Barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni
Download 19.87 Kb.
|
dinshunoslik dan mustaqil ish
“Barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni.” Mavzusida esse REJA: Kirish Asosiy qism Mafkuraviy xurujlarga misollar Milliy g’oyaning maqsadi. Yoshlarni mafkkuraviy xurujlardan saqlashda milliy g’oyaning o’rni . Xulosa Kirish
Asosiy qism Bugungi kunda zamon shu qadar tez rivojlanmoqda tabiiyki ushbu davrda yomon niyatli odamlar o’zlarining qabiq rejalarini bajarish maqsadida turli xil mafkuraviy xurujlarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Biz hozir mafkuraviy xurujlarga misollar keltirishga harakat qilamiz. Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, yolg‘on axborot, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda.mana ko’rib turganingizdek bir qancha misollarni o’rtaga tashladik va endi o’sha misollarni qisman yoritishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda yolg’on axborotlarga kunda duch kelamiz. Turli xil yolg’on axborotlar bilan yoshlarning ongini buzishga harakat qilayotgan shaxslar ham ko’p. Yolg’on axborotlarni tarqatishdan ularning maqsadi shuki ular nimani haq deb bilsa qolganlarni shunga ishontirish. Diniy ekstrimizm haqida eshitmagan inson bo’lmasa kerak. Endi diniy ekstrimizm haqida ham qisqacha ma’lumot beramiz. Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Diniy ekstrimizm haqida ham ma’lumotga ega bo’ldik. Milliy g’oyalar va ularga misollar keltiramiz. Qisqacha milliy g’oya haqida kirish qismida ma’lumot bergan edik shunday ekan endi u haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lishga harakat qilamiz. Miliy g’oya bu qisqa muddatli va uzoq mmuddatli ham bo;lishi mumkin. Xo’sh qisqa muddatli milliy g’oya qanaqa bo’ladi. Ya’ni aholini yoki odamlar jamiyatini oldiga qo’yilgan ezgu maqsadi amalga oshguniga qadar davom etuvchi milliy g’oyalar asosan qisqa muddatli bo’lad. Uzoq muddatli milliy g’oyalar esa uzoq davom etuvchi mafkuraviy xurujlarga nisbatan qaratilgan milliy g’oyalar hisoblanadi. Bizning ham davlatimizni rivojlantirish maqsadida ko’plab milliy g’oyalarimizga egamiz. Asosiy milliy g’oyalarimiz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirish kabi oʻz oldimzga buyuk maqsadlar qoʻyganmiz. Yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish hozirgi zamonning global muammolaridan biriga aylanmoqda. Tabiiyki texnologiylar qanchalik rivojlangan sari turli xil yomon niyatli odamlarning o’z mafkurasini singdirish imkoni ham shunchalik ortmoqda va bu kabi yovuz niyatli insonlarning mafkurasidan yoshlarni saqlashda bizga milliy g’oyalarimiz yordam beradi. Milliy g’oyalarimiz yoshlarimizning bu kabi yomon yo’llarga kirishini olldini olishda va ularga bu kabi yomon niyatli insonlarning yolg’on mafkuralariga uchmaslikka yordam beradi. Boyagina so’zlaganimizdek diniy ekstrimizm hozirgi kundagi mafkuaralardan biri hisoblanadi. O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani, Vatan taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko'p qayd etilgan. Hozirgi kunda O'zbekiston aholisining soni 36 mln.dan oshgan bo'lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qiladi. 3,5% ga yaqin fuqarolar pravoslav diniga mansub bo'lib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Shunday ekan “ Diniy ekstrimizm va terrorizm – jamoyat taraqqiyotiga tahdid” hisoblanadi. Bu kabi tahdiddlardan yoshlarni himoya qilish va ularni bu kabi tahdidlarga qarshi milliy g’oyani shakllantirish shu qadar zarur hisoblanadi. Shunuing uchun ham yoshlarda diniy ekstrimizm va uning oqibatlari hamda biz nima uchun ularga qarshi kurashishimiz haqida tushunchani hosil qilish oldimizda turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Diniy ekstrimizmning g’oyalari xatoligini ularni asosiy maqsadi nima ekanligini yoshlarimizga yetkaza olishimiz kerak. Ularni dinni niqob qilib olib o’zlarining qabiq rejalarini amaliyotga tadbiq qilishga intilayotganini tushuntirishmiz kerak. Bularning barchasini milliy g’oyamiz orqali anglatishimiz mumkin, shu uchunam milliy g’oyalarimiz biznibg hayotimiz uchun judalar muhim hisoblanadi. Xulosa Xulosa o’rnida shularni ko’rsatishimiz mumkin. Mafkuraviyy xuruj haqida gap yuritishdan oldin mafkura o’zi asli nimaligiiga ochiqlik kiritib olishimiz kerak. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. Quyidagi mavzuni ko’rib chiqishda bir qancha xulosalarga ega bo’ldik. Mafkuraviy xurujlar bular insonlar va ularning ongiga ta’sir qilish oqibatida turli yod g’oyalarni singdirish va ularni targ’ib qilish. Yani ular o’z g’oyalarini odamlarga singdirish va ularnii ortidan ergashtirishga harakat qilish ekan. Natijada ularga bu narsalarni targ’ib qilish ulardan o’z manfaatlarida yo’lida foydalanish ekan. Bu holatga tushmaslik uchun milliy g’oyaning ma’nosini yoshlarga to’laqonli tushuntirb berish va milliy g’oya faqat xalq uchun xizmat qilishini tushuntirib berish va boshqa mafkuraviy xurujlar ta’sirida qolmaslik uchun, internet tarmog’idagi hamma narsaga ham ishonib bo’lmasligini uqtirishimiz kerak. Tabiiyki hozirda internet tarmog’i shu qadar rivojlangan asrga yetib keldik. Bugungi kunda shu qadar saytlar ko’payib ketdiki ularni barchasini ichidagi kontentlarni tahlil qilishni iloji yo’qligi uchun sizni va barchani faqat rasmiy xabarlarga ishonishingizni isltimos qiladigan davrg ayetib keldik. Turli xil saytlarda turli xil targ’ibotlar bo’lishi mumkinligini hisobga olgan holda har qanday aldovga ham uchmasligingizni eslatib o’tmoqchimiz. Chunki ularning asosiy maqsadi sizdan foydalanish va sizni uzini qo’g’irchog;iga aylantirish bo’lishi haqida ham bilib oldik. Davom etadigan bo’lsak hozirda bu kabi saytlarni barchasini ham blokirovka qilishning iloji yo’qligini ham bilamiz. Chunki hozirda ko’plab saytlardan yaxshi niyatda foydalanayotgan shaxslarimiz ham ko’p shuning uchunam biz ularga internet tarmog’idan foydalanish ma’daniyatini o’rgatish va o’z milliy g’oyamizning maqsadini tushuntirib berishimiz. Milliy g’oyamiz faqat xalqni manfaati uchun xizmat qilishini tushuntirib berishimiz kerak. Chunki diniy ekstirimizm oqibati hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Ularningg maqsadi aslida sizga ko’rsatayotgan ro’yolardan mutlaqo farq qiladi. Shu uchun ham milliy g’oyamizni tushunib olish asosiy hisoblanadi. Mana qisqacha xulosaga ham ega bo’lib oldik. Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling