Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o‘chirish
Yonuvchi metallarni o‘chirish juda mushkul ish. Bunday yonuvchi metallar qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va boshqalarni kiritish mumkin. CO2 magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi. Yonayotgan metallga suv sepib o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda portlash ro‘y berib, metall parchalari ancha uzoq masofalarga tarqalib, yonish zonasini kengaytirib yuboradi. Hattoki, quruq qum ham yonayotgan metall ta’siriga tushib qolishi va qumning parchalanishi kuzatiladi. Bunda sof kremniy birikmalari hosil bo‘ladi. Kremniy namlikni o‘ziga tortib, reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday metallarni o‘chirishda maxsus kimyoviy kukunlardan foydalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, natriy karbonat Na2CO3, magniy karbonat MgCO3, magniy peroksidi MgO2 va ularning aralashmalari, shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin.
Yong’inni o’chirish uslublari va o’t o’chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong’inni o’chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |