Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet22/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Umumiy qism

I Bob. Asosiy qoidalar (1-13 moddalar).

II Bob. Mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari (14-20 moddalar).

III Bob. Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi (21-28 moddalar).

IV Bob. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari (29-56 moddalar).



Maxsus qism 12 bobdan iborat bo‘lib, 238 moddani o‘z ichiga oladi:

V bob. Ishga joylashtirish (57-71 moddalar).

VI bob. Mehnat shartnomasi (72-113 moddalar).

VII bob. Ish vaqti (114-125 moddalar).

VIII bob. Dam olish vaqti (126-152 moddalar).

IX bob. Mehnatga haq to‘lash (153-164 moddalar).

X bob. Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari (165-173 moddalar).

XI bob. Mehnat intizomi (174-184 moddalar).

XII bob. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (185-210 moddalar).

XIII bob. Mehnatni muhofaza qilish (211-223 moddalar).

XIV bob. Ayrim toifadagi odamlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar (224-258 moddalar).

 

 



Mehnat kodeksining 220-moddasi nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida bo‘lib, unda ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.

 

11.Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat standartlari?











12.Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish?

Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

Tizimlilikka bo‘lgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo‘lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko‘zda tutiladi.

Tizimli tahlil qilishning muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi:

- qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlash va aniqlik kiritishdan boshlanmog‘i kerak;

- butun muammolarni to‘laligicha qarash muhimdir;

- maqsadga erishishning alternativ yo‘llarini tahlil qilish lozim;

- qo‘shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlilik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirishi kerak.

Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim ierarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu bosh maqsaddir. Bosh maqsad qism maqsadlarga bo‘linadi va o‘z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.

Bosqichlarda,  xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to‘liq faoliyat sikli hosil qilinadi, ya’ni: ilmiy fikr, ilmiy izlanish ishlari, konstruktorlik ishlari, loyiha, loyihani amalga oshirish, sinash, ishlab chiqarish, tashish, foydalanish, takomillashtirish va tuzilishini o‘zgartirish, saqlashga qo‘yish va bartaraf qilish, yo‘q qilish.

Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.

Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish mumkin:

1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash;

2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash;

3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish;

4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;

5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;

6. Rag‘batlantirish, ya’ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling