Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati
Download 33.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqfalsafa (20)
Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaraianib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi".Mustaqillik qo'lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuziimdan erkin, demokratik tuzumga o'tish davri boshlandi. O'tish davrida eski ideallar, g'oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me'yorlari buziladi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo bo'Iadi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg'onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarixning borishini bilish mumkin emas»,- deb talvasaga tushsa, boshqalar eskirgan, rad etilgan "haqiqat'ga yopishib olib, tarixg'ildiragini orqaga qaytarishni orzu qiladi, urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o'zgardi, nima uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos bo'lish kerak degan savollarga javob topishga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo'llarini mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'l qo'ymaslikka undaydi. Bunda tarix to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi kompas bo'lib xizmat qiladi. Davlat mustaqilligini o'z qo'liga olgan ozod, hur O'zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo'lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas'uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma'naviy barkamolligiga bog'liq. "Biron bir jamiyat, - deb ta'kidlaydi yurtboshimiz lslom Karimov, - ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasawur eta olmaydi".1 Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. "Ma'naviyat, - deb yozadi lslom Karimov, - o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi"1, "...tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson".2 Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilisb orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi. Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yolga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'Imaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir"1 degan hikmatli so'zlari va ko'rsatmalari dasturilamal bo'Iib xizmat qilmoqda. Tarix fani olam yagona va yaxlit, O'zbekiston uning ajralmas Mr qismi, olarada sodir bo'ladigan voqea, hodisalar umumiy va o'zaro bog'Ianishda, uzluksiz harakatda ekaniigi xususida to'g'ri tasavvur, tushuncbalarni shakilantiradi. O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan tarixi talaba-o'quvchilarda xalqning o'tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shakilantiradi. Bu o'z navbatida yoshlarni tarixiyjarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo'Iib qolishdan saqlaydi, ularni olg'a intilishga, taraqqiyotga ko'maklashishga undaydi. O'zbekiston tarixi talaba-o'quvchilarga bugungi kunda mamlaka-timizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik-fuqarolik jamiyatini qurish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi. Xalqirnizning buyukligi, kuchi uning boy ma'naviy merosga ega ekaniigi bilan belgilanadi. Xalqirnizning ma'naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz yetishtirib beigan o'nlab, yuzlab jahonga mashhur olim-u ulamolar, me'mor-u binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog'idir. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma'naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to'siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali yoshlarga singdiriladi. Vatan tarixi xalqirnizning asrlar davomida ko'pgina xalq, elatlar biian ahil, hamjihat bo'Iib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e'tiqodlar erkinligi va inoqligi boiganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O'zbekistonda yashovchi turli dinlarga e'tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatiar o'rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mnstahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir. Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o'zbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O'zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayaneh va madadkordir. Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi. Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o'z qobiliyatini to'laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakilantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas'uliyatiu o'z zimmasiga olish kabi yuksak ma'naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g'oya bilan qurollantiradi. Shu bois, Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda" Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi, ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Nasroniy (xristian)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. XII asrning buyuk allomasi SHahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi sodda ko‘ringan to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi: Kimki tutmas qalbida tarixini, U inson ham emas, olim ham emas. Biroq kimki uqsa o‘tmishini, Ko‘p boyitar o‘z turmushini. XXI asrga rivojlanishning zamonaviy taraqqiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy madaniyati va bebaho ma’naviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ming yilliklar qa’riga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, turli davrlarda xalq farovonligi va taraqqiyotini ko‘zlab o‘tkazilgan ko‘plab islohotlar, shuningdek, yuksalish va inqiroz holatlari, chet el bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashlari yurtimizning serqirra va rang – barang tarixidan dalolat beradi. SHu bois ham bu tarix eng qadimgi davrdan boshlab ko‘p ming yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida nafaqat o‘zbekistonlik, balki xorij olimlari tomonidan ham tan olinib o‘rganildi, tadqiq etildi va ayni paytda ham shu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar izchillik bilan davom etmoqda. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, mustabid sovet davridagi tarixga munosabatdan farq qilgan holda, o‘tmish tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi. Haqqoniy tarixni tadqiq etish boshlanib, avvalo, tarixni davrlashtirishdagi besh formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib turuvchi, ma’lum xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi respublika olimlari tomonidan yakdillik bilan e’tirof etildi. O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni rivojlantirish; to‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash; beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish. O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab etmog‘imiz lozimdir. ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash. 1-prezidentimiz Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Tarix - xalq manaviyatining asosidir» kabi asarlarida ilgari surilgan nazariy-mеtodologik muammolari, O’zbеkiston tarixining ilmiy mеtodlari va mеtodologik tamoyillari haqida gapirib o’tganlar. Ular quyidagilardan iborat: - tarixiy hodisa va voqеalarni, hujjat va faktlarni ilmiy holisona va halol o’rganish va tahlil qilish; - tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o’ganish, tahlil qilish; - tarixni haqqoniy ob'еktivlik, tarixiy-falsafiy, mantiqiylik asosida o’rganish va yozish; - tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e'tiborli bo’lish; - xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, talantli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o’rniga alohida e'tibor bеrish; - tarixiy voqеa va hodisa, hujjat va faktlarni to’g’ri va noto’g’riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish; - tarixni o’rganishda tarixiy univеrsallikka amal qilish; - tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o’rganish; - etnografiya, arxеologiya, antropologiya, gеnеologiya va boshqa fanlarning yutuqlari, hamda usullaridan foydalanish; - tarixni o’rganishda vorislik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish. Sovеt davri tarix fanini soxtalashtirdi, din ilmiga zid, tarixiy taraqqiyotga to’sqinlik qiladi dеgan noto’g’ri tushunchani yuzaga kеltirdi. Ayniqsa, har qanday ijtimoiy hodisaga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan yondoshish tarixni asosan urush va xunrеzlikdan iborat qilib ko’rsatishi bilan birga o’tmish qoralanib, kеlajak ulug’lanadi. Shuning uchun tarixni qanday bo’lsa, shundayligicha o’rganish kеrak, dеgan tushuncha ustivor bo’lishi kеrak. Qadimda Turon, so’ngra Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan mashhur bo’lgan hozirgi O’zbеkiston еrlari va aholisi, ya'ni ajdodlarimiz bir mеcha yuz ming yillik qo’ha va boy tarziga ega. Vatanimiz jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Sivilizatsiya tushunchasi ijtimoiy taraqqiyotning, moddiy va madaniy, ma'naviy darajasini va bosqichini bildiradi. Bu tushuncha XVIII asrda paydo bo’lib, frantsuz faylasuflari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiya dеb ataganlar. Hozirgi O’zbеkiston yеrlarining tabiati kishilik tarixining ilk bosqichlaridayoq bu yеrlarda ibtidoiy odamzod to’dalarining yashashi uchun qulay bo’lgan. O’zbеkistonlik arxеolog olimlar O’rta Osiyoga ibtidoiy jamoa davrining yoshi 1 mln. yilga tеng ekanligini isbotlaydilar. Odamlarning kеlib chiqishi va rivojlanishining jarayoni, ya'ni «antropogеnеz» eng qadimgi davr tarixini o’rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu masalada ya'ni insoniyatning kеlib chiqishi haqida turli nuqtai nazarlar mavjud. Lеkin ularning ba'zilari o’z isbotini hali topganicha yo’q. Antropogеnеz jarayonida mеhnatning o’zgartiruvchanlik mohiyatini arxеologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Ushbu moddiy manbalarning takomillashib borishiga qarab olimlar ibtidoiy jamiyatni quyidagi davrlarga bo’ladilar: 1.Palеolit (qadimgi tosh davri) davri mil.av. 3-2 mln. yil ilgari boshlanib, 12 ming yillikda tugaydi. Bu davr o’z navbatida 3 bosqichga bo’linadi. Bular: a) Ilk palеolit - Olduvoy davri mil.av. - 3-2 mln. yilliklar, Ashеl davri - 1 mln-100 ming yilliklar. Ishbilarmon odamlar: avstrolopitее, pitеkantrop, sinantrop, fеrgantrop. b) O’rta palеolit - Must davri - mil.av. 100-40 ming yilliklar - Nеandеrtal odam. v) So’nggi palеolit - Orinyak, Solyutrе, Madlеn - mil.av. 40-12 ming yilliklar. Ongli odam - Kromanon odam. 2.Mеzolit (o’rta tosh asri) davri mil.av. 12-7 ming yilliklar. 3.Nеolit (yangi tosh asri) davri mil.av. 6-4 ming yilliklar. 4.Enеolit (mis-tosh davri) davri mil.av. 4-ming yillikning oxiri 3-ming yillikning boshi. 5.Bronza asri - mil.av. 3-2 ming yilliklar. Eng qadimgi odamlarni hayvonot olamidan farqlantiruvchi bеlgilari shundan iborat ediki, ular mеhnat qurollarini yasay olardi. Shu qurollardan rizq topishda foydalangan. Download 33.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling