Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbek adabiyoti kafedrasi
- Tayanch so`z va tushunchalar
- XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti Reja
1
«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni
NUKUS - 2012 2
KIRISh
Reja: 1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni. 2.
3.
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari 4.
XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari. Adabiyot tarixi Vatan tarixining ajralmas qismi bo`lib, ahamiyati jihatidan Fuqarolik tarixi, Davlatchilik tarixi, Madaniyat tarixi kabi tariximizning boshqa jabhalaridan kam emas. Adabiyot tarixi ma`naviy meros va milliy qadriyatlar majmuasi bo`lgani uchun ham u nafaqat o`tmish adabiyotini o`rganish va tushunishda, balki bugungi adabiy an`analarning mohiyatini anglashda, ildiz va manbalarini aniqlashda ham benazirdir. Tabiiyki, bugungi adabiyotning shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan adabiy meros kelajakka ham asqotishi, buyuk davlatchilikning ma`naviy poydevori bo`lib xizmat qiladi. Hujjatlardan anglashilgan tarix qariyb uch ming yillikni o`z ichiga olgan ekan, adabiyot tarixi undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi. Dastlabki yozma yodgorlik sifatida tan olingan «Avesto»dan tortib to Istiqlol davri adabiyotiga qadar davom etgan adabiy-ma`naviy davr o`ziga xos tarix sifatida jahon adabiyotining ham uzviy qismi ekani, jahon ma`naviyati xazinaini minglab daho san`atkorlar hisobiga boyitgani barchaga oydin haqiqat. Ana shu muhtasham tarixning har bir davrida yaratilgan an`ana va o`ziga xosliklarini tushunish uchun adabiyotimiz tarixini davrlashtirish muammolariga e`tibor qaratish lozim. O`zbek adabiyoti tarixini, shuningdek, umumturk adabiyoti tarixini davrlashtirishga intilish XX asrning boshlaridan boshlangan. Ushbu yo`nalishda dastlabki tasnifni turk olimi Mahmat Fuod Ko`prulu 1926 yili yozgan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum: 1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti). 3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar) Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da, «g`arb ta`siri» ostidagi adabiyot deyilganda olim, asosan, usmonli adabiyotini nazarda tutgan. Chunki taxminan XUP asrdan usmonli adabiyoti g`arb,xususan, frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb ta`siri» X1X asrning P yarmidagi Rusiya ishg`oli bilan bog`liq holda kechgan. Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul qilib bo`lmaydi. 20-yillarda tarixchi olim Bo`lot Soliev, adabiyotshunos Fitrat va Otajon Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas: 1.
Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha) 3 2. Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha) 3.
qadar yaratilgan adabiy asarlar) 4.
O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti (XU1-X1X asrlar adabiyoti) 5.
Jadid adabiyoti (XX asr boshlari) Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha
tarixiy davrlashtirish tamoyillarini o`zida aks ettirgan bo`lsa ham, asosan, adabiy asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat talqinida «16 asrdan so`ngra o`zbek adabiyoti» alohida adabiy davr sifatida o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida aks ettiradi. 20-yillarda Ozarbayjonda chiqqan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida esa, Ismoil Hikmat ayrim daho iste`dodlar zakovati bilan bog`liq holda davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqishni ma`qul ko`rgan. Bu qarashlardan chuqur xabardor bo`lgan olim Vadud Mahmud «Navoiygacha turk adabiyoti» maqolasida o`zbek adabiyoti tarixini yuqoridagicha, «Navoiygacha, Navoiy davri va Navoiydan keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va davrlashtirish tamoyillari, asosan, adabiy asarlar va ijodkorlar siymosi nuqtai nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan. Davrlashtirish masalalariga sho`rolar davrida bir necha marta murojaat qilingan bo`lsa-da, ma`lumki, bunday davrlashtirish tamoyillari asosan, ijtimoiy tazyiq ostida kechgan edi. Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik: 1.
Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 2.
3.
Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi) 4.
Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr) 5.
O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi) 6.
Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari) 7.
Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar) 8.
Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin) Bizga tavsiya etilgan qator manbalarda, ayniqsa, sho`rola davri adabiyoti manbalarida «O`rta Osiyoda uch xonlik davri» deb nomlangan atama anglatilgan davr adabiyoti muammolarini o`zida to`la aks ettira olmaydi. Chunki, Markaziy Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning o`rtalariga kelib to`la ravishda shakllangan. Shunday .kan, bu nomlanish tavsiya etilayotgan davrning qariyb 150 yillik tarixini o`z qamroviga atama jihatilan ololmay qoladi. Ikkinchidan, tariximizda sifat jihatidan mutlaq o`ziga xos davr bo`lgan «Temuriylar davri adabiyoti» ham sho`rolar davrida alohida bosqich sifatida o`rganilmagan edi. Adabiyot tarixidagi mana shu davrning adabiy manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida 4 xususiyat sifatida qarash lozim. 20-yillar manbalarida bu davrni «o`zbekxonlar» davri deb atashgan. Biroq birgina «O`zbekxonlar davri» deb nomlash ham undan keyinroq o`lkada yaratilgan ko`plab adabiyo yodgorliklarni, xususan. Xiva va Qo`qon xonligi yodgorliklarini inkor qilishga olib keladi. Mana shulardan kelib chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz topib, Shayboniyxon mamlakat tarixiga chiqqan ekan, bu voqealar so`zsiz badiiy adabiyotga o`z ta`sirini ko`rsatgani uchun ham yangi adabiy davrni mavhumroq qilib, XU1, ayrim manbalarda esa, XUP asrdan boshlab emas, balki mana shu O`zbekxonlar davrida yaratilgan adabiy yodgorlikning tabiatidan kelib chiqqan holda belgilash lozim. XU1 asr boshlarida Xiva va XUSh asr o`rtalarida Qo`qon xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning tarkibidan kelib chiqqan yangi xonliklar mustaqil davlat sifatida shakllana boshladilar. Shunday ekan, «O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti» deb nomlash bizningcha, tarix haqiqatiga ham, bu davrda yaratilgan adabiy manbalar tabiatiga ham mos keladi. Tayanch so`z va tushunchalar Adabiyot tarixi, Adabiy meros, Davrlashtirish tamoyillari, Milliy qadriyat, Temuriylar davri adabiyoti, «O`zbekxonlar davri» adabiyoti, «G`arb ta`siri» Savol va topshiriqlar 1. «O`zbek adabiyoti tarixi» deyilganda qanday tarixni tushunasiz? 2. «O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning ob`ekti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3. «O`zbek mumtoz adabiyoti»ning adabiyot tarixidagi o`rni. 4. Adabiyot tarixini davrlashtirishda qanday tamoyillarga amal qilinadi? 5. 20 asr boshlaridagi mavjud davrlashtirishga intilishlarda qanday tamoyillar asos qilib olingan? 6. 20—yillardagi tasniflarga munosabat. 7. Adabiyot tarixini davrlashtirish masalasida ilmdagi so`nggi qarashlar qaysilar7 8. «XU1-X1X asrlar adabiyoti» alohida davr sifatida o`rganilishining sababi.
Adabiyotlar: 1.
O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 2.
Asrlar nidosi. - T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1982. 3.
Fitrat. O`zbek adabiyoti namunalari. - T.: 1928. 4.
XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti Reja: 1.
Davr adabiyotini o`rganilish tarixi. 2.
3.
Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar. 5 4. Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari
Sharq mumtoz adabiyotida an`anaviy adabiyotshunoslik «Il-mi adab» va uning tarkibiga kirgan «Ilmi bade`», «Ilmi aruz», «Ilmi qofiya» singari ilmiy risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar, ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20- yillarida, dastlab, «adabiy manbalar» sifatida jamlangan va nashr etilgan majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20- yillarda adabiyot tariximizga oid ko`plab manbalar to`plandi, tartibga solindi, ayrimlari nashr qilindi va, nihoyat, «adabiyot tarixi» yaratish uchun muayyan zamin hozirlandi. 1918-20 yillarda faoliyat ko`rsatgan «Chig`atoy gurungi» tashkiloti bu jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili Turkiston Muxtor jumhuriyati hukumati va Turkiston o`lka mumulmon byurosi mahalliy xalqlar adjabiy merosini to`plab, nashr qilish haqida qaror qabul qildi. Ko`lamli bu ishlarni amalga oshirish uchun Nazir To`raqulov (rais), Fitrat (rais mulvini) va Laziz Azizzoda (kotib)dan iborat boshqaruv hay`ati belgiladi. Bu vaziflarning amalga oshirish uchun Abdurahmon Sa`diy, G`ozi Yunus, G`ulom Zafariy, Cho`lpon, Shokirjon Rahimiy singari olim va adiblar hamda e.Polivanov, A.Semyonov, A.Divaev kabi rus mustashriqlari ham jalb qilingan. Bu vaqtga qadar esa, o`rganilayotgan adabiy davr manbalaridan Armeniy Vamberining «Chig`atoy adabiyoti xrestomatiyasi» (1867), A.Samoylovichning «O`rta Osiyo turkiy adabiyotidan materiallar» (1917) nashr qilingan edi. 1928 yilda Fitrat tomonidan «O`zbek adabiyoti namunalari»ning P jildi nashrga tayyorlana boshlandi. Biroq 1 jild atrofidagi bahs-munozaralar va 20-yillarning oxiridagi o`zgargan adabiy muhit bu majmuani nashr qilish imkonini bermadi. Shunda Fitrat tomonidan qator maqolalar «XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «O`zbek shoiri Turdi», «Mashrab» kabilar e`lon qilindi. Ayni mana shu maqolalarni davr adabiyoti yuzasidan olib borilgan jiddiy ilmiy tadqiqotlar sifatida qabul qilish mumkin. Shuningdek, Abdulhamid Majidiyning Turdi
haqidagi, Lutfilla Olimiyning «Nodira», To`xtamurod A`lamov
(To`g`rul)ning «Eski shoirlarimizdan Muqimiy» kabi maqolalar ham chg`nashr etildi.
30-yilladagi adabiy harakatlar garchi 20-yillardagi kabi keng ko`lamda bo`lmasa ham ko`proq sotsialistik mafkuraga mos keladigan adiblarni tanlab olib o`rganishga harakat bo`ldi. Bu jihatdan A.Sa`diyning «O`zbek burjua adabiyoti» kitobini eslash mumkin. 1945 yilda esa, O.Sharafiddinov «O`zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi»ni nashr qildi. 50-60yillarda XU1 asrdan keyingi o`zbek adabiyotini o`rganish borasida jiddiy siljishlar yuz berdi. Bu jihatdan, Vohid Zohidov, Subutoy Dolimov kabi olimlarning maqola va tadqiqotlari arzirli hissa bo`ldi. Vohid Abdullaev o`zining doktorlik dissertatsiyasida Xorazm adabiy maktabi shoirlari ijodining keng o`rgandi. «O`zbek adabiyoti tarixi» darsligining 2 kitobi uzoq yillar mobaynida bu davr adabiyotini o`rganishda tayanch manba 6 sifatida qaraldi. Shuningdek, akademik A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muhiti» kitobi, Homil Yoqubovning Turdi haqidagi maqolasi, To`xtasin Jalolovning «O`zbek shoiralari» nomli kitobi kitobxonlar qo`liga tegdi. 70-yillarda Mahbuba Qodirovaning Amiriy, Muhsin Zokirovning Magshrab, Fathiddin Ishoqovning Gulxaniy kabi tadqiqotlari vujudga keldi. 90-yillarda davr adabiyotini yangi aspektda o`rganish, Istiklol tufayli ma`naviy merosga yangicha munosabatlar shakllanishi bilan bog`liq ravishda Hasanxo`ja Muhammadxo`jaev va Inoyatulla Suvonqulovning So`fi Ollohyor, Nusrat Jumaxo`janing Munis, Ogahiy va boshqa ijodkorlar haqidagi tadqiqotlari yuzaga chiqdi. Biroq davr adabiyotining umumiy va xususiy jihatlarini o`zida aks ettirgan, alohida ulug` siymolar ijodini izchil tahlil etuvchi, Istiqlol mafkurasi saboqlarini o`ziga singdirgan darslik yoki qo`llanmaning yaratilmagani bu davr adabiyotini o`rganishda jiddiy qiyoinchiliklar tug`ilmoqda. Shuning uchun ham ayrim talaba va tadqiqotchilar B.Qosimov va N.Jumaxo`ja tomonidan yaratilgan o`rta maktablarning 10-sinflari uchun mo`ljallangan darslik va majmuadan vaqtincha foydalanib turish bilan cheklanmoqdalar. O`rganilayotgan davr adabiy manbalari nihoyatda xilma-xil va qariyob 350 yil davom etgan muddatda yaratilgani uchun biri ikkinchisini inkor etadigan darajada munozaralidir. Shularga qaramay, mavjud adabiy hayotda aks etayotgan an`analar, zamonaning notekis rivojlanishida xalq badiiy tafakkurining eng go`zal ne`mat`larini tanlab olib, ularning yo`nalishlarini aniqlab, izchil ilmiy tizimga solish zarurati tug`ilganda bu davr adabiy manbalarini quyidagi yo`nalishlarda taraqqiy etganini aniqlash mumkin: 1. Xalq og`zaki ijodi namunalari va xalq kitoblari. Yozma adabiyotning shakllanishi va taraqqiy etishiga ta`sir ko`rsatgan ushbu omillar sifatida «Alpomish» dostoni, «Go`ro`g`li» turkum dostonlarini, «Tohir va Zuhra», «Oshiq G`arib va Shohsanam» kabi epik asarlar keng tarqalganini eslash bilan birga «xalq kitoblari» umumiy nomi ostida «Yusufbek va Ahmadbek», «Sanobar», «Bo`zo`g`lon», «Shoh Mashrab» singari manqaba va tasavvufiy asarlar yaratilganini ham eslash joiz. 2.
Adabiy an`anaga ko`ra «Devon» tarzida tartib berilgan alohida shoirlarning she`riy majmualari bu davr adabiyotida nazm namunalarining asosiy tarqalish usuliga aylangan. Bu jihatdan Munis va Ogahiy, Amiriy va Nodira devonlarini keltirish mumkin. 3. Devon shaklida jamlanmagan, amoo she`rlari turli xil manoqib-holotlar, tazkiralar, majmualar, bayozlar vositasida bizgacha etib kelgan ijodkorlarning asarlari ham mana shu davr adabiy qiyofasini belgilashda arzirli manba bo`la oladi. Bunga misol tariqasida Turdi she`rlarining majmua va bayozlarda uchrashi, Mashrab she`rlarining turli xil manqaba va xalq kitoblari vositasida bizgacha etib kelishi kabi hollarni keltirish mumkin. 4. Sharq nasri an`analarini o`zida aks ettirgan qissa va badiiy talqindagi hikoyatlar to`plamlari ham mana shu davrda yaratilgan adabiy mahsullardan edi. Bunga Xojaning «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» tipidagi asarlarini keltirish mumkin.
7 5. Tasavvufiy ruhdagi g`azallar va hikmatlar yoki umumiy tarzda olganda ayrim mutasavvif shoirlarning ijodlarini bunga misol qilib keltirish mumkin: Qul Ubaydiy, So`fi Ollohyor kabilar. 6. Tarixiy manbalar - sultonlar va xonlar xonadoni va sulolasining yilnomalari, ayrim davrlar tarixnavislarining asarlari, e`tiborli voqealar bayoni va boshqa tarix asarlari ham bu davrda ko`plab yaratilganki, ularning aksariyatida adabiy manbalarga murojjat qilingan. Masalan, Abulg`ozi Bahodurxonning «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullonoma», Hakimxon to`raning «Muntahob ut-tavorix», Munisning «Firdavsul iqbol» asarlari shular jumlasidanjir. 7. Tarjima adabiyoti namunalari. Bu davrda, asosan, arab va fors tillaridan Xorazm adabiy muhitida amalga oshirilgan Hiromiy tarjimasidagi «Chor darvesh» asarini, Ogahiy tomonidan o`zbekchaga o`girilgan Sa`diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. 8. Adabiyotshunosldikka oid risola va tazkiralar, jumladan, izohli lug`atlar tarkibidagi adabiy-nazariy lavhalar ham bunga misol bo`la oladi. Bu jihatdan Muhammad Bade` Samarqandiyning «Muzakkiru-l-ashob», Hasanxoja nisoriyning «Muzakkiri ahbob» tazkiralari, Muhammad Hoksorning «Muntahobu-l-lug`ot»i tarkibida adabiyotshunoslikka doir istilohlarning sharh qilinishi kabilarni eslash mumkin. 9. Zullisonaynlik an`anasi Buxoro va Qo`qon adabiy muhitlarida muvaffaqiyat bilan davom etgan bo`lib, bu davrning eng old shoirlari o`zbek va fors tillarini mukammal suratda egallagan edilar. Qul Ubaydiy, Amiriy, Nodiraning forsiy devonlari, Hindistonda boburiylar tomonidan yaratilgan adabiy asarlarning asosan, fors tilida tarqalishi kabi holatlarni eslash mumkin.
Bu kabi yo`nalishlarga tushgan yoki tur va janrlar jihatidan aniq tasnif qilinmagan minglab asarlar ushbu davrda yaratilgan ediki. Ular XX asr boshlariga qadar adabiyotshunoslik tomonidan o`rganilmagan, hatto xronologik jihatdan ham tartibga solinmagan edi. XU1-X1X asr (1 yarmi) lar adabiyotini o`rganishda amal qilinadigan tamoyillardan asosiysi tarixiy metod bo`lib, bu jihatdan barcha yuqorida tasnif qilingan yo`nalishdagi asarlarni izchil xronologik tartibda o`rganib chiqish zarurati tug`iladi. Buning natijasida esa, adabiyotdagi mavjud an`anaviylik va vorislik talablariga qat`iy suratda amal qilinadi. Chunki, ayniqsa, ushbu davr adabiyotida an`anaviylik va vorislikni izchil suratda kuzatish mumkinki, davr adabiyotiga avvaplgi davrlarda yashagan yoki yaqin bir davrda boshqa o`lkalarda yashab, ijod etishga majbur bo`lgan turk tilli shoirlarining ijodi bu davr o`zbek adabiyotiga jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jihatdan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Fuzuliy ta`sirini deyarli har bir adabiy manbada uchratish mumkin bo`ladi. Davr adabiyoti ijtimloiy-tarixiy voqealar ta`siri bilan bu davrda bo`linib ketgan uch xonlik hududida taraqqiy etgani uchun ham uni o`rganishda areal adabiyotshunoslik, ya`ni adabiy o`lkashunoslik nuqtayi nazaridan yondoshib, har bir xonlik markazida vujudga kelgan adabiy muhitni o`z ichki qonun-qoidalaridan kelib chiqib o`rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Buxoro va Qo`qon adabiy
8 muhitlarida zullisonaynlik an`anasi kuchli bo`lsa, Xorazm adabiy muhitida esa, turkchilikka e`tiborni kuchaytirish bilan birga tarjima adabiyotiga alohida e`tibor berilganini ham kuzatish mumkin. Har bir xonlik adabiy muhitida vujudga kelgan an`ana va boshqa poetik xususiyatlar ham barqarorlashgan ediki, davr adabiyotini o`rganishda bulardan ko`z yumib bo`lmaydi. Bu davr adabiyotida uch xonlik markazida saroyda vujudga kelgan adabiy muhit bilan birga saroy tashqarisida xalq hayoti yoki sufiylar qarashlari bilan bog`liq holda alohida adabiy jarayon ham taraqqiy etgan ediki, saroydan tashqaridagi adabiyot ayni davrda o`zining etuk namunalarini ham bergan. Shuning uchun ham xalq adabiyoti, ayniqsa, xalq kitoblari bilan barobar ravishda bu asarlarning prototiplari bo`lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji ham tug`iladi. masalan, Mashrabning hayoti va ijodini «Qissayi Mashrab» yoki «Shoh Mashrab» nomi bilan mashhur bo`lgan manqabasiz o`rganib bo`lmaydi. Shuningdek, So`fi Ollohyor, Huvaydo singari ayrim ijodkorlar asarlarini o`rganishda saroydan tashqarida ham taraqqiy etgan adabiy muhit xususiyatlarini ham inobatga olish lozim. Bu davr adabiyotining tamoyillarini belgilashda adabiy manbalar tiliga e`tibor berish alohida muhim hodisadir. Chunki bu davr adabiyotining tili saroyning dabdabali tilidan birmuncha umumxalq tiliga yaqinlashganining ham guvohi bo`lamiz. Ayrim manbalar tilida esa, forsiy tantanavorlikning ta`siri yoki g`arb turkchasining, xususan, Fuzuliy asarlari tilining keskin ta`sirini ilg`ash mumkin. Bu ta`sirni Mashrab, Umarxon asarlari tilida kuzatganimizdan tashqari Xoniy taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Alixonning bizgacha saqlangan devonining tili g`arb turkchasiga yaqinligini qayt etmaslik mumkin emas. XU1-X1X asrlar adabiyotida dastlab temuriylardan keyin Buxoroda hukm surgan O`zbekxonlar sulolasi, uning asoschilaridan biri Shayboniyxon tasarufidagi davlat muayyan o`rin tutgan va bu davlatning parchalanishi bilan vujudga kelgan Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari, tabiiyki, adabiy jarayonga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun ham yuqoridagi tamoyillarda ko`rsatilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir xonlikda vujudga kelgan ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog`liq holda o`sha xonlik markazida taraqqiy etgan saroy adabiyoti va uning hududidagi adabiy manbalarni o`rganish orqasida bunga erishish mumkin.
Adabiy an`ana va vorislik, Adabiy muhit va adabiy maktab, Devon va bayoz, XX asr boshlari adabiyotshunosligi, Manqaba va holotlar, Xalq kitoblari, Tasavvuf adabiyoti, Tarixnavislik, Tarjima adabiyoti, Qalandariylik tariqati Savol va topshiriqlar: Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling