Barkamol avlod
Download 201.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Ko‘rinmas chok, ag‘darma chokva bostirma choklarni tikish.
- 8. O‘lchov olish va hisoblash qoidalari.
- 12. Liboslarni tikishda fasonlarni tanlash.
- 15. Qizlar ko‘ylagini tikish .
- Klinli yubka chizmasi Klinli yubka andozasi bo‘laklarini joylashuvi.
- 19. Oraliq nazorat ishi.
- 23. O‘zbek milliy kiyimlari haqida.
- 24. O‘g‘il bolalar milliy kiyimlarini tikish
Gazlamaning nomi Igna raqami Ip raqami Ko‘ylak va ichkiyimlik gazlamalar 1, 2, 3
80, 60, 50 Kostyumlik gazlamalar 4, 5, 6 50, 40
Paltolik gazlamalar 7, 8, 9, 10 40, 30
Kiyim tikishda ishlatiladigan choklar vazifasi va joylashishiga qarab qo‘l choklar va mashina choklarga bo‘linadi. Qo‘lda bajariladigan choklarga quyidagilar kiradi: - sirmalash; - bostirib ko‘klash; - ziyni ko‘klash; - bukib ko‘klash; - yo‘rmash; - ilintirib ko‘klash; - choklarni bir-biriga puxtalash; - bukib tikish; - chatish; - yolg‘on qaviq solish; - choklarni yorib puxtalash; - to‘rlash. Mashinada kiyim tikishda ishlatiladigan choklar har xil – biriktiruvchi, ziy, bezak choklarga bo‘linadi. Biriktiruvchi choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi. Masalan: orqa, yon, elka, eng qirqimlarini biriktiruvchi choklar. Biriktiruvchi choklarga – bostirma, quyma, ichki, qo‘sh, “qulf” choklar kiradi. Ziy choklar detallar chetiga yoki qirqimiga ishlov berishda ishlatiladi. Detallar chokning bir tomonida bo‘ladi.masalan: buyum etagini, eng uchini ishlashda, bort, yoqalarga ishlov berishda. Ziy choklarga – bukma chok va mag‘iz choklar kiradi. Bezak choklar detal va buyumlarni bezashda ishlatiladi. Bu choklar qomatga shakl berishda (orqa, yubka etak buklamalarida) foydalaniladi. Bezak choklar bo‘rttirma choklardan, shnur qo‘yib bo‘rttirilgan choklardan va taxlamlardan iborat. Tikuv mashinasida tikiladigan choklar – ko‘rinmas chok, ag‘darma chok, bostirma chok. Chok tikishda: - chok eni, baxya qatorlar soni, ular oralig‘i, baxyaning tortishmasligi, ip raqamiga rioyaqilish; - detallarni igna ostiga qo‘yish tartibiga va chok tikish ketma-ketligiga rioya qiliish lozim. 12
buklab tikishda foydalaniladi. Ag‘darma chok kantli, raqamli, qistirma kantli bo‘ladi. Biriktirma chokning bir turi bo‘lib, cho‘ntak qopqoqlarini, yoqalarini, bortni, izma kabi detallar chetini tikishda ishlatilinadi. Ag‘darma chokdan – yoqa, manjet, bortlar, qopqoqlar, belbog‘lar, eng uchini bukib tikishda foydalaniladi. Detallar ulangandan, ya’ni biriktirilgandan so‘ng detalni o‘ngiga ag‘darish operatsiyasi bajariladi. Bu hollarda ikki detalni choklarini chetda joylashtirib ulash “detal chetlarini ag‘darma choklash” deb ataladi. Tikuv mashinasi va qo‘lda ag‘darma choklar orqali turli xil buyumlar tikish. Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1 -0,3 smqochiriqroq bukilgan bo‘ladi. Buning uchun chok solingandan keyin uni yorib dazmollanadi, detallar o‘rniga aylantiriladi, kant hosil qilib zeyi ko‘klanadi. Hosil bo‘lgan kantni saqlab qolish uchun detallar cheti baxyaqator, yolg‘on qaviq bilan tikiladi yoki chok qirqimlari ichki tomondan detallarning biriga tikiladi. Ramkali ag‘darma chok pidjak cho‘ntaklari, ko‘ylakning tugmalanadigan joylari kabilarni tikishda qo‘llaniladi. Bu chokni tikish kantli ag‘darma chokni tikishga o‘xshaydi. Hosil bo‘lgan ramkani saqlab qolish uchun ag‘darma chok ustidan baxyakator yuritilib qo‘yiladi. Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalarni, ko‘ylak bortlarini bezashda muayyan xizmatdagi kishilarning kiyimlarini tikishda ishlatiladi. Chok tikilayotganda qistirma gazlamani, ya’ni eni 2,5-3,0 sm gazlama parchasini ikki bukib detallardan birining o‘ngiga ulanadi. Keyin ikkinchi detalning o‘ngi birinchi detalning o‘ngiga qaratilib, chetlari tekislab qo‘yiladi va qistirma kant ulangan baxyaqator ustidan yangi baxyaqator yurgiziladi. Ag‘darma chok solish uchun ikki detal o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va chetidan 0,5-0,7sm masofada baxyaqator yuritiladi. So‘ngra chok haqqining ortiqchasi qirqilib, detallar o‘ngiga ag‘dariladi. Bostirma choklar yon, elka qirqimlarini, kiyim old bo‘lagi va ort bo‘lagini, yubka bo‘laklarini, englarni va hakozo detallarni ulash uchun ishlatiladi. Bostirma choklar - berk yoki qayirma chetli, ikkita ochiq yoki berk qirqimli bo‘ladi. Tikuv mashinasi va qo‘lda bostirma chok orqali turli xil buyumlarda qo‘llash. Berk bostirma chok qilish uchun pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok eniga 0,4-0.7sm hamda 0,7-1,0sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi va ustki detal qirqimidan 0,5sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detallar ikki tomonga yotqiziladi, chok qirqimlari esa kalta detal tomonga qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi. Qayirma chetli bostirma chok hosil qilish uchun detallar o‘ngiga ichkariga qilib qo‘yiladi, chetlari tekislanadi va modalga ko‘zda tutilgan masofada maxsus mashinada ko‘klanadi yoki qo‘lda mayda qaviqlar bilan puxtalanadi. Ikkita ochiq qirqimli bostirma chok qilish uchun ikki detal o‘ngiga ichkariga qilib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak baxyaqator kengligiga 0,5-1,5sm 13
qo‘shilgan masofada mashinada biriktirib tikiladi. Shundan keyin detallar ikki tomonga yoriladi. Chok qirqimlari oldin ikki tomonga yotqiziladi va dazmollanadi.
Kiyim tikishdan oldin gavdaning o‘lchovlari olinadi. O‘lchov olish uchun santimetrli lentadan foydalaniladi. O‘lchovlar quyidagi tartib asosida yozib boriladi. Odam gavdasining tuzilishi gavdadan o‘lchov olishda asosiy omil hisoblanadi. Kiyimni loyihalashda mutanosiblikka e’tibor berish kerakligi tushuntiriladi. Mutanosiblik – tananing turli o‘lchamining bo‘yga nisbatidir. Tananing mutanosibligi uch turga bo‘linishi (dolixomorf, braximorf, mezomorf) haqida, gavdaning o‘lchov olish uchun zarur bo‘lgan antropometrik nuqtalari va chiziqlari haqida nazariy bilimlar beriladi. Ularga gavdaning modul bo‘yicha chizmasini chizish, gavdadan to‘g‘ri o‘lchov olish o‘rgatiladi. To‘garak a’zolari odam gavdasining tuzilishini ham bilishlari kerak. Gavdadan o‘lchov olish vaqtida gavdaning individual xususiyatlari e’tiborga olinadi, chunki tik gavdada orqaning belgacha bo‘lgan uzunligi bukchaygan gavdaga qaraganda kaltarok bo‘ladi va hokazo. Misol tariqasida to‘garak a’zolaridan birining gavdasi o‘lchab ko‘rsatib beriladi. O‘lchovi olinayotgan odam erkin turishi, beli bog‘langan, engil kiyimda bo‘lishi aytib o‘tiladi. Gavdaning asosiy nuqtasi hisoblangan bel chizig‘i bog‘lab qo‘yiladi. O‘lchov o‘lchov lentasi yordamida olinadi. Bunda o‘lchov lentani juda tarang yoki bo‘sh qo‘yish yaramaydi. O‘lchov olish tartibi quyidagilardan iborat; 1. BAyar - bo‘yin aylanasining yarmi. 2. KAyar - ko‘krak aylanasining yarmi. 3. BkBU - bo‘ksa aylanasining yarmi. 4. OrBU – ort bo‘lagining belgacha uzunligi. 5. KU – kiyimning uzunligi. 6. EU – elka uzunligi. 7. KO – ko‘krak oralig‘i. 8. BelAyar – bel aylanasining yarmi.
1. BAyar - bo‘yin aylanasi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan bo‘yin chuqurchasigacha o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi. 2. KAyar - ko‘krak aylanasining yarmi orqa kurak, qo‘ltiq tagi, ko‘kraklar usti bilan o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi. 3. BkBU - bo‘ksa aylanasining yarmi bo‘ksaning eng katta qismi ustidan aylantirib o‘lchanadi va yarmi yoziladi. 4. OrBU – ort bo‘lagining belgacha uzunligi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha belgacha uzunlik o‘lchanadi va to‘liq yoziladi. 5. KU – kiyimning uzunligi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan bo‘ksagacha o‘lchanadi va to‘liqyoziladi. 6. EU – elka uzunligi. Bo‘yin bilan elkaning kesishgan nuqtasi va elkaning qo‘l bilan ulangan oralig‘i o‘lchanadi. 7. KO – ko‘kraklar oralig‘i o‘lchanadi va yarmi yoziladi. 14
8. BelAyar – bel aylanasining yarmi. Gavdaning eng xipcha joyidan aylantirib o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi. Har qanday gavdaning tuzilishida orqaning kengligi va ko‘kraklarning balandligi har xil bo‘ladi. Shu o‘lchovlarni proporsional hisoblashda chiqqan son to‘g‘ri kelavermaydi. Shuning uchun o‘lchovlarlarni hamma o‘zidan olishi kerak. Gavdadan o‘lchov olishda barcha o‘lchamlar uchun umumiy shartlar: - barcha o‘lchovlar santimetrli tasma yordamida o‘lchanadi; - o‘lchanayotgan odamning bir qavat engil kiyimida yoki ichki kiyimda bo‘lishi; - o‘lchamlari olinayotgan odam gavdasini zo‘riqtirmay, qomatini odatiy, bo‘sh holda tutib turishi lozim.
9. Kiyim turlariga va fasoniga qarab olinadigan o‘lchovlar.
O‘lchovlar olishdan oldin fason tanlab, tanlangan fasonga moslab mato tanlab olish kerak. Kiyim asosining (yoki o‘zagining) chizmasini qurish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. 1) Dastlabki ma’lumotlar aniqlashtiriladi. Ya’ni odam gavdasi o‘lchanadi va kiyim turiga qarab qo‘shimcha qiymatlari belgilanadi. 2) Tanlangan konstruksiyalash usulida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda formulalar bo‘yicha hisoblar bajariladi. 3) Chizmaning bazis to‘ri quriladi. Bazis to‘r bir-biri bilan perpendikulyar kesishuvchi vertikal va gorizontal chiziqlardir. Bu to‘ kiyimning bo‘yi va eni bo‘yicha o‘lchamlarini va kiyim detallarining o‘lchamlarini belgilaydi. 4) Bazis to‘r chazmasining ustiga konstruksiya asosining chiziqlari chiziladi. Bu old va ort bo‘lak o‘rta chiziqlari; yoki o‘miz chizig‘i; elka chiziqlari; eng o‘mizi chiziqlari; yon, bel, etak va vitachkalar chiziqlaridir. Vitayakalar – yassi materialdan hajmdor shakl hosil qilish uchun xizmat qiladigan konstruktiv element. Matoning ortiqchasi vitachkaga olinib, hajm hosil qilinadi. 5) Chizma bajarilishining sifati tekshiriladi. 15
Kiyimga biror-bir fason tanlanayotganda qaysi mavsumda kiyilishi yoki qanday sharoitda kiyilishi inobatga olinadi. Tanlangan fason uchun kiyimlar tikish uchun har xil turdagi matolarga ahamiyat berish kerak. Matolar tanlangan fasonga mos kelishi, va tikish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: uyda kiyiladigan kiyimlarga qulay, g‘ijim bo‘lmaydigan, engil yuviladigan mato tanlanadi va shunga qarab fason tanlanadi. Xizmatga kiyish uchun kiyimlarning matosi ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi kerak. Oqshom kiyimlarining matolari yorqin rangli matolardan tikilgani ma’qul.
Matoni kiyim turlariga qarab tanlanadi. Masalan: qishki, kuzgi- bahorgi, yozgi mavsumda kiyiladigan kiyimlar. Qishki, kuzgi mavsumlarda kiyiladigan kiyimlar qalinroq va qalin xildagi matolardan tanlanadi. Bahorgi-yozgi mavsumlarda kiyiladigan kiyimlar yupqa va yupqaroq matolardan tanlanadi. Oqshom liboslarini tikish uchun asosan ipak, kapron, tafta, muara, duxoba matolaridan tikish mumkin.
Fason qandayligiga qarab kiyimlarning slayti xilma-xil, shakli turli bo‘lishi, bezak elementlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Slaytga qarab kiyimlar to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va etak tomon kengaya borgan bo‘ladi. Fason tanlab qishki, yozgi kiyimlar va mavsumiy kiyimlar tikiladi. Uyga kiyish uchun kiyiladigan kiyimlarning fasonlari qulay bo‘lishi kerak. Xizmat uchun kiyiladigan kiyimlarning fasonlari tor, keng bo‘lmagan, ko‘zga tashlanmaydigan, fasonning detallari ko‘p bo‘lmagani ma’qul. 13. Chizma yordamida bolalar ichki kiyimini bichish va tikish.
Bolalar kiyimlarini tikish uchun bolaning o‘lchovlari olinib, asosiy o‘lchovlari asosida andoza chiziladi. Andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish qoidalariga amal qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va bichiladi. Ich kiyim tikish texnologiyasi asosida tikiladi. Bolalar kiyimlari, ular chizmasi. Andoza. Andozani matoga to‘g‘ri joylashtirish. Masshtab razmeridagi chizmani sm.lineykada kattalashtirib, chok haqlarini belgilab bichish va tikish.
16
Bolalar so‘lakchasi uchun chit, satin, xom surp matolaridan foydalansa bo‘ladi. Bolalar so‘lakchasi chizmasini chizish, Andozani matoga to‘g‘ri joylashtiriladi va bichiladi. Bichilgan detallarni ulab, ko‘klanadi va chok tanlab tikiladi. Tayyor bo‘lgan so‘lakchaga bezak berish ham mumkin.
Qizlar ko‘ylagi uchun asos chizmasini chizish tartibi. Asos chizmalardan andoza tayyorlash usuli. Mato turlariga qarab belgilabqirqish usuli. Qizlar
ko‘ylagi uchun
asos chizmasi chiziladi. Asos chizma asosida qizlar kuylagining fasoni modellashtiriladi. Modellashgan fasonga chizma chiziladi va andoza tayyorlanadi. Kuylakning fasoniga qarab
tanlangan matoga
andoza bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtiriladi va bichiladi. Bichilgan buyumni tikish texnologiyasiga amal qilgan holda tikiladi.
O‘g‘il bolalar shimi uchun asos chizmasini chiziladi. Asos chizmadan andoza tayyorlanadi. Andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish qoidalariga amal qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va bichiladi. Matoga andoza bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtiriladi va bichiladi. Bichilgan buyumni vitachkalari biriktirib ko‘klanadi, yon choklari va odim choklari biriktirib ko‘klanadi, shim pochasi bukib ko‘klanib, kiydirib ko‘riladi. SHimni mashinada tikishdan oldin ipning raqami, ignaning raqamini matoga moslab olinadi. So‘ng tikish texnologiyasiga amal qilgan holda tikuv mashinasida tikiladi. Yon bo‘laklar va vitachkalar ulanadi. Qo‘l choklari so‘kib tashlanadi. Yon choklari va shimni
vitachkalarini bir
tomonga yotqizilib, etagi ustki detaldan zix chiqarib bostirib, dazmollanadi.
Yubkalar fasoni bo‘yicha har xil: vitachkali, to‘g‘ri, klinli,
qiyiqli, vitachkasiz ikki chokli, klyoshli, skladkali yubka
va hakozolar. Yubkaning fasoni va bichilishi jussaning xususiyatlariga, shuningdek, gazlamaga va uning guliga qarab tanlanadi.
17
Klinli yubkalar 4, 6, 8, 10, 12 qiyiqlardan tashkil topadi. Etak tomoniga qarab kengayib boradi. Bunda bo‘ylama ip har bir klinning markazidan o‘tadi. Bo‘ylama ip ko‘rinib turishi uchun klinning andazadagi markaziy chizig‘i ustiga yuqori va pastdan teshikcha qilib qirqib qo‘yiladi. Yubkaning chizmasini chizish uchun o‘lchovlar olinadi. O‘lchovning nomlari Harfli belgisi Uzunligi, sm 1. Bel aylanasi BelA 67,7
2. Bo‘ksa aylanasi BkA
90,7 3. Ort belgacha uzunligi OrBU 35
4. Kiyimning uzunligi KU
40 5. Klinlar soni
6
Klinli yubka chizmasi Klinli yubka andozasi bo‘laklarini joylashuvi. O‘lchov
olingandan so‘ng klinli yubka chizmasi chiziladi. Klinli yubka chizmasi chizilgandan keyin
andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish qoidalariga amal qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va bichiladi. Klinli yubkani mashinada tikishdan oldin ipning raqami, ignaning raqamini matoga moslab olinadi, tikilib, yon choklari yorib dazmollanadi. To‘g‘ri yubka ikki qismdan iborat – old va orqa yarim bo‘lagi. Yubkaning kengligi bo‘ksaning aylanasi bo‘yicha olinadi. Beldagi keng qismni burmaga yoki vitachkaga olinadi. Vitachkaning orqa bo‘lagiga ikkitasi qo‘yiladi. Qolgan ikkitasi old qismiga qo‘yiladi. Vitachkaning uzunligi va kengligi bir xil emas, uni gavdaning tuzilishiga qarab olinadi. Asosdan keng va uzun yon vitachkasi, orqa bo‘laginiki tor va katta old bo‘lagining vitachkasidir. To‘g‘ri yubka kengroq turadi, bir chokli, ikki chokli. Uch chokli, skladkali, burmali bo‘ladi. Yubkaning beli belbog‘li. Rezinkali yoki tasmali bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri yubka gazlamaning bo‘ylama ipi yo‘nalishi bo‘yicha bichiladi. To‘g‘ri yubkaning chizmasini chizish uchun o‘lchovlar olinadi.
1. Bel yarim aylanasi BelA yarmi 32
2. Bo‘ksa yarim aylanasi BkA yarmi 42 3. Orqa belgacha uzunligi OBU 36
4. Kiyimning uzunligi KU
45
18
To‘g‘ri yubka chizmasi chizilgandan keyin andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish qoidalariga amal qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va bichiladi. To‘g‘ri yubkani mashinada tikishdan oldin ipning raqami, ignaning raqamini matoga moslab olinadi, tikilib, yon choklari yorib dazmollanadi.
18. Kiyimlarga bezaklar bilan ishlov berish.
Bezaklar. Bezaklarni kiyim turiga qarab tanlash. Matolardan gullar tayyorlash. Bezaklar kiyimlarning turlariga va fasoniga qarab bezatiladi. Kiyimlarni bezashda xilma-xil buklamalar, bo‘rttirma choklar, etak burmalar, oddiy burmalar foydalaniladi. Tikilgan tayyor kiyimlarni bezashda furnituralar, tikma gullar, atlas lentalardan yasalgan gullar, mo‘yna, petlyalar, to‘rli tesmalar bilan bezatiladi. Applikatsiyalar, turli gullarni elimlab yopishtirish, har xil rangli shnurlardan gul shakliga moslab tikib chiqish yo‘li bilan ham kiyimlarni bezash mumkin. Qoplama cho‘ntak, xlyastik, belbog‘, cho‘ntak qopqoqlari ham bezak hisoblanadi. Bezaklarni kiyim turiga qarab tanlash. Matolardan tayyorlangan gullar chizmasi. Atlas lentalardan gul tayyorlash. Atirgul, barg, roliklarni tikish.
O‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘garak a’zolarining bilim va ko‘nikmalari aniqlanadi. To‘garak a’zolarining kulolchilik san’ati bo‘yicha bilimlarini aniqlash uchun quyidagi savollar biletlarini tavsiya etamiz: 1-savol: Tikuvchilikda ishlatiladigan xomashyolar qaysilar. 2-savol: Tikuvchilikdagi asosiy ish qurollarini ayting. 3-savol: Ignalar qaerda saqlanadi. 4-savol: Dazmol bilan ishlashda asosiy qoidalar
5-savol: Tikuv mashin tushishi kerak. 6-savol: Tikuv mashin To‘garak a’zolarining quyidagi amaliy topshiriqb 1-topshiriq: Dazmol 2-topshiriq: Chok nam 3-topshiriq: Gazlama 4-topshiriq: Ko‘rinmas 5-topshiriq: Tikuv mas
Volan burmalar beza Volanlarni kuylak va bo‘ladi. Volanlar matoga Bu volanlarga mashinada shunda matoda burmalar bichiladi. Bu volanlar ha burmalarni amaliyotda qo‘l
Mahalliy aholi kiyim an’analari asosida o‘ziga xosligi bilan bir-biridan emas, bayram kiyimlari ham 19
mashinasida ish olib borilayotganda yorug‘ ashinasini asosiy sozlash ishlarini ayting. ining bichish-tikish bo‘yicha ko‘nikmalar iriqbiletlarini tavsiya etamiz: bilan ishlang. namunalari ustida ishlang lama va ip turlari bilan ishlang. rinmas chok tiking. mashinalari bilan ishlang. lariga eslatma: berilishidan berilishidan oldin bichish unumli foydalanish uchun maxsus hinalari ham soz holatda bo‘lishi lozim. topshiriqlarning bittasidan guruhdagi bi aniqlashda foydalanish mumkin. alar tayyorlash. bezak sifatida kuylaklarda ishlatiladi. va yubka etaklariga, eng o‘rnida, yoqa ko‘ndalang joylashtirilib kerakli qalinl inada 2 qator chok yurgizib, ostki 2 qavat alar hosil bo‘ladi. Volanning yana bir ham etak, eng, yoqalar uchun qo‘ll qo‘llab ularni tayyorlash. Volan burmalar larning kiyimlari haqida. kiyimi qadimdan iqlim, turmush sharoitl xos tarzda shakllangan. Turli millatlarn ajralib turadi. Har bir millatning kun ham farqlangan. Zarafshon vodiysi ayolla yorug‘lik qaysi tomondan
yoqa o‘rnida ham ishlatsa qalinlikda bichib olinadi. qavat ipdan asta tortiladi, turi chizma asosida qo‘llanilsa bo‘ladi.Turli haroitlari va urug‘-qabila llatlarning kiyimlario‘ziga kundalik kiyimlarigina ayollarining yalang qavat 20
delegat, rumchasi, Toshkentliklarning mursagi, Shahrisabzning kaltachasi bayram va tantanalarda kiyiladigan kishilik liboslari hisoblanadi. Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro liboslari o‘z ko‘rinishlari, xususiyatlari, ularni turli xildagi marosimlar uchun xosligi bilan ajralib turadi.Turli viloyatlardagi xotin-qizlar milliy kiyimlarni o‘ziga xosunsur-belgilar bilan boyitishgan. Hozirgi takomillashgan liboslarda ham mana shu o‘ziga xoslikka, ayniqsa bosh kiyimlariga qarab kishilarni qaysi millatdan ekanligini farqlash mumkin. 22. Zamonaviy kiyimlar haqida. Halqning madaniyati oshib borgani sari kiyim faqat tanani asraydigan vositagina bo‘lib qolmay, bezak buyumiga ham aylana bordi. Liboslarining zamonaviy ko‘rinishi, ularning istiqbolini aniqlash uchun tarixga nazar tashlanib, libosning retrospektiv tahlili amalga oshiriladi. Badiiy adabiyotlar, arxiv, muzey materiallarini o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar tahlili libosdagi o‘zgarishlar xilma-xilligi haqida tasavvur uyg‘otadi hamda libosning tuzilishi va unga ishlatiladigan matolar o‘zgarishi bilan bog‘liq taraqqiyot bosqichlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Kishilar kiyim-kechakka o‘z didlari, estetik ideallarini ifoda etgan go‘zallik tasavvurlarini singdira boradilar. Davr o‘tgan sari iqlim o‘zgarishi, ijtimoiy- iqtisodiy sharoit, xalqaro aloqalar ta’sirida liboslar o‘zgarib boradi. Liboslar ma’lum darajada kishilar badiiy fikrlashi, go‘zallikka intilishining natijasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan mo‘‘jaz tasvirlar kiyimlar tarixi nuqtai nazaridan o‘rganilsa, o‘zbek milliy kiyimining boy tarixi namoyon bo‘ladi. XIX asr milliy kiyimlari keng, uzun yaxlit bichimi, odam qomatini berkitib erkin to‘kilib turishi kabi qadimgi xususiyatlarni saqlagan. Ayollar kiyimlaridan ko‘ylak, lozim, kamzul, nimcha va shu kabilar to‘g‘ri bichimli bo‘lgan. Erkaklar to‘g‘ri bichimli ko‘ylak, yaxtak, to‘n, chakmon kiygan. O‘zbek halqi orasida eng ko‘p tarqalgan engil bosh kiyimi do‘ppidir. Joylarning tabiati, kishilar didi, xalq amaliy san’ati usullari ta’sirida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Bosh kiyimlar ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqoshlar, bo‘yinga ularga mos bo‘yintumor, zebigardon taqinchoqlari taqilgan. Oyoq kiyimlaridan kavush bilan kiyiladigan maxsi, etik kiyish urf bo‘lgan.
O‘g‘il bolalar milliy kiyimlaridan yaktak chizmasini chizilib, andoza olib bichiladi va tikish qoidalariga asoslanib tikiladi. O‘g‘il bolalar milliy kiyimlaridan yaktagi, qiyig‘i va choponi kabi buyumlardan biri yaktakni tikish. Download 201.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling