Barjardi: Qahhorova H. 071-19g Tekshirdi: Abdullayeva S. Mavzu


Download 49.54 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi49.54 Kb.
#1853985
Bog'liq
1mustaqil ish Qahhorova H. 071-19


O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari Vazirligi
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti


Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan


Mustaqil ish


Mavzu: Yong’in xavfsizligi.
Yong’inni nazorat qilish va o’chirish usullari


Barjardi: Qahhorova H. 071-19g
Tekshirdi: Abdullayeva S.
Mavzu: Yong’in xavfsizligi.
Yong’inni nazorat qilish va o’chirish usullari.


Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.

  1. Yong‘in xavfsizligi qoidalari.

  2. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan umumiy talablar

  3. Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgn adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.

Yong`in katta moddiy zarar kеltiradi. Bir nеcha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosfеraga ko`tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o`limiga sabab bo`ladi. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mеhnat muhofazasi bilan birgalikda o`rganishni taqozo qiladi. Lеkin yong`in chiqishining oldini olish va o`t o`chirishda asosiy ma'suliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong`inni o`chirish tеxnikasining barcha talablarini to`liq bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik kеrak.


Rеspublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko`z qorachig`iday saqlashi, asrab avaylashi, uni boyitish haqida qayg`urishi va o`t o`chirish tadbirlari kеng jamoatchilikka suyangan holda, sеxlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong`in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo`linadi.


1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori I bo’lim 4 bobda quyidagilar keltirilgan
13. Har bir fuqaro yong‘inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:
a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — FVV) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘zining familiyasini aytish);
b) odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;
v) imkon qadar mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish.
14. Yong‘in joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs):
a) odamlar hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini ko‘rishga;
b) zarur bo‘lganda elektr energiyasini (yong‘inga qarshi himoya tizimidan tashqari) o‘chirish, yuklarni tashishga mo‘ljallangan moslamalar, agregatlar, apparatlarning ish faoliyatini to‘xtatish, xomashyo, gaz, bug‘ va suv kommunikatsiyalarini yopib qo‘yish, avariya ro‘y bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini to‘xtatish, xonalar tutun bilan qoplanishi va yong‘in tarqalishining oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni ko‘rishga;
v) yong‘inni o‘chirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni to‘xtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bo‘yicha mumkin bo‘lsa);
g) yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga;
d) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgunga qadar (obyektning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda) yong‘inni o‘chirishda umumiy rahbarlik qilishga;
e) yong‘inni o‘chirishda ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini ta’minlashga;
j) yong‘in o‘chirish bilan bir vaqtda odamlarni evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkil etishga;
z) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini kutib olishni va yong‘in sodir bo‘lgan joyga qisqa yo‘l bilan olib borishni tashkil etishga majbur.
15. Tashkilot (obyekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yong‘inga yetib kelishi bilan yong‘inni o‘chirish rahbariga yong‘in joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yong‘inni o‘chirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot berishi kerak.
16. Tashkilot (obyekt) rahbari (mansabdor shaxsi) yong‘inni o‘chirish shtabi tarkibiga kiritilganda:
a) yong‘inni o‘chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlashga;
b) obyektning xususiyatlari, tutash bino va inshootlar haqida yong‘inni o‘chirish rahbariga ma’lumot taqdim etishga;
v) yong‘inni o‘chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalar bajarilishida obyekt xodimlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga majbur.


2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori II bo’lim 5 bob va 6bobda
17. Aholi yashash punktlari va tashkilotlarning hududlari hamda tashkilotlarga, turar joylarga, dala hovlilarga va boshqa qurilmalarga tutash qismlari o‘z vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, qadoqlar, xazonlar, quruq o‘tlar va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanishi kerak.
Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus ajratilgan maydonlardagi yonmaydigan materialdan ishlangan konteynerlarga yoki qutilarga yig‘ish va keyinchalik hududdan olib ketish lozim.
18. Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli buyumlarni, asbob-uskunalarni, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
19. Hudud va xonalarning joylashtirilishi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi, ularning orasidagi yong‘inga qarshi masofalar, xonalardan chiqish eshiklari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi va yong‘in xavfsizligi ta’minlangan holatda saqlanishi kerak.
20. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti manbalariga, statsionar o‘t o‘chirish narvonlariga va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo‘llarni, tor ko‘chalarni va o‘tish joylarini to‘sib va yopib qo‘yish taqiqlanadi.
Yo‘llar va tor ko‘chalar qishda qordan va muzlardan tozalanishi kerak.
21. Yo‘llar va tor ko‘chalarni ta’mirlash uchun yopilishi yoki yong‘in o‘chirish avtomobillarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablar haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga to‘sib qo‘yilgan yo‘l qismini eng yaqin aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatilishi yoki yo‘lning ta’mirlanayotgan qismidan o‘tish imkoni yaratilishi kerak.
22. Vaqtinchalik qurilmalar, do‘konlar, kiosklar va shu kabilarni boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa normalar bilan kattaroq yong‘inga qarshi oraliq masofa talab etilmasa) yoki yong‘inga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim.
Sanoat korxonalarining hududida (qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududlardan tashqari) vaqtinchalik yonuvchan bino va inshootlarni, shu jumladan, vagon va konteynerlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
23. Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan va “Chekish joyi” belgisi o‘rnatilgan joylardan tashqari, chekish taqiqlanadi.
24. Yoqib yuborish yo‘li bilan zararsizlantirishga ruxsat etilgan chiqindilarni yoqish muassasa xodimlarining nazorati ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
25. Yong‘inga qarshi suv manbalarini, tashqi yong‘in narvonlarini, bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun tashkilotlar hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
26. Turar joylar, dala hovlilar va tashkilotlarning hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni qoldirish taqiqlanadi.
27. Ishlab chiqarish korxonalari, shifoxonalar, sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalarining hududiga kirish joylarida mavjud va qurilayotgan bino va inshootlar, hududga kirish joylari, hudud ichidagi yo‘llar va yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilishi kerak. Sxemalar quyosh nuriga, qor va yomg‘irga chidamli materiallardan ishlanishi lozim. Darvozalar, shlagbaumlar va hududga kirishni cheklaydigan boshqa qurilmalar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lsa, ularni qo‘lda ochish imkoni bo‘lishi kerak.
28. Obyektlar (yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardan tashqari), dala hovlilar va turar joylar hududida quyidagilar bajarilgan taqdirda ovqat tayyorlash uchun maxsus moslamalar joylashtirilishi mumkin:
a) yonish maydoncha tashqarisiga tarqalishining oldini olish choralari ko‘rilganda;
b) yonish jarayoni doimiy nazoratga olinib, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari (o‘t o‘chirgich, suv bilan to‘ldirilgan sig‘im, belkurak va boshqalar) bilan ta’minlanganda. Ovqat tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, yonayotgan va cho‘g‘lanayotgan materiallar to‘liq o‘chirilishi kerak.
29. Tandirlarni joylashtirishda ushbu hududda shamol esishining asosiy yo‘nalishi hisobga olinishi hamda tandir xo‘jalik qurilmalari va turar joyga nisbatan shamol esadigan tomonga qaratib o‘rnatilishi lozim.
6-bob. Bino, inshoot va xonalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
30. Obyektlar, ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
31. Binolar, inshootlar va xonalardan, asbob-uskunalardan, jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish kerak.
Belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihasiz konstruktiv, hajmiy-loyihaviy va muhandislik-texnik yechimlarga o‘zgartirish kiritilishi taqiqlanadi.
32. Binolar, inshootlar va xonalardagi yong‘inga qarshi tizimlar va qurilmalar (tutunga qarshi himoya, yong‘in avtomatikasi vositalari, yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, yong‘inga qarshi eshiklar, parda va klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yong‘inga qarshi devor va shiftlardagi boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda bo‘lishi kerak.
33. Eshiklarning o‘zini yopadigan moslamalari doimo soz holatda bo‘lishi zarur, tutunga qarshi va yong‘inga chidamli eshiklarning oson ochilishiga yoki yopilishiga to‘sqinlik qiluvchi biron-bir moslama o‘rnatish mumkin emas.
34. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustunlarning (tirgaklarning) olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash xususiyatlarini yo‘qotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, maxsus bo‘yoqlar, lok va shu kabilar) buzilishi holatlari darhol bartaraf etilishi kerak.
Me’yor talablari asosida ishlov berilgan (shimdirilgan) yog‘och konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar olovdan himoyalash tarkibining ta’sir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim.
Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan) konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2-marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
35. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yong‘inga qarshi devor, orayopmalar va to‘suvchi konstruksiyalar bilan kesishgan joyda hosil bo‘lgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib) tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni o‘tkazmasligi hamda talab darajasida olovga bardoshlilik chegarasi ta’minlanishi kerak.
36. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi o‘zgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar o‘rnatilayotganda amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak.
Xonalar ijaraga berilganda ijaraga oluvchilar tomonidan ushbu turdagi bino uchun yong‘inga qarshi rejim bajarilishi kerak.
37. 1000 nafar va undan ortiq odam sig‘imiga ega bo‘lgan muassasalarda eng yaqin yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi o‘rnatilishi kerak.
38. Tashkilotlarning xonalarida, bino va inshootlarda (yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar taqiqlanadi:
a) yerto‘la va tsokol qavatlarida, yo‘laklarda, zina kataklarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, porox, portlovchi moddalarni, gaz ballonlarini, aerozol idishdagi tovarlarni, tselluloid va boshqa portlash xavfi bor modda va materiallarni saqlash va foydalanish, amaldagi normativ hujjatlarda keltirilgan holatlar bundan mustasno;
b) chordoqlar, texnik qavatlar, shamollatish tizimi o‘rnatilgan va boshqa texnik xonalardan ishlab chiqarish uchastkalari, ustaxonalar sifatida foydalanish hamda ushbu joylarda mahsulotlar, uskunalar, mebellar va boshqa buyumlarni saqlash;
v) lift xollariga hujra, kiosk, savdo shoxobchalari va shu kabilarni joylashtirish;
g) yerto‘la va tsokol qavatlaridan chiqish eshiklari umumiy zinapoya katakchalaridan alohida ajratilmagan bo‘lsa, ularda yonuvchi materiallarni saqlash omborlari va ustaxonalarni tashkil etish hamda boshqa xo‘jalik xonalarini joylashtirish;
d) loyihada ko‘zda tutilgan vestibyul va xollar, yo‘laklar, tambur va zina kataklarining eshiklarini olib tashlash;
e) balkon va lodjiyalarning eshik va lyuklarini, qo‘shni xonaga o‘tish yo‘laklari va tashqi qutqaruv zinalariga chiqish joylarini mebel, uskuna va boshqa buyumlar bilan to‘sib qo‘yish;
j) benzin, kerosin va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalangan holda xonalarni tozalash va kiyimlarni yuvish, shuningdek, kavsharlash lampasi va ochiq olovdan foydalangan holda yaxlab qolgan (muzlagan) quvurlarni eritish;
z) belgilangan tartibda tasdiqlangan norma va qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari derazalarga ochilmaydigan panjaralar o‘rnatish;
i) yong‘in vaqtida xavfsizlik zonasiga kiruvchi lodjiya va balkonlarni oynalar bilan qoplash;
k) zina kataklarida va yo‘laklarda hujralar tashkil etish, shuningdek, zinaning qavatlar orasidagi qismida (marsh) va maydonlarida buyumlar, mebel va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash (binoning birinchi va tsokol qavatlaridagi zina kataklari ostida faqat markaziy isitish tizimini boshqarish tarmoqlari, suv o‘lchagich tarmoqlari va elektr shchitlari o‘rnatilgan devorlari yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarni joylashtirish mumkin);
l) omborlar va boshqa ishlab chiqarish xonalarida (olovga bardoshliligi V-darajali binolardan tashqari) yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan hamda tunuka metalldan yasalgan antresollar, shuningdek, boshqa ichki xonalarni tashkil etish.
39. Bino va inshootlarning tashqi yong‘in narvonlari va tom ustidagi to‘siqlar doimo soz holda bo‘lishi va yiliga kamida 2 marotaba chidamliligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi kerak. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
40. Chordoqlar, texnik qavatlar va yerto‘lalarning derazalari oyna bilan qoplangan, ularning eshiklari qulflangan holatda bo‘lishi lozim. Eshiklarga kalit qayerda saqlanishi yozib qo‘yilishi kerak.
Bino va inshootlarning yerto‘la va tsokol qavatlaridagi yorug‘lik darchalari muntazam ravishda yonuvchi axlatlardan tozalanib turilishi kerak. Ushbu yorug‘lik darchalarini va derazalarni ochilmaydigan qilib yopib tashlash taqiklanadi.
41. Tomosha, ovqatlanish, ko‘rgazma, savdo-sotiq, birja, ibodat xonalari va boshqa zallar (xonalar), tribunalar, shuningdek, katta va boshqa odamlar ommaviy bo‘ladigan xonalarga tashrif buyuruvchilar soni, loyihalash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilanganidan yoki evakuatsiya yo‘llarining odamlarni chiqara olish qobiliyatini inobatga olgan holda hisoblash orqali aniqlangan sonidan ko‘p bo‘lishi taqiqlanadi.
Loyihalash bo‘yicha normativ hujjatlarda hisoblash uchun ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, zallardan (xonalardan) odamlarning evakuatsiyasini ta’minlash vaqtini 2 min, bitta odamga to‘g‘ri keladigan maydonni esa 0,75 m2 deb hisoblash lozim deyilgan.


3. O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. Ya’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:
-yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;
-yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;
-yonuvchi suyuq moddalarni o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish.
Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi. O‘tni o‘chirish uchun ishlatiladigan, olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar, jumladan suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar, geterogen kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va boshqalar o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yong‘inni o‘chirishda eng ko‘p ishlatiladigani suv hisoblanadi. Suvdagi o‘tni o‘chirish xususiyatlari, uni yuqori darajadagi issiqlikni yutuvchanligi (issiqlikni yutish qobiliyati 2260kDj/kg), yuqori haroratga chidamliligi va bug‘langanda hajmini 1700 marotaba ko‘payib ketishi bilan belgilanadi. Suv o‘t o‘chirishda eng qo‘lay vositalardan hisoblanadi, chunki unda bir vaqtni o‘zida 3 ta xislat, ya’ni sovutish, suyultirish va to‘sish xususiyatlari mavjud.Suv oqimini katta bosim ostida kuchaytirib bera oladigan 28-50mm diametrli brandsboy lafet uskunalari yoki diametri 13-25mm bo‘lgan dastakli o‘t o‘chirish vositalari yordamida yaxlit yoki maxsus purkagich uskunalar yordamida suv bug‘lari oqimi shaklida purkab uzatilishi mumkin. Suvni bu boradagi kamchiligiga, uning yonuvchi sirtga yopishmasligi va oquvchanlik xususiyaatlarini ko‘rsatish mumkin. Buning oqibatida suv ko‘p miqdorda sarflanadi va atrofdagi buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelib qoladi.Suvni o‘ziga shimib olish xususiyati past bo‘lgan moddalarni o‘chirishda suvga 1%li, ko‘pik hosil qiluvchi, sulfanol, natriykarboksimetilsellyuloza
moddalari qo‘shilsa, paxta yoki undan tayyorlangan matolarni o‘chirishda suvning sarfini 2-2,5 barobarga kamayishini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari shuni ham nazarda tutish lozimki, hamma yong‘inlarda ham o‘t o‘chirish vositasi sifatida suvni ishlatish mumkin bo‘lavermaydi. Chunonchi, metal va uning gidridlari, metaloidlar va karbidlarni hamda elektr dastgohlari yonganda ularni suv bilan o‘chirish ma’n etiladi. Chunki bunday yong‘inni o‘chirish jarayonida noxush oqibatlar yuzaga kelishi, ya’ni yong‘inni kuchayib ketishi yoki elektr ta’siridan fojia yuuz berishi mumkin. Yong‘inni o‘chirishda suv va ko‘pik moddalarini ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan keng foydalaniladi. Bunday gazlarga azot, karbon ikki oksidi, argon, brometil, xlorbrommetan va boshqalar misol bo‘ladi. Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam bera olmaydigan darajagacha suyultirish yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, shu maqsadda eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi havodan1,5 barobar og‘ir bo‘lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko‘payadi. Bu degani yopiq hajmdagi yonuvchi manbaga tashqaridan kislorodni kirib kelishiga mutlaqo imkon qolmaydi. Odatda, CO2suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan 80 litrgacha hajmdagi har xil po‘lat balonlarda 3430kPa bosimda saqlanadi (5.9-rasm). Gazni o‘t o‘chirish uchun qo‘llashda balonlarda o‘rnatilgan, maxsus og‘zikengaytirilgan karnaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq parcha-parcha qorsimon ko‘rinishda bo‘lib, karnaychadan otilib chiqish paytida harorati -80oS ga yaqin bo‘ladi. Shu boisdan ularni ishlatishda xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘lqop kiyilishi zarur hisoblanadi.Karbonat angidridi to‘ldirilgan gaz balonlarini xavfsizlik holati ular saqlanayotgan muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Muhitning harorati ko‘tarilgan sari, balondagi suyuq karbonat angidridi gaz holatiga aylana boshlaydi, natijada balondagi bosim ko‘tarilib portlash xavfi yuzaga keladi. Bundayxavfni oldini olish uchun barcha o‘t o‘chirish balonlari suyuq gaz bilan faqat 75% hajmida to‘ldiriladi va ularning hammasi himoya pardalari (membranalar) bilan ta’minlangan bo‘ladi. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigan vosita, bu qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir. Yong‘inni dastlabki davrida bunday o‘t o‘chirgich vositalarni ahamiyati juda katta. Qo‘lda ishlatiladigan birlamchi o‘t o‘chirish kimyoviy ko‘pikli, gazli va kukunli turlarga bo‘linadi va ularni og‘irligi 20kg dan oshmasligi kerak. O‘t o‘chiruvchi vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va poroshoklar ishlatiladi.
4.Xulosa qilib shuni aytish joizki yong’in inson va tabiatga katta moddiy va manaviy zarar keltiruvchi omildir. Yong’in tutuni inson salomatiga katta salbiy tasir ko’rsatadi opka va yurak faoliyatini ishdan chiqaradi. Qonda zararli moddalarni ko’paytiradi. Yong’in natijasida kuyish esa ogriqlilik darajasida eng yuqorilaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari yong’inda keladigan moddiy zarar juda katta. Shunday ekan yong’in xavfsizligini bilish va unga rioya qilish juda muhim. Yong’in xavfsizligiga doir qonuncilikda keltirilgan burchlarimizni bajarish va huquqlarimizni talab etish orqali o’zimiz va yaqinlarimizni salbiy oqibatlardan asrab qolamiz. Zero yong’nni o’chirgandan uni oldini olgan onson.
5.Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.10.2020 yildagi 649-son.
2. lex.uz
3. O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida“gi qonuni. 1993y.
4. O.Qudratov , D.G’aniyev Hayot faoliyati xavfsizligi. Mehnat-2004.
5. O’.R.Boynazarov Hayot faoliyati xavfsizligi. Ma’ruza matnlar to’plami.
Qarshi-2000.
Download 49.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling