrda, alohida hollarda sel oqimi to‘xtaganidan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.Evakuatsiyani avvaldan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Sel oqimi shakllanganda esa shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) evakuatsiya o‘tkaziladi. Evakuatsiya tezligi sel to‘lqinining muhofaza qilinayotgan ob’ektga yetib kelish taxminiy vaqti bilan aniqlanadi. Odatda bu vaqt 4 soatlik hududgacha bo‘ladi, keyin esa real xavfning yuzaga kelishiga bog‘liqdir. Evakuatsiya lokal yoki mahalliy ko‘lamga ega bo‘lib, 2 bosqichda yig‘ma evakuatsiya punktlarini yoymasdan o‘tkaziladi. Sel tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini vayron qilganida esa yig‘ma evakuatsiya punktlari orqali rejalashtirilgan hududlarga olib ketiladi. Xabar berish oldindan (prognoz bo‘yicha) yoki sel boshi signal ustunidan o‘tganidan so‘ng beriladi. Qor ko‘chkisi xavfi mavjud hududlardan evakuatsiya qor ko‘chkisi tushishi xavfi yuzaga kelganida, ular tushishi to‘xtaganidan so‘ng (hayotiy ta’minot ob’ektlari vayron bo‘lganida) o‘gkaziladi. Evakuatsiya hududiy tamoyil asosida tashkil etiladi va rejali xarakterga ega bo‘lishi, buning iloji bo‘lmagan hollarda shoshilinch bo‘lishi lozim. Halokatli suv bosishlari va suv toshqinlarida evakuatsiya GTI yorilganda yoki suv havzalaridagi suv sathi oshganda, shuningdek suv ob’ektlar va hayotiy ta’minot tizimlarini ishdan chiqarganida o‘tkaziladi. Evakuatsiya lokal yoki mahalliy xarakterga ega bo‘lib, oldindan o‘tkaziladigan evakuatsiyada yig‘ma evakuatsiya punktlari (ishlab chiqarish-hududiy tamoyilda) yoyiladi. Vaqt tanqis bo‘lgan hollarda evakuatsiya hududiy tamoyil asosida 1 yoki 2 bosqichda oraliq evakuatsiya punktlarini yoyish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish bevosita shaharlar, tumanlar va viloyatlarning evakuatsiya organlari, davlat organlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari yuklatiladi. Evakuatsiya organlari: - evakuatsiya qilish komissiyalari; - ko‘chiriluvchilarni qabul qilish komissiyalari; - ko‘chiriluvchilarni yig‘ilish joyi; - oraliq ko‘chirish punkti; - ko‘chiriluvchilarni qabul qilish joyi; - piyoda ko‘chirish yo‘lida boshqaruv guruhi; - ko‘chiriluvchilarni olib chiquvchi tezkor guruhi. Evakuatsiya komissiyalari FVDTning barcha darajalarida, ishchi-xizmatchilar va aholi evakuatsiyasi rejalashtirilgan joylarda tashkil etiladi. Hududiy evakuatsiya komissiyalari tarkibiga tegishli ma’muriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning mas’ul xodimlari tayinlanadi. Evakuatsiya komissiyasining raisi etib, odatda, ma’muriy-hududiy bo‘linma rahbarining o‘rinbosari tayinlanadi. Evakuatsiya komissiyasi a’zolari etib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot organlari, transport tashkilotlari, ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari) hamda garnizon va (yoki) mudofaa ishlari bo‘limlarining vakillari tayinlanadi. Favqulodda vaziyat hududidan evakuatsiya qilinadigan aholini xavfsiz joylarda qabul qilish, joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash rejasini ishlab chiqish, tashkil etish uchun qabul qilish evakuatsiya komissiyalari tuziladi. O‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari huzurida tuziladigan qabul qilish evakuatsiya komissiyalari tarkibiga mahalliy ma’muriyat vakillari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar moddiy ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish korxonalari, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan so‘ng - iqtisodiyot ob’ektlari) vakillari kiritiladi. Evakuatsiya tadbirlarini rejalashtirish ishlarini evakuatsiya komissiyalari favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va bo‘limlari, hokimliklar, shuningdek iqtisodiyot ob’ektlari ishtirokida amalga oshiradi. Evakuatsiya rejalari tinchlik davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish rejalarining bo‘limlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Tegishli evakuatsiya komissiyalari favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari), shuningdek mahalliy hokimiyat organlari va iqtisodiyot ob’ektlari ma’muriyati ishtirokida evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish, joylashtirish va birinchi navbatda hayot faoliyatini ta’minlash rejalarini ishlab chiqadilar. Ular ham tinchlik davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat kilish rejasining bo‘limlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Evakuatsiyani rejalashtirishdan avval evakuatsiya organlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari tomonidan direktiv ko‘rsatmalar o‘rganib chiqiladi, zaruriy boshlang‘ich ma’lumotlar yig‘iladi va tayyorlanadi, evakuatsiya qilinadigan aholi joylashadigan hududlar tanlanadi va o‘rganiladi. Seysmik, sel, qor ko‘chkisidan xavfli, ehtimoli mavjud bo‘lgan halokatli suv bosish hududlarida, kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli ob’ektlar joylashgan yerlarda ma’muriy-hududiy shaklda ishlab chiqiladigan evakuatsiya rejalarining matn qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: - aholiga evakuatsiya boshlanganligi to‘g‘risida xabar berish tartibi; - evakuatsiya qilingan aholi soni (toifalarga bo‘lingan holda); - evakuatsiya qilinganlar joylashadigan hududlar; - evakuatsiya tadbirlarining ijro muddati; - tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda olib chiqib ketish tartibi; - jamoat tartibini ta’minlash va evakuatsiya yo‘nalishlarini yo‘l harakatini tartibga solishni tashkil etish; - evakuatsiya qilinganlarni yakka muhofaza vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish; - yig‘ilish joylarida va evakuatsiya yo‘nalishlarida aholi muhofazasini tashkil etish; - evakuatsiya qilinganlarni xavfsiz hududlarda joylashtirish va birinchi navbatdagi hayotiy faoliyatni ta’minlash tartibi; - sanitar-epidemiologik va davolash-evakuatsiya tadbirlari; - aholi evakuatsiyasini boshqarish tartibi; - evakuatsiya chog‘ida aholiga axborot va yo‘l-yo‘riq berish tartibi. Rejaning matn qismiga quyidagi xarita, sxema, jadval, hisob-kitoblar ilova qilinadi: - evakuatsiya qilinadigan aholi hisob-kitobi; - yig‘ma evakuatsiya punktlari, transportga chiqish punktlari va xavfsiz hududlar bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalarni taqsimlash; - zarur bo‘ladigan transport (temir yo‘l, avtomobil, suv, havo) soni va imkoniyatlari, uni evakuatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash; - yig‘ma evakuatsiya punktlarini, piyoda tartibida evakuatsiya qilinadiganlar uchun boshlang‘ich punktlarni, aholini transportga chiqarish va tushirish stansiyalari (punktlari, pristanlar)ni yoyish; - evakuatsiya organlari tarkibi va ularni shay holatga keltirish muddatlari; - korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari va aholiga evakuatsiya boshlanganligi to‘g‘risida xabar berish sxemasi; - aloqani tashkil etish; - xavfsiz hududlarda evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish xaritasi. Xulosa qilib aytganda, har qanday holda ham aholi evakuatsiyasi murakkab vazifa hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli o‘tkazish evakuatsiya organlarining tayyorgarlik holati, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda aniq rejalashtirish, kuch va vositalarning shayligi, barcha tadbirlarni sinchiklab ishlab chiqilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu vazifalar vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan tegishli davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlarga, shuningdek favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)lariga yuklatilgan. Evakuatsiya rejalarining bevosita ijrochilari bo‘lgan ma’muriy-hududiy tuzilmalar va iqtisodiyot ob’ektlari, evakuatsiya va transport organlari rahbarlar tarkibini tayyorlash alohida o‘rin tutadi. 72- Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling