Bariy elementi Reja


Download 16.32 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1143434
Bog'liq
Bariy - G\'ayrat


Bariy elementi

Reja:
1. Bariy elementini kelib chiqish tarixi
2. Bariyning yer yuzi bo’ylab tarqalishi
3. Inson organizmidagi biologik ahamiyati
4. Xulosa


Bariy elementini kelib chiqish tarixi
Bariyni dastavval bariy oksidi – BaO ko‘rinishida 1774-yilda Karl Sheele va Yuxan Gadolin tomonidan kashf etilgan. 1808-yilda esa, ingliz kimyogari Gemfri Devi bariy gidroksidni elektroliz qilish usuli bilan, bariyning simob bilan qotishmasi – bariy amalgammasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu qotishmadagi simobni bug‘latib yuborish orqali esa, olim sof metall holidagi bariyni ajratib olgan.
Elementga bunday nom berilishining sababi, uni birinchi marta, Skandinaviya taraflarda «og‘ir shpat» deb nomlanadigan mineral tarkibidan ajratib olingani sabab bo‘lgan. Ushbu mineral nomidagi «og‘ir» so‘zi yunon tilida «baros» deyiladi. Olimlar shundan kelib, yangi elementga bariy nomini berishgan, Ya’ni, uning nomi «og‘ir» degan ma’noni anglatadi.

Tabiatda tarqalishi
Yer qobig‘ida bariyning massa ulushi 0,05% ni tashkil etadi. Dengiz va okeanlar suvlarida esa, bariy miqdori 0,02 mg/l atrofida bo‘ladi. Bariy anchayin faol element bo‘lib, ishqoriy yer metallari tarkibiga kiradi va minerallar tarkibidagi bariy mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Tarkibida bariy tutuvchi asosiy minerallar bu – barit (BaSO4) va viterit (BaCO3) bo‘ladi. Shuningdek, bariyning «bariyli dala shpati» deb nomlanuvchi (bariy alyumosilikati), hamda, gialofan, nitrobarit nomli nodir minerallari mavjud.
Mineral tarkibiga ko‘ra, bariy rudalari ikki xil bo‘ladi: monomineralli va kompleks rudalar. Kompleks rudalarda bariy, bariy sulfidli, bariy kalsitli, temir-bariyli, hamda, bariy-flyuoritli minerallar mavjud bo‘ladi. Ularning tarkibida bariyga yondosh ravishda, mis va temir kolchedani, qo‘rg‘oshin, nikel, oltin va kumush sulfidlari, simob va kvars mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ham, sanoat miqyosida olish uchun odatda kompleksli bariy rudalariga e’tibor qaratiladi.
Monomineral bariy rudalarida esa, odatda bariy faqat bariy sulfidi, yoki, bariy-flyuoriti ko‘rinishida mavjud bo‘ladi va bunday rudalar gidrotermal ko‘rinishda bo‘ladi.
Biologik ahamiyati
Bariyning biologik ahamiyati yaxshi o‘rganilmagan. Bu element inson hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan mikroelementlar tarkibiga kirmaydi. Bariyning suvda yaxshi eriydigan barcha tuzlari juda yuqori toksik moddalar bo‘lib, ichakda keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va atiga bir necha soat ichida o‘limga olib kelishi mumkin.
Bariy tuzlari bilan o‘tkir zaharlanishda odam tanasida juda ko‘p so‘lak kelishi, jig‘ildon qaynashi va og‘izga ichkaridan achchiq suyuqlik chiqib kelishi kabi alomatlar kuzatiladi. Qorin sohasida kuchli og‘riq turadi. Qayt qilish, sanchiqlar, ich ketishi, qon bosimining ortishi, qaltiroq kabi yaqqol simptomlar biroz o‘tib yuzaga chiqadi. Keyinchalik, bemor qo‘l-oyoqlarini va hatto kallasini ham qimirlata olmay qolishi mumkin. Til ketib qolishi, nafas siqishi yuzaga keladi.
Bariyning suvda eriydigan tuzlari bilan o‘tkir zaharlanishda o‘lim bir sutka ichida sodir bo‘ladi. 0,2-0,5 gramm miqdorda bariy tuzlari og‘ir zaharlanishni keltirib chiqaradi. 0,8-0,9 gramm miqdordagi bariy tuzlari dozasi o‘limga sabab bo‘ladi.
Bariy sulfat, erimaydigan va toksik bo’lmagan, oshqozon-ichak trakti tibbiy tekshiruvida rentgen kontrasti moddasi sifatida ishlatiladi.

Xulosa
Bariy elementi inson organizmi uchun xavfli hisoblanadi va o’limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, bu elementdan laboratoriya sharotida ehtiyotkorona foydalanish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M.N.Valixonov. “Biokimyo” o’quv qo’llanma – Toshkent «Universitet» 2010
2. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.
3. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.
4. S. M. Turobjonov, O. G’. Azimov, B. O. Obidov “Kimyoning maxsus boblari” o’quv qo’llanma – Toshkent 2007
5. I.R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’opirov. “8-sinf darslik kitobi” ”Yangiyo’l poligraf servis” Toshkent-2014
6. Arxiv.uz sayti


Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling