Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet66/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Zararsizlantirish omiliga asosan dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayonlari kiradi.

Dezaktivatsiya - zararlangan vositalar (kiyim-kechak, ximoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) va inshoatlardagi radioaktiv moddalarning faolligini yo‘qotish tadbirlaridir.

Dezaktivatsiyaning to‘liq va qisman turlari mavjud bo‘lib u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan amalga oshiriladi. Mexanik usulda radioaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali, fizik-kimyoviy usulda esa turli xildagi kimyoviy modda eritmalari bilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda turli kislotalar va ishqorlar ishlatiladi. Masalan, SF-2, OR-7, OR-10, Na3RO4 trilon V, shavel, limon kislotalari va uning tuzlari.



Degazatsiya – kimyoviy zaxarlovchi moddalarni parchalab, zararsiz moddalar xosil qilish va ularning miqdorini kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvchi moddalarga kimyoviy moddalar, ularni oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloridlar, xloramin) va ishqorli birikmalar (NaON) soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi.

Erituvchi sifatida asosan suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma 1,5% li geksaxlormelamin yoki 10% li dixloramin eritmasi iprit va boshqa kimyoviy moddalarni zararsizlantirishda ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma 2,2% li NaON, 5% li monoetanolamin va 20% li ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi zaxarlovchi moddalarni zaxarsizlantiradi. Terini zararlovchi va asabni falajlovchi zaxarli moddalarni zararsizlantirishda xlorli ohak eritmasi ishlatiladi.

Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof muxit kimyoviy yoki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bo‘yicha yuqorida aytilganidek, degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan joylarning ustki qisimlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki o‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan berkitilib, ximoya qilinadi.

Dezaktivatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va kimyoviy nazorat asboblar bilan tekshiriladi.



Dezinfeksiya - biologik shikastlanish o‘chog‘ida olib boriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanadi. Dezinfeksiya o‘tkazishda maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa degazatsiyalovchi ishqorlar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya omillarining tozaligi  bakteriologik usul orqali nazorat qilinadi.

Dezinseksiya  bu xashoratlarga qarshi kurash va ularni yuqotish, qirish ishlaridir. Bu ishlarda mexanik, kimiyoviy, fizikaviy, biologik va tabiy usullardan foydalaniladi.

Derratizatsiya – kemiruvchilarga qarshi kurash.

Sanitar qayta ishlash maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil etib, u fuqarolarni radioaktiv, kimyoviy va bakterialogik moddalar bilan zararlanishining oldini olishda qo‘llaniladigan omillardan tashkil topgan.

Sanitar qayta ishlash qisman va to‘liq turlarga bo‘linadi. Qisman sanitar qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, shaxsiy ximoya vositalari, terining ochiq qolgan qismlarini mexanik usulda tozalash xisoblanadi.

To‘liq sanitar qayta ishlash deganda tana a’zolarini zararsizlantiruvchi usullarni qo‘llash (yuvish dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana a’zolarimizni, kiyim-kechak, ximoya vositalari va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul bo‘yicha shikastlangan xududdan chiqqan fuqarolar, ishchi-xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi.

To‘liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shaxobchalarida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, ximoya vositalarini yechib, yuvinib, og‘iz, ko‘z ichlarini zararsizlantirib, ikkinchi tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan o‘tib, so‘ngra toza kiyim-kechak kiyishadi va ikkinchi dozimetrik ko‘rikdan o‘tishadi.

Zararlangan kiyimlar, ximoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi. Shikastlangan xududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada o‘tkazilsa, zararlanish ko‘lami shuncha kichik va talofatlar ko‘payishining oldi olingan bo‘ladi.

75-  Yong‘in, uning kelib chiqish sabablari, yonish turlari.

Yong‘inlar xalq xo‘jaligi ob’ektlari va atrof muhitga zarar yetkazibgina qolmay insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga, ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga va ko‘plab kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi tilsiz yovdir.

Hozirgi kunda rеspublikamizda yong`in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona va tashkilotlarda, maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolarida yong’in yongin xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yong’in kelib chiqish xavfi kam bo’lgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalar, o’t o’chirishning mеxanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora kеngroq qo’llanilmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlash joizki bugungi kunda har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari yong‘in xavfsizligi qoidalarini mukammal darajada bilishlari bilan birga uni ta’minlashlari maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Yong’in xavfsizligiga davlat tomonidan qaratilgan e’tiborning yana bir isboti bu haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilab qo’yilishidir.

Lеkin, yong’in chiqishining oldini olish va o’t o’chirishda asosiy ma’suliyat rahbarlar bilan birgalikda fuqarolarimizning ham zimmasiga tushishini hamda ularning yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, yong’inni o’chirish tеxnikasining barcha talablarini to’liq bajarishlariga bog’liq ekanligini unutmaslik kеrak. Yong’in xavfsizligi tadbirlari tartibli ravishda, yong’in xavfsizligi sohasida qabul qilingan qonun, qaror, nizom, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart.

Mamlakatimiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va unga qarshi kurash sohasidagi munosabatlar qonun yo‘li bilan tartibga solingan. 2009 yil 30 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli qonuni qabul qilindi.

76- Portlash hodisasi, uning salbiy ta’sirlari va unga qarshi chora-tadbirlar?




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling