Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet70/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Yong‘indan saqlash xizmati - odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmuidir.

Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari:

- yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.

Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar profilaktikasi hamda yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.

Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga bo‘linadi.

Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari, tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan o‘t o‘chiruvchi-qutqaruvchilar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni) va maxsus unvonga ega bo‘lmagan shaxslarni (xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan favqulodda vaziyatlar organlarida xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan namunadagi xizmat kiyimiga va farqlash belgilariga ega bo‘ladi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi lozim.

Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi.

Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi.



Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir.

Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.

Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasining asosiy vazifasi davlat mulkini, fuqarolar shaxsiy mulkini yong‘indan muhofaza qilish, aholi o‘rtasida yong‘inni oldini olish profilaktika ishlari va chora - tadbirlarini targ‘ibot qilish hamda shu soha bo‘yicha nazorat ishlarini olib borishdan iboratdir.

Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi quyidagi vazifalarga mas’uldir:

- barcha idora, tashkilot va alohida shaxslar uchun majburiy bo‘lgan yong‘in muhofazasiga doir qoidalar, me’yorlar, yuriqnomalar ishlab chiqish va joriy etish;

- sanoat, fuqaro bino va inshootlarini, aholi yashash maskanlarini loyihalash, qurishda yong‘in xavfsizligi qoidalari me’yorlarining bajarilishini tekshirish;

- barcha tashkilot, muassasa, korxonalardagi o‘t o‘chirish bo‘linmalarining shayligini va o‘t o‘chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat qilish va tekshirish.

Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:

- barcha sanoat bino va inshootlarida yong‘in xavfsizligi holatini aniqlash va yo‘l qo‘ymaslik uchun tekshirish;

- korxonalar ma’muriyati va alohida shaxslardan vakolati doirasidagi ob’ektlarda yong‘in holatini aniqlash maqsadida tegishli xujjatlarni talab qilish;

- yong‘in xavfsizligi qoidalari buzulganligini aniqlaganda korxona rahbarlariga buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatda majburiy farmoyish va ko‘rsatmalar berish;

- yong‘in va portlash xavfini yuzaga keltiruvchi qoida buzilishlarini aniqlaganda ularni bartaraf etguncha korxona faoliyatini butunlay yoki qisman to‘xtatib qo‘yish;

- yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzulishi yoki bajarilmasligida aybdor bo‘lgan kishilarni o‘rnatilgan tartibda, qonun doirasida ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish.

79- Yong‘inni o‘chirish usullari va vositalari.

Har qanday yong‘inni o‘chirganda yong‘inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitini aniqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda yonishning davom etishini to‘xtatuvchi sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Yong‘inni o‘chirganda qattiq jismlar yonganda yong‘inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo‘yicha esa 30 m/min ekanligini hisobga olish kerak.

Yong‘in holatini aniqlash yong‘in o‘chirish ekipajlarining yong‘inni o‘chirishga chiqqan vaqtidan boshlab to uni bartaraf qilguncha o‘tkaziladi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling