Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet56/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida quyidagi huquqlarga ega:

- jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan, tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanishni o‘rganish;

- fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etish va tegishli tayyorgarlikdan o‘tish;

- aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida bilim olish hamda o‘quv mashqlarida ishtirok etish;

- o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar davomida o‘zlari duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida xabardor qilinish hamda texnika, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomalar olish;

- o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda ishtiroki jarayonida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplatish.



Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida majburiyatlari:

- muhofazalanishning asosiy usullarini bilish, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsata olish hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirib borishga;

- favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda ogohlantirish signallarini, harakat qilish tartibini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishga majbur.

Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

64. .Korxona va tashkilotlarda fuqaro muhofazasini tashkil etish?

Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar aholini tayyorlash sohasida:

- rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari belgilangan tartibda tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlaydi;

- o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etilgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolari, xodimlar, ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi saqlanishini ta’minlaydi;

- belgilangan dasturlar asosida qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolari, xodimlari, ishchi va xizmatchilarini o‘qitadi hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay bo‘lish darajasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi;

- o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy o‘quv-moddiy baza (o‘quv xonasi, zarur ko‘rgazmali o‘quv qurollari va darsliklar) bilan ta’minlaydi;- qayta tayyorgarlik va malaka oshirish o‘quv kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari ro‘yxatini Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi.

65. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish?

Har haftaning chorshanba kunlari tashkilotlarda va mahallalarda aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash tadbirlari o‘tkaziladi.

FVDT tarkibidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan ushbu kun davomida quyidagi asosiy tadbirlar keng qamrovda amalga oshiriladi:

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan seminarlar va mavzuli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ularga targ‘ibot-tashviqot materiallari tarqatiladi va zarur tadbirlar yuzasidan tavsiyalar beriladi;

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi bilan suhbatlar o‘tkaziladi, ma’ruzalar o‘qiladi, ularga eslatmalar, bukletlar va lifletlar tarqatiladi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarga olib keladigan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish usullari o‘rgatiladi;

aholi ko‘p to‘planadigan joylarda va jamoat transportida favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan plakatlar, shuningdek, ulardagi mavjud tablolar va monitorlarga, Internet saytlariga ijtimoiy roliklar joylashtiriladi;

ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tahliliy va mavzuli teleko‘rsatuvlar efirga uzatiladi, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkaziladi, radioeshittirishlar uzatiladi va maqolalar chop etiladi.

66. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash?




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling