Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:
transportda; piyoda tartibda; aralash holda. 71- Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish va o‘tkazishni ta’minlash. Evakuatsiya - bu tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat yuz bergan yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hududlardan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqish hamda uni vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuidir. Evakuatsiya turlari: I. O‘tkazish vaqtiga ko‘ra: 1. Oldindan o‘tkaziladigan. 2. Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan).
1. Lokal (cheklangan). 2. Mahalliy. 3. Mintaqaviy. Cheklangan evakuatsiya favqulodda vaziyat manbaining ehtimoliy shikastlovchi omillarining ta’sir maydoni alohida shahar mavzelari yoki qishloq aholi punktlari chegarasidan chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi. Bunday holda ko‘chirilgan aholi, odatda favqulodda vaziyat hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikast yetmagan tumanlariga (favqulodda vaziyat manbaining shikastlovchi omillari ta’sir doirasidan tashqariga) joylashtiriladi. Mahalliy evakuatsiya favqulodda vaziyat hududiga o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o‘n minglab kishigacha etishi mumkin. Ular, odatda, favqulodda vaziyat hududi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi. Mintaqaviy evakuatsiya shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olgan hollarda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyada favqulodda vaziyat yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o‘zlarining doimiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‘chirilishlari mumkin. III. Aholini qamrab olishiga ko‘ra: 1. Umumiy. 2. Qisman.
Odamlar hayoti va salomatligi uchun xavf mavjud ekanligi aholini evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi. Evakuatsiyani o‘tkazish haqida qarorga kelish huquqiga hududida favqulodda vaziyat yuz bergan yoki prognoz qilinayotgan hokimliklar, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari (FM boshliqlari) ega bo‘ladi.
Aholi evakuatsiyasi ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy tamoyilga muvofiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish-hududiy tamoyil favqulodda vaziyat hududidan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilarni korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini esa yashash joyidan transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi. Hududiy tamoyil ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini yashash joyidan mahalla qo‘mitalari orqali olib chiqishni ko‘zda tutadi. Ayrim hollarda evakuatsiya hududiy tamoyil asosida, ya’ni evakuatsiya e’lon qilingan vaqtda bevosita aholi qayerda bo‘lsa, o‘sha yerdan amalga oshiriladi. Aholini favqulodda vaziyat hududidan evakuatsiya qilish har bir holda favqulodda vaziyatning yuzaga kelish va rivojlanish sharoitlari, shikastlovchi omillar ta’sirining xarakteri va hudud-vaqt ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. Favqulodda vaziyat xavfi to‘g‘risida ishonchli prognoz olinganidan so‘ng tayyorgarlik tadbirlari o‘tkaziladi. Bundan maqsad favqulodda vaziyat hududidan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqib ketish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Ular qatoriga: - evakuatsiya organlarini shay holatga keltirish va ish tartibini aniqlashtirish; - evakuatsiya qilinadigan, jumladan transportda va piyoda, aholi sonini aniqlashtirish, transport vositalarini odamlarni transportga chiqarish stansiyalari (punktlari)ga taqsimlash, kolonnalar sonini aniqlash va ularni piyoda yo‘nalishlarga biriktirish; - evakuatsiya yo‘nalishlarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, to‘xtash joylarini jihozlash; - yig‘ma evakuatsiya punkti, transportga chiqarish-tushirish punktlarini tayyorlash; - xabar berish va aloqa tizimlari shayligini tekshirib ko‘rish; - mavjud muhofaza inshootlarini shay holatga keltirish kiradi. Evakuatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida xabar olinganidan so‘ng quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: - evakuatsiya organlari, korxona, tashkilot rahbarlariga, shuningdek aholiga evakuatsiya boshlangani va o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida xabar berish; - evakuatsiya organlarini yoyish va shay holatga keltirish; - xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadigan aholini yig‘ish va jo‘natishga tayyorlash; - piyoda kolonnalarni shakllantirish va boshlang‘ich punktlarga olib chiqish, transportlarga chiqarish joylariga transport vositalarini keltirish va aholini chiqarish; - evakuatsiya qilingan aholini avvaldan hayot faoliyatining birinchi navbatdagi turlari ta’minlab qo‘yilgan xavfsiz joylarda qabul qilib olish va joylashtirish. Favqulodda vaziyatning har bir aniq turida evakuatsiya o‘tkazish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling