Barchamizga ma’lumki, XXI asr globallashuv davri, texnika asri deyiladi Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi
Download 0.82 Mb.
|
Berdiyev Baxtiyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari. Ijod
- Ushbu sohaga quydagilar kiradi
- Ilmiy bilimlarning asosida
- Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari
- Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak
- Empirik bilish jarayonida
- Abstrakt fikrlash - i
- 1) moddiy modellar 2) fikriy modellar Moddiy modellar
- Informatika fanini o’qitishda o’yinli -qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish.
- Rebus Tushuncha Ta’rif
KIRISH Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.
Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o`zgartiradi, ham o`zini yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi. Insonning ijodi bu shaxsning tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va ko`nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi. Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro`yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo`yadi va hal qiladi, ularning o`ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o`ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo`ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o`zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko`maklashadi. Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo`ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega. Fan - bu rivojlanuvchi, o`sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o`zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o`zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to`g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o`zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo`naltirilgan alohida shaklidir. Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o`rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro`l o`ynaydi. Hozirgi zamon noklassik (kvant realitivistik) fanining kreativ evristik ro`li aloxida yaratuvchi olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar—laboratoriyalar, institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham o`z aksini topadi.
Inson ijodiy ilmiy tadqiqotlar yordamida o`zini kurashgan olamga epistemologik jixatdan faol, muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muxim jihati bo`lib, u ilmiy tadqiqot ob`ekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi sohalari xaqida ma`lumotlar olishda namoyon bo`ladi. Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi yangi ilmiy bilimlarni umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta`biri bilan aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi zamon qobiliyatli olimi yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma`lumotli odam bo`lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko`nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga, keng xayot tajribasiga ega, o`tkir zehnli bo`lishi kerak. Fanni ijodiy, faol rivojlantirish — hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotining ajralmas jihatidir. Dolzarb ilmiy muammolarning yechimini topishga nisbatan ijodiy, o`ziga xos yondashuv ko`pgina hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlariga xos xususiyatdir. Tanqidiy tafakkur – ilmiy izlanish, mustaqil fikr, o‘z pozitsiyasi va yondashuvi, qarashlarini dalillash va isbotlash, ijodiy axborot almashish, ijodiy Ushbu sohaga quydagilar kiradi: - ilmiy tushunchalar, tamoyil va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariya va gipotezalar, empirik ilmiy faktlar, tadqiqot metodlari, usul va yo`llari shaklidagi muttasil to`ldirilib, takomillashtirilib, rivojlanib boruvchi bilimlar tizimi; - insonlarning ushbu bilimlar tizimini yaratish va rivojlantirishga yo`naltirilgan ilmiy ijodiyoti; - insonlarning ijodiyotini ilmiy mehnat obe`ktlari, ilmiy faoliyat vositalari va sharoitlari bilan ta`minlovchi tashktlotlar. Fanning rivojlanishi - faktlarni to`plash, ularni o`rganish va tizimlashtirish, umumlashtirish va ayrim qonuniyatlarni ochishdan ilmiy bilimlarning hozirda ma`lum bo`lgan faktlarning mazmun-moxiyatini tushuntirib bera oladigan, yangilarini bashorat qilishga qodir bo`lgan yaxlit mantiqiy tizimini yaratish yo`nalishida boradi. Ilmiy bilimlarning asosida tamoyillar (postulat, prinsiplar) va aksiomalar yotadi, ular tizimlashtirishning boshlang`ich shakli bo`lib, ta`limot, nazariya va fanlarning poydevorini tashkil etadi. Nazariya- ilmiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. Nazariya mavjud ob`ektlarni, ular hakidagi ma`lumotlarni, jarayon va hodisalarni tushunish va bilishga, umumlashtirishga, yangilarini bashorat qila olishga imkon beradigan ilmiy tamoyillar va qonunlarni, tadqiqot metodlarini shakllantiradi. Shuningdek, nazariya olingan bilimlardan insonlarning amaliy faoliyatida foydalanish bo`ycha tegishli tavsiyalar manbaasi hamdir. Ilmiy qonunlar- ilmiy bilimlar tizimidagi muhim tarkibiy qism bo`lib, ular tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi eng ahamiyatli, ustivor va takrorlanuvchi ob`ektiv ichki aloqalarni aks ettiradi. Ilmiy qonunlar, odatda, umumiy tushunchalar, kategoriyalar sarasiga kiritiladi. Gipoteza- ilmiy bashoratning bir turi bo`lib, uning ishonchli ilmiy nazariyaga aylanishi uchun tajribada sinab ko`rilishi va nazariy asoslanishi talab etiladi. Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari - ilm-fandagi masalalar-nazariyalarni yaratish, borliqning ob`ektiv qonunlarini tashkil etish, ilmiy faktlarni aniqlash kabilarni yechishning quroli bo`lib xisoblanadi. Umumiy metodlar uch guruhga bo`linadi: 1) empirik tadqiqot metodlari (kuzatish, taqqoslash, o`lchash, eksperiment); 2) nazariy tadqiqot metodlari (abstraktlikdan konkretlikka ko`tarilish va b.); 3) empirk va nazariy tadqiqot metodlari (analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlashtirish va b.). Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq emas. Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa, ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir. Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak: 1. O`rtasida ma`lum ob`ektiv umumiylik mavjud bo`lishi mumkun bo`lgan ob`ektlargina taqqoslanishi zarur; 2. Ob`ektlarni taqqoslash eng axamiyatli (bilish, o`rganish nuqtai nazaridan) xossalari, belgilari va jixatlari bo`yicha amalga oshirilishi shart.
Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi. Empirik va nazariy tadqiqotlarida analiz va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi.
Analiz bilan sintez tadqiqot jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ular bir-biri bilan bog`liq va bir-birini to`ldiradi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma jarayonlar ko`p tomonlamadir. Ilmiy tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy, tarkibiy-genetik, analiz va sintez metodlari qo`llaniladi. Tadqiqotchi o`rganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil bo`lgan empirik faktlar va ma`lumotlarni o`z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi. Ilmiy bilishning umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo`lib, ular ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasiga xosdir.
Abstraksiya vositasida tafakkurning umumlashtirilgan natijalari shakllantiriladi, ular fikran boshqa xodisalar ichidan ajratib olinadi, bu esa ular orasidagi bog`lanishlarni tadqiq etish imkonini beradi. Abstrakt fikrlash - ijodiy yondoshishning majburiy shartidir. Konkretlashtirish - bu umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e`tibordan soqit qilingan, oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet va xodisalar bilan bog`lab, shu predmet va hodisa haqida aniq bir fikr xosil qilishdir. Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi bir mantiqiy amalning turli tomonlaridir. Tadqiqotchi umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchalasi tafakkur jarayonida doimo birgalikda qo`llanilib, bir-birlarini to`ldirib boradi. Tarixiylik – bu o`rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo`lishi, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir. Tarixiylik deganda, tadqiq etilyotgan predmet yoki hodisaning konkret sharoitda paydo bo`lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish yoki yo`q bo`lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifodalanishi tushuniladi. Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqartirilgan, tasodiflardan tozalangan abstrakt konkretlik shaklidagi ifodalanishidir. Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va eng asosiy tomonlari, xususiyatlari, qonuniyatlari ifodalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o`zaro chambarchas bog`liq. Tadqiqotchi biron bir ob`ekt ustida izlanishlar olib borganida ilmiy bilishning bu usullarini to`g`ri qo`llashi lozim. Haqiqatan ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to`g`ri o`rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to`g`ri ifodalab bo`lmaydi. Keyingi vaqtda EXM va kompyuterlarning yaratilishi, ularning ishlab-chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning konkret fanlar sohalarida samarali qo`llanilishi formallashtirishi va modellashtirish kabi yangi usullarning paydo bo`lishiga olib keldi. Ilmiy tadqiqotning formalashtirish metodining asosini matematik abstraklashtirish tashkil etadi. Formallashtirish - bu tekshirilayotgan predmet yoki hodisaning ma`lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma`lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan ifodalashdir. Bu metod yordamida tadqiq etilayotgan ob`ektlarning o`rtasidagi aloqadorlik, ularning munosabatlari ma`lum ifodalarda belgilanadi. Masalan, algebradagi matematik ifodalar: a+b, ab, a2 –2ab+b2 kabilar miqdoriy munosabatlarning formallashtirilgan ko`rinishidir. Formallashtirish usuli eng ko`p darajada matematika, fizika, ximiya, matematik mantiq, muxandislik va texnika sohalarida olib boriladigan tadqiqotlarda qo`llaniladi. Formallashtirish usuli o`z navbatida modellashtirish usuli bilan chambarchas bog`liq. Modellashtirish metodi o`rganilayotgan ob`ektga tuzilishi yoki funksiyasiga ko`ra unga o`xshash lekin uning o`zi emas, uning nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiy ob`ektning tegishli xossa va xususiyatlarini o`rganishdir. Ilmiy tadqiqotlarda bu usulning vazifasi odatda, tekshirilayotgan ob`ektning bevosita originalida o`rganishning iloji bo`lmagan paytda uning asliga o`xshash, unga mos moddiy yoki fikriy nusxasini, ya`ni modelini (model - lotincha modele - nusxa, shartli obraz, sxema ma`nolarini bildiradi) yasab, shu model asosida originalni o`rganishdan iboratdir. Modellashtirish va modelning o`ziga misol qilib, biz globusni olishimiz mumkin. Modellashtirish ko`p bosqichli jarayondir. Uning 1-bosqichi modelni qurishdir. Qurilgan modelning original bilan mosligini aniqlash modellashtirishning 2-bosqichidir. Modellashtirishning 3- bosqichi – bu model asosida hosil qilingan bilimni originalga tadbiq etishdir. Modellashtirishning so`nggi, 4-bosqichi esa model orqali ega bo`lingan yangi bilimning haqiqatligini aniqlashdir. Tabiatiga ko`ra modellarni 2 guruhga bo`lish mumkin:
Modellashtirishning cheklangan tomonlari ham bor. Masalan, hech bir model originalning xususiyatlarini to`la ifodalay olmaydi. CHunki har qanday model originalning tadqiqot uchun muxim bo`lgan xususiyatlarini ifodalab, boshqa barcha xususiyatlarini mavhumlashtiradi. Ilmiy tadqiqotlarda modellashtirishning turli xillarini birgalikda qo`llash, mukammalroq modellardan foydalanish yaxshiroq natijalar beradi. Aksariyat hollarda nazariy tadqiqotlar abstraktlikdan konkretlikka ko`tarilish metodiga asoslanadi. Bu holda bilish jarayoni ikkita nisbatan mustaqil bosqichga bo`linadi. 1-bosqichda borliqdagi konkretlikdan uning abstrakt tushunchalariga o`tish amalga oshiriladi. Tadqiqot ob`ekti qismlarga bo`linib, ko`plab tushuncha, farazlar vositasida yoritiladi, ta`riflanadi, ya`ni u tafakkurda paydo bo`lgan mavhumotlar majmuasiga aylantiriladi. Bu - tadqiqot ob`ektini abstraksiyalar darajasidagi analizidir. So`ngra, bilishning 2-bosqichida abstraktlikdan konkretlikka ko`tarilish amalga oshiriladi. Bunda tafakkurda tadqiqot ob`ektining yaxlitligi tiklanadi (sintez). Shuni qayd etish lozimki, yuqorida ko`rilgan ilmiy bilish metodlari, odatda, kompleks tarzda, biri-birini to`ldirib qo`llaniladi. Bilishning mantiqi tekshirilayotgan ob`ektni boshqalaridan ajratib turuvchi muxim, ahamiyatli, ustivor qaytariluvchi va alohida xususiyatlarini aniqlash jarayoni tarzida ifodalanadi. Bilish jarayonida quyidagi umumiy texnologiyaga rioya qilish muhimdir: oddiy kuzatish, ko`rish, taqqoslashdan abstrakt fikrlashga va undan amaliyotga o`tish kerak.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan ko’rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kun talabi ta`limni sifat o’zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o’rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o’zgarmoqda. Ta`limda yangi bilimlarni amalda qo’llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta`lim yaratilishiga olib kelmoqda. Respublikamizda ta`lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi. O`quvchi o’zlashtirgan bilimini amaliyotda qo’llay bilishi uchun uni o’z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o’rganishda qo’llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta`lim samaradorligini ta`minlashga olib keladi. O`quvchining bilish faoliyati deganda: - o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash; - to’plangan axborotlarni qayta ishlash; - o’rganilgan axborotlarni (ma`lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi. Informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba`zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Shunday ekan, “Informatika” fanini o’qitish samaradorligini oshirish o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “Informatika” fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur. O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat`iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma`lum va ommabob bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta`riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” – kesishgan, “vord” – so’z degan ma`noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma krossvord, diagonal krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar. Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya`ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi. Rebus, krossvordlar o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir. Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan. Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan. Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan: - Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi; - Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi; - So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi; - So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi; - Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin; - Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi. “Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:
Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar. Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli talabalar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namuna keltiraman. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling