Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘iboti.
Fuqaro muhofazasi faoliyatining barcha tomonlari, jumladan FVDT tizimlarining shaxsiy tarkibi va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi takomillashgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Ushbu tayyorgarlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi. Ma’naviy tayyorgarlik - fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekanligiga ishonchni tarbiyalash, o‘z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir. Ruhiy tayyorgarlik - bu odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir. Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifalari: 1. Aholining turli toifalarida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish chog‘ida yuqori ruhiy barqarorlikni ishlab chiqish. 2. Har bir fuqaroda favqulodda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga yordamga kelishga shaylikni tarbiyalash. 3. Aholining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish malakasiga ega bo‘lishiga erishish. 4. Qutqaruvchilarda jabrlanuvchilarga ko‘maklashishga, ularni qutqarib olishga doimiy shaylik, insonparvarlikni shakllantirish. 5. Rahbarlar tarkibida yuqori ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tarbiyalash. Insonni ruhiyati zo‘riqqan sharoitlarda faoliyat yuritishga tayyorlash uchun psixologlar faoliyat shiddatini oshirish; to‘la bo‘lmagan axborotga asoslangan, juda qisqa vaqtda, noqulay sharoitda vazifalarni hal etish, xavf-xatar elementlari mavjud vaziyatlarni yuzaga keltirish; mashg‘ulot davomida kutilmagan to‘siqlar va qiyinchiliklarni kiritish; faoliyatning ayrim maqsadlarini ularning muhimligi, bajarish muddati og‘irligidan kelib chiqib solishtirish va tasniflashga doir mashqlar o‘tkazish; qaror qabul qilishning bir yoki bir nechta ehtimoliy usullarini mustaqil tanlashni talab etuvchi masalalarni qo‘yish; qisman muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi va bundan so‘ng faollikni oshirishni talab etuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish; zudlik bilan qat’iy, mustaqil harakat qilishni talab etuvchi sharoitlarni yuzaga keltirish va vazifalar qo‘yish; tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishidan kelib chiqib bo‘lajak faoliyat modellarini yaratish kabi usullarni tavsiya etadilar. Asosiy e’tibor suvdan, olovdan, balandlikdan, qorong‘ulikdan, qattiq tovushdan, yorqin yorug‘likdan, yopiq fazodan, nafas olishni qiyinlashishidan, nohush yoqimsiz sezgilardan qo‘rqishni yengishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu mashqlar shunga yaqin vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda odamlarda xayajonlanish va sarosimaga berilish xissini kamaytiradi. Fuqaro muhofazasi targ‘iboti aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarining muhimligini anglagan holda tarbiyalashga, fuqaro muhofazasi bilim va malakalarini egallashga safarbar etishga, uning barcha tadbirlariga chin ko‘ngildan ishtirok etishga chaqirishga qaratilgan. 67. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘iboti? Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘ibotining vazifalari: 1. Aholiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanini tushuntirish. 2. Fuqaro muhofazasining roli ortib borayotganini, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi davlat hujjatlarining mazmunini, aholining fuqaro muhofazasiga oid huquqlari va vazifalarini tushuntirish. 3. Aholiga favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni o‘rgatishga hissa qo‘shish. 4. Fuqaro muhofazasi ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish. 5. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tarixi va an’analarini tizimli targ‘ib qilish. Fuqaro muhofazasini targ‘ib qilishning quyidagi shakllari mavjud: 1. Og‘zaki targ‘ibot. 2. Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio). 3. Fuqaro muhofazasiga doir kitob va risolalarni nashr etish va ulardan tushuntirish ishlarida foydalanish. 4. Kino va videofilmlar. 5. Ko‘rgazmali vositalar (plakat, stend, fotomontaj, vitrina va h.k.). 6. Korxonalarda, aholi yashash joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda mashg‘ulotlar olib borish. 68. Favqulodda vaziyatlarda aloqa va xabar berish tizimi? Aloqa va xabar berishni tashkil etish uchun fuqaro muhofazasi bosh-
— manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kimyoviy va boshqa kuchli xavfli obyektlar, ularga yondosh hududlarda xabar berish va ularni uzatishning mahalliy tizimlarini, shuningdek, suv omborlarining gidro- texnik inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning avtomatik tizimlarini yaratish. Obyekt darajasida xabar berish tizimining vazifalari: — kimyoviy va boshqa xavfli obyektlarda xabar berish va axborot uzatishning mahalliy tizimlarini, shuningdek, gidrotexnik inshootlarda signalizatsiya va xabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish; — xabar berish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazilishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zaruriy yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish. O‘zbekiston Respublikasining barcha idoralarida xabar berish va axborot uzatish tizimining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha vazifalari: — fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida aloqa tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashni tashkil etish va amalga oshirish; — idoraviy potensial xavfli obyektlarda signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatlashtirilgan tizimini yaratish; — aholini favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganligi va sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash. 69. Xabar berish signallari va ularga binoan aholining harakati? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling