Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet71/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Yong‘inda quyidagilar aniqlanishi lozim:

- odamlar uchun xavfning bor yoki yo‘qligi, ularning turgan joylari, qutqarishning usullari;

- yong‘in sodir bo‘lgan joy, yong‘inning o‘lchamlari, olovning tarqalish yo‘llari;

- yong‘in joyiga kuch va vositalarni kiritish yo‘llari va imkoniyatlari;

- portlash xavfi, zaharlanish, binoning qulashi, tez alangalanuvchi va portlovchi moddalar hamda kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning bor yoki yo‘qligi;

- mol-mulklarni xavfsiz joyga olib chiqish, ularni olovdan, tutundan va yong‘in o‘chirish vositalari ta’siridan saqlash zarurati;

- bino qismlarini ochish va ajratish zarurati;

- yong‘in joyiga yaqin bo‘lgan suv manbalari va ulardan foydalanish usullari;

- joylarda o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalarining borligi va ularning texnik holati, ulardan foydalanish tartibi.

Yong‘in vaqtida quyidagi holatlar bo‘lishi mumkin:

- odamlarning ko‘pligi, yordamga muhtojligi;

- binolar qurilishining murakkabligi;

- tik va qiya yo‘nalishlarda texnologik qurilmalar, yonuvchi materiallar, ayvonlar, tuynuklar, derazalar, bo‘shliqlar va ventelatsiya tizmalari orqali olovning tarqalishi;

- haroratning tez ko‘tarilishi va issiq havo oqimlarining ochiq joylarga o‘tishi;

- modda va materiallarning issiqlik ta’sirida gaz-bug‘ havo aralashmasini hosil qilishi;

- tutun, zaharli gazlarning ajralishi va ularning tez tarqalishi;

- elektr kuchlanishi ostidagi asboblarning mavjudligi;

- bosim ostida turgan idish va asbob sig‘imlarining portlashi;

- bino, qurilma va texnologik uskunalarning buzilishi hamda qulashi;

- bino ichida ko‘p miqdorda ilmiy, moddiy va boshqa qimmatbaho boyliklarning mavjudligi.

Yong‘inni quyidagi usullar orqali o‘chirish mumkin:

- kuch va vositalarni hal qiluvchi yo‘nalishga kiritish;

- yong‘in o‘chirish vositalarini uzluksiz ta’minlash;

- yonayotgan materiallar ustiga sovituvchi yong‘in o‘chirish vositalarini uzatish;

- yong‘in maydonida yoki uning atrofida yonmaydigan gaz yoki bug‘ aralashmalarini hosil qilish va yong‘in jarayonini kimyoviy to‘xtatish;

- yong‘inni o‘chirish vositalari yordamida yonayotgan material atrofida yoki yong‘in maydonida va havo orasida himoya qatlamini hosil qilish.

Yong‘inda odamlarga xavf solishini, portlash xavfini, olovning tez tarqalishini hamda yong‘in o‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi yo‘nalish hisoblanadi.

Yong‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalaridan foydalaniladi.

O‘t o‘chirish vositalari sifatida suv, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq, paroshoksimon materiallar va maxsus kimyoviy  moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.

Suv bilan o‘chirish. Suv eng ko‘p tarqalgan arzon va shuning bilan birga deyarli hamma yerda mavjud bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, har qanday kattalikdagi yong‘inlarni o‘chirish mumkin.

Suvning o‘t o‘chirishdagi asosiy xususiyati uning ko‘p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan. U yonayotgan o‘choqning haroratini keskin kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1°C gacha isitish uchun 4,2 kJ issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20°C dan qaynash haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning bug‘ga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiqlik ketadi.

Suv yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarib alanganing o‘chishini ta’minlaydi. Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalarni, masalan, ishqoriy metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki bu metallar hattoki 0°C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib, suv tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma hosil qiladi. Shuningdekkuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Bunda o‘chiruvchi hayoti uchun xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.

Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni (CaS2) ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi, natijada atsetilen ajralib chiqib portlash xavfi vujudga keladi.

Suvni kuchli oqim sifatida, purkash yo‘li bilan mayda zarrachalar holida va shuningdek, ko‘piklantirilgan holatlarda qo‘llab, olovni o‘chirish mumkin. Kuchli suv oqimi sifatida yonayotgan zonaga yo‘naltirilgan suv, birinchidan, alangaga zarba beradi, ikkinchidan, yonayotgan yuzani sovutadi. Shu yo‘l bilan alangalanayotgan yong‘inlarni uzoqdan turib o‘chirish mumkin.

Bunday yong‘inlarda olov tafti kuchli bo‘lganligidan yaqin kelish imkoniyati deyarli bo‘lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong‘inga yo‘naltirilganda asosan sovutish hisobiga alanga susayadi va alanga tarmoqlari suv kuchi bilan uzib yuboriladi. Ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong‘inni ham o‘chirish imkoniyati bo‘lavermaydi. Masalan, bunday usuldan yengil alangalanuvchi suyuqliklarni o‘chirishda foydalanish, aksincha, yomon oqibatga olib keladi. Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar kuchli suv oqimi ta’sirida katta maydonlarga tarqab ketishi, suvdan yengil bo‘lganligi sababli suv yuzasida yonishini davom ettirishi va shuning natijasida yong‘inning katta maydonlarga tarqab ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Agar suv purkash yo‘li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi 0,1 mm dan kichkina bo‘lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan tutashish yuzalari katta bo‘lganligi sababli yonayotgan zonadan issiqlikni yutish kattalashadi, shuningdek, suv zarralari kichik hajmga ega bo‘lganligi sababli, uning bug‘lanishi kuchayadi. Bunda havo siqib chiqarilib, o‘chirish o‘z-o‘zidan tezlashadi.

Binolarning ichidagi yong‘inlarni suv purkash usulida o‘chirish ham yaxshi natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasaytirish va tutunga qarshi kurashish mumkin. Bunda suvni binoning yuqori qismiga purkash kerak toki, purkalgan suv iloji boricha ko‘proq yonish mahsulotlariga tegadigan bo‘lsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga qarab yo‘naladi, ko‘tarilayotgan issiqlik bilan to‘qnashib bug‘ga aylanadi va bu bug‘ yo‘nalishini o‘zgartirib, yuqoriga qarab ketadi. Bug‘ xonaning yuqori tomonini egallab yonayotgan zonani bosadi. Yirikroq zarrachalar esa qizib, pastga qarab yo’nalish davrida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar bilan birikib, pastroqdagi yonish o‘chog‘iga yo‘naladi va bu yerda bug’lanib, yana havoning o‘rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutun bosimi xonani sovutadi, bosim ortishi hisobiga esa kislorodli havoning kirish yo‘lini kamaytiradi. Bu esa yong‘inni o‘chirish imkoniyatini beradi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling