Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


 O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati


Download 0.62 Mb.
bet19/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

1. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati.

Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati engil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishni oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ikkinchi bo‘limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan.

Xususan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, 38-moddada esa “YOllanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, deb qayd etilgan.

SHu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan.

Mehnatni muhofaza qilish sohasida Respublkamizda xalqaro Mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda keng  k`olamda ishlarni olub bormoqda. Bunga misol tariqasida Majbury imehnatga jalb qilishni cheklash, tasqi mehnat migrassiasi, yosh bolalarning mehnatidan foidalanish, aholini ish bilan ta`minlash, chet davlatlardan investitsialar olib kelinib yangi ish o`rinlarini taskil etish va boshqa ishlarni misol qilishimiz mumkin. Mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va havfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 200 tadan ziyod xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan.

Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.



9.O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun va mohiyati?


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling