Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
MAXMURNING HAYoTI VA IJODI
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHERMUHAMMAD MUNIS.
Reja: 1. Shoir hayoti va ijodiy faoliyati 2. Shoir lirikasi 3. Shoir hajviyoti va undagi timsollar 45
Maxmur XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan, o`zining satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotini rivojlantirishga sezilarli hissa qo`shgan shoirlardan biridir. Maxmur taxallusi bilan ijod etgan shoirning nomi Mahmud bo`lib, u XVIII asrning oxirlarida Qo`qon shahrida o`sha davrning ilg`or ziyolisi oilasida dunyoga keldi. Maxmurning otasi Mulla Shermuhammad o`z davrining e`tiborli mudarrislaridan va Akmal taxallusi bilan she`rlar yozgan shoirlaridan edi. Maxmur butun umrini Qo`qonda mhim o`tkazib, ahyon-ahyondagina Farg`ona vodiysi qishloqlarida, Hapalak kabi, shuningdek Xo`jand atrofi viloyatlari, Qaroqchiqum, Qurama, Asht va boshqa joylarda sayohatlarda bo`lgan. O`zbek adabiyotining etuk shoiri o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatgan. O`zbek adabiyoti xalq demokratik yo`nalishning shakllanishi, kuchayishida tanqidiy realizm oqimining vujudga kelishida favqulodda hal qiluvchi rol` o`ynagan. Maxmur fors-tojik adabiyotida Rudakiy, Ubayd Rakoniy, o`rta asr Movaraunnahr arabiyzabon adabiyotida ibn Lahxomlar asos solgan hajviyot «Qo`qon adabiy muhiti» bilan bog`liq davrda o`zbek badiiy-ijtimoiy muhitida keng rivojlanishiga, unda mustaqil fan (ya`ni san`at majmui`)-2-sifatida gullab- yashnashicha sabab bo`lgan salaflardan biridir. Maxmur hayot qiyinchiliklariga, oilasining og`ir iqtisodiy ahvoliga, kambag`alligiga qaramay o`z davri uchun ancha mukammal ma`lumot oldi, xususan Qo`qondagi Madrasai Mirni tugalladi, grammatika, hisob, handasa, ilmi nujum, tib, mantiq kabi ilmlarni egalladi. Rudakiy, Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Saib Tabriziy va boshqalar merosini chuqur o`rgandi. Maxmur o`ylangan, uning uch farzandi bo`lgan. Shoir qanchalik o`qimishli bo`lmasin, iqtisodiy jihatdan nihoyatda qiynalib yashagan, hatto bolalariga non topishga ham qiynalib qolgan. Ana shu davrda u Umarxonning lashkariga sipoh (askar) qilib olinadi. Lekin sipohlikda ham Maxmurning moddiy ahvoli yaxshilanmaydi. Maxmurning kiyishga kiyimi, eyishga ovqati bo`lmaydi: Kechalar yotgani na qo`shim bor, Kunduzi ichgani na no`shim bor, Bir ovuch ne o`yimda g`allam bor, Ichki gaz ne boshimda sallam bor, Boshima gar desam ki sallam yo`q, Salla desam uyimda g`allam yo`q. Maxmur xonning sipohi bo`lib xizmat qilsa-da, to`g`ri so`zligi uchun shohning marhamatlariga sazovor bo`la olgan emas edi. Saroy ahli Maxmurning ustidan kular va turli ayblar taqshicha intilar edi. Maxmurning hayoti o`sha davrda «misli soillar» (tilanchilar)ga aylanib qolgan xalq ahvolining yaqqol misoli edi. Maxmur og`ir hayot kechirib, bu hayotini yaxshilash yo`llarini axtardi, lekin topa olmadi; xon va amirlarga umid bog`ladi, lekin umidi saroy bo`lib chiqdi. Maxmur faqat Qo`qon shahrining o`zida emas, balki uning atrofidagi qishloqlarda ham keng ommaning yomon ahvolda kun kechirayotganini ko`rdi,
46
xarkim oqsoqol, qozi, mufti, a`lam va aminlarning nihoyat darajada zolimligi va xiyonatchiligining shohidi bo`ldi. Qori Qunduziy Komiyning «Tavorixi manzuma» asarida eslatilishicha, shoir Maxmur hijriy 1265 (melodiy 1844) yilda vafot etgan. Chunonchi, bu asarda bu to`g`risida shunday ma`lumot berilgan (mazmuni). Farg`ona mamlakatining shoirlaridan bo`lib, yaxshi va kabeh so`zlari ham o`tkir bo`lgan, xususan hajviyotda tengi bo`lmagan Maxdum Maxmurning (Boytuman qishlog`idagi Mullo Sher Akmalning o`g`li) vafoti tarixini: Komiy, kimki uning vafoti yilini so`rasa, Garchi sebsiz bo`lsada, xayf u Maxmur o`ldi degin». Maxmurning hozirga qadar yagona nusxa hisoblangan devoni bo`lib, unda shoirning asosan satirik va yumoristik xarakterdagi 69 asari (3417 misra) to`plangan. Bu devon Maxmurning butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan adabiy merosining faqat bir qismini-satirik va yumoristik merosini o`z ichiga oladi. Shoirning lirik merosi biror devonga to`plangani hozircha ma`lum emas. Ammo ko`pgina (manbalarda), bayozlarda, «Majmui shoiron» va shu kabi qo`l yozma manbalarda shoirning lirik merosidan namunalar ham bor. Ularning ayrimlari nashr etilgan, xolos. Maxmurning bizgacha etib kelgan adabiy merosi turli janrlarda yaratilgan bo`lib, unda g`azal, masnaviy, muxammas, musamman, qasida tarixlarni uchratish mumkin. Maxmur adabiy tur va janrlardan ilg`or fikr va g`oyalarni ifodalash uchun foydalanib o`z asarlarida zamonasidagi illatlarni, hukmron tabaqalarning jirkanch kirdikorlarini, zolimligi va ahloqiy buzuqligini mahorat bilan fosh etdi. Maxmur o`zining hajviy asarlari bilan to`ntarishgacha bo`lgan o`zbek adabiyotidagi satirik oqimni rivojlanishida, o`zbek adabiyotidagi demokratik tendentsiyaning yanada kuchayishida katta xizmat qildi.Maxmurning satirik asarlarida fosh etuvchi yo`nalish, tanqid qiluvchi, daharxanda ostiga oluvchi kishi shunday kuchli va baquvvatki, u adolatli turmush va adolatli kishi ideali asosida xudo bilan ham munozara qilib, uni mulzam qiladi, xonga ham dadil tikilib, adolatli bo`lishni talab etadi, saroy amaldorlariga ham iste`zali boqadi, xokim ijtimoiy guruhlarning shofqatsizligini, munofiqlarcha qilmishini ochib tashlaydi, ularni masxaralaydi. Ammo hamma o`rinlarda ham shoirning ust- boshi yupun, och-yalang`och, etim-esirlarga, mehnatkash ommaga bo`lgan iliq muhabbati va somimiy sezilib turadi. Chunonchi Maxmurning «Munojat ba dargohi qoziyul hojot» asari muxammasi mulammaoot janridagi asar bo`lib, unda muallif umumiy tarzda «charxi kajravishning dastidan» shikoyat qiladi, uning barcha qilmishi yomon, jabru zulmi esa «haddu g`oyatdan burun» ekanini o`zbekcha va tojikcha bandalarda zo`r achinish va g`azab bilan ifoda etadi: Qaysi bir zulmning etay ta`dod, ey garduni dun, Kim sening bedodu javring haddu g`oyatdin burun, Beunar johilga berding beadad dunyoi dux, Jam`i donolarni qilding holini zoru zabun, 47
Zog`ni a`lo qilib, to`tini nodon aylading. Shundan so`ng o`sha garduni dunning «ahli dil bag`rini hasrat o`tida... kabob» etganini, «sinalar ma`murasini seldek... xarob» qilg`anini, so`zida bir rostlik yo`qligini, izzat-hurmatli kishilarni nihoyat xor-zor etganini, olijanob kishilarni «chahm zindon ichra band»ga giriftor etganini birin-ketin fosh qilib tashlaydi. Buning natijasida ko`z-o`ngimizda XIX asrning birinchi yarmida mashaqqatli va uqubatli hayotning mudhish manzaralari nomoyon bo`ladi. Maxmurning mashhur she`rlaridan biri «Hapalak» (aniqrog`i «Dar sifati qishloqi hapalak ki bi Maxdum Maxmur taalluq yofta») nomli g`azalidir. Bu g`azal nihoyatda o`tkir, real yozilganligi uchun Maxmur ijodiyotida alohida o`rin tutadi. Bu asarda shoir o`z zamonasidagi qishloqlarning xarobligi va undagi aholining xon va beklar ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini ximoya qiluvchi kishi sifatida bu holga bir tomondan g`oyat achinadi, ikkinchi tomondan esa, og`ir ahvolni engillashtirishi maqsadida xondan iltifot, adolat qilishini talab etadi. Shoir o`z maqsadini amalga oshirishda-qishloq va uning aholisi ahvolini chizishda shunday ustalik ko`rsatadiki, buning natijasida she`rni o`qigan har bir kishi Hapalak deb atalgan qishloq «Bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to`rt katalak»dan iboratligini, ular ham: Dema uy, balki zaminkandur, agar kirsa kishi, Har tarif betiga urgaylar aning ko`rshapalak Tarzida ekanini, ya`ni qop-qorong`u erto`ladan boshqa narsa emasligini zo`r achinish bilan anglab oladi. Bu tasvirdan ma`lumki, qochonlardir, ko`pgina xonodonlardan iborat bo`lgan Hapalak qishlog`i XIX asrning birinchi yarmiga kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga, chordevorga aylanib qolib, aholisi esa: Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoqu xarob, Ochligidan egilib qomati misli kamalak-bo`lib qolgan. Shunday qilib, Maxmur Hapalak qishlog`ining g`oyat manzarasini, undagi aholining nihoyatda qashshoqlik bilan azob chekib yashashini, suvsizlikdan qiynalishini tasvirlaydi. Shoirning «Ta`rifi viloyati Qurama va az devoni Kandir guzashtan» nomli muxammasi ham mavjud. Bu asar o`ziga xos xarakteri bilan sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor sayohatnoma janri xususiyatiga egadir. Chunki unda avtor o`zining Qirovchini-Cho`li Qiyomatni bosib o`tganini, Kandir dovonidan oshgani va nihoyat Qurama viloyatiga safar qilganini hamda shu sayohatdan olgan taasurotlarini yozadi. Shoirning hokim tabaqa vakillarini «Dar sifati Niyozcha og`aliq», «Dar hajvi Mahmud Qurama», «Dar madhi domullo G`oib Munishi Kuyuk», «Avsofa Qozi Muhammad Zuhur zargar», «Takabbur», «Avsofi Karimqul» mehtar», «Hajvi chor dar chor dar sifati Navruz mehtar komkor», «Dar madhi Muhammad Sharif otaliq», «Dar sifati amir Olimxon, atrixi o`», «Dar hajvi Malono Fazliy, saraladi she`r musammo ba Abdulkarim Namanganiy» kabi turli janrlarda yozgan satirik asarlarida ham ayovsiz fosh qiladi.
48
Bu asarlarda turli lavozimlarni egallab olgan amaldorlar-xon, mehtar, malik- ushshuaro, otaliq va munishlar o`zlariga xos tasviriy vositalar, shtrix va detallar bilan fosh etiladi. Maxmurning satira sohzasidagi yana bir xizmati uning o`sha zamon adabiyotida she`rlar tsiklini yaratganligidir. Bu tsikl ham g`oyaviy, ham kompozitsion jihatdan bir butunni tashkil etadi. Maxmurning satirik tsikldagi she`rlariga uning: «Avsofi qozi Muxammad Rajabi avj», «G`azali Qozi Muhammad Rojabi Avj dar barai xud», Avsofi Hoji Niyoz», «G`azali Hoji Niyoz», Afsofi louboli o`ratepagi», «G`azali luobol dar borai xud», «Dar sifati hakim Turobiy hazor xoshti» «Dar sifati hakim Turobiy hozor xalta», «Dar sifati mullo Ya`qub Xo`jandiy», «G`azal guftani Xujandiy» (G`azali mullo Ya`qub), «Dar sifati qozli Xo`ja Sagbon», «G`azali qozim xo`ja sagbon» nomli she`rlari kiradi. Maxmurning satirik asarlari devoni bizgacha etib kelgan bo`lsa ham, ammo uning lirik she`rlar devoni hozirgacha nama`lumdir. Lekin turli bayozlarda shoirning lirik she`rlari ham uchrab turadiki, bu hol Maxmurning satira sohasidagina emas, balki lirik she`rlar yozishida mohir ijodkor ekanidan dalolat beradi. Albatta, Maxmurning «Majmuai shoiron»da keltirilgan g`azallari shoir lirik merosining hammasi emas. Uning tojik tilida yozgan g`azallari, Hafiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Soib Tabriziy kabi mohir so`z san`atkorlari g`azallariga bog`lagan muxammaslari diqqatiga sazovor asarlaridir. Abdurahmon Jomiy g`azaliga bog`langan muxammasning matlai: Ey sarvi sumanbari sihizod, Shud ey qaddi tu, chi naxli shamshod, Gardida ba bog`i husni bedod, Kurboni sari tu sarvi ozod, Majmuki ruxat hazor Farhod. Mahmur ijodi o`zining badiiy qimmati bilan ham diqqatga sazovordir. Boshdanoq shuni uqtirish kerakki, u mazmunga muvofiq adabiy janrlarni tanlashga, tasvirlanadigan ob`ektni ham tamonlama ochishga xizmat qiluvchi janrlarda, xususan masnaviy va muxammasda ko`proq ijod qilishga harakat qildi. Shu bilan birga, u asarlarning g`oyaviy va mantiqiy izchilligini, bir butunligini ta`minlashga alohida e`tibor berdi va, hatto o`z asarlarida klassik adabiyotda bo`lgan badiiy tasvir vositalarining mazmunini ochib berishga, tasvirlanayotgan ob`ektga muvofiq va mos kelishiga diqqat qilib, o`z davri adabiyotiga ko`ra, katta yutuqli qo`lga kiritdi. Shuning uchun ham bir satirik she`rning hajviy qahramoni o`ziga xos portret va xususiyat bilan o`quvchi ko`z o`pkida gavdalanadi. Salbiy obrazlar portretini chizishida, Maxmur o`zining ajoyib san`atkor ekanligini namoyish etadi. Shoir obrazlarni tashqi qiyofani badiiy tarzda gavdalantirishda shunday detallarni topadiki, buning natijasida salbiy ob`ektning tashqi ko`rinishigina emas, balki uning ma`naviy dunyosi ham oydinlashadi. Chunonchi, goh zohid va obid, goh olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi qiyofasida yuruvchi firibgor Muhammad Rajabning basharasi shunday tasvirlanadi: Chiqib ar-ari qaddi chandon uzuk,
49
Bo`lur saqfi gardung`a qilsang sutun... Teribdurkim ofoqdik pattani, Yig`ib ko`chadik lakburush lattani. Bunda shoir sifatlash va metaforalarni ishlatib, satirik obrazning karikatura shaklidagi portretini chizgan. Shuni aytish kerakki, shoir ikki tilda-o`zbek va tojik tilida mulommaot uslubida she`rlar yaratib, birinchidan, o`zbek va tojik xalqlariga tushunadigan sodda varavon she`rlar ijod etdi, ikkinchidan, bu ikki qardosh xalq o`rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar tajribasini yanada boyitdi. Albatta, XIX asrda birinchi yarmida ijod etgan Maxmurning dunyoqarashi qarma-qarshilik va kamchiliklardan holi emas jdi. Bunday hol esa, xususan, ijtimoiy hayot masalalarini tushunishi va tushuntirilishi ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining merosi, xususan, satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining xazinasini boyitdi, o`zbek satirasi an`analarini davom ettirib, o`zbek satirasining taraqqiyotiga zamin hozirladi. SHERMUHAMMAD MUNIS.
REJA 1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar.
2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 3. Munis - lirik shoir.
4. “Munis-ul ushshoq” devonida insoniy - axloqiy mavzularning yoritilishi. 1.
Shoir she`riyatida mehr-muhabbat, insoniylik, do`stlik tuyg`ularining tarannum etilishi. O`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis shoir, tarixchi, tarjimon, hattot, sug`orish mutaxassisi, ma`rifatparvar siymo edi.
Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi qiyot qishlog`ida mirob oilasida tug`ildi. Uning bolalik va yoshlik yillari dastlab qiyot qishlog`ida, so`ngra Xivada masjid yonidagi maktabda, keyincha madrasada o`qish, kitob mutolaa qilish bilan o`tdi. Uning o`qishi va tarbiyasiga qo`shnisi Sayideshonxoja kabi olim va shoirlar rao`barlik qildilar.
Munisning adabiyotga bo`lgan xavasini oshirishda, uni she`r mashq qilishga va klassiklarni puxta o`rganishga rag`batlantirishda o`sha zamonning qiroliy, Ravnaq, Mavlono Nishotiy kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muo`im rol o`ynagan edilar.
1800 yilda Avazboy vafot etib, xon Avaz inoq uni saroyning farmonnafis kotibi qilib tayinlaydi. 1804 yilda Munis o`zining ilk devoni “Devoni Munis”ni tuzadi. O`sha yili “Savodi ta`lim” yoki “Risolai savod” asarini she`riy yo`lda yozib, talabalarga o`usni xat ta`lim qoidalarini o`rgatadi.
1808 yilda Elto`zarxon Xiva xonligi tarixini yozishni buyuradi va u “Firdavsul-iqbol” (“Saodat bog`i”) nomli tarixiy asar ustida ish boshlaydi. 50
1812 yilda mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o`rniga Munisni Xorazm mirobligiga tayinlaydi.
1819 yilda xon topshirig`i bilan Mirxondning ko`p jildli “Ravzatus-safo” (“Poklik bog`i”) tarixiy asarini fors-tojik tilidan O`zbek tiliga tarjima qila boshlaydi. Munis uning birinchi jildini tarjima qilib ulguradi xolos.
1815-1820 yillarda Munis o`zining mukammal devoni “Munisul ushshoq”ni tuzadi. “Oshiqlar do`sti” deb nomlangan bu to`plamga shoirning 16 ming misradan ziyod she`rlari jamlangandir.
Munis badiiy ijodda o`ziga Navoiyni ustoz deb biladi va ko`p jihatda Navoiyga ergashadi.
U 1829 yilda vafot etdi. 2. Munis o`z davrining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va ma`rifat kuychisi edi. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham xalq o`rtasida madaniyat muo`lislari, shoirlar, olimlar, san`atkorlar va tolibi ilmlar o`rtasida xiyla shuxrat qozongan edi. Munisning faoliyatini va adabiy merosini o`ganishda ma`lum yutuqlar qo`lga kiritildi. Dastlab sharqshunoslar Munisning oxiriga etkazilmagan “Fidasul-iqbol” asarini o`rganib, unga ko`proq murojaat qildilar. Munisning tarixiy asarini o`rganishda V. V. Barotold, P. P. Ivanov ma`lum xizmat qildilar. Keyingi yillarda esa S. P. Tolstov O`zbek olimlaridan Ya. g`ulomov, Munis. Yo`ldoshev, K. Munoirovlar Munis va Ogahiyning “Firdafsul- iqbol” asarini o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Adabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi. Chunonchi, shoirning ijodiy merosiga aloqador bo`lgan qo`lyozma va litografik asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar yozildi. Munis asarlari majmua va dasrliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon” qilib nashr etildi.
Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda. Hozirda Munis ijodining namunalaridan keng kitobxonlar ommasiga etkazishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
3. Munis asosan lirik shoirdir. Devonining nomidan ko`rinib turibdiki, she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir.
Munis talqinicha, she`r jahon xalqlari dillarini oson zabt eta oladigan eng qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk koshona, bag`ishlov she`rlar kishilarni abadiylashtiruvchi mislsiz vositadir. Shoir xaqli ravishda she`r va uning manbaini adabiyotga dao`ldor xodisalar sifatida belgilaydi. Munis aksariyat g`azallari nio`oyasida she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi.
Munis ijodida ko`plab talmiq sa`atiga murojaat qiladi. U she`larida, g`azallarida tarixiy shaxslardan Navoiy, Sulton Xusayn, Mao`mud g`aznaviy, Firdavsiylarni keltiradi.
Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda. 51
Munis devoni asosan iloo`iy va insoniy muhabbat kechinmalari talqinidan iborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks etgan g`azallari ham uchrab turadi. Munis “So`z”, ”Shuaro” she`larida she`r va ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi.
She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar, Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`.
She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar, Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq.
Munis qasida janrida ham barakali ijod qiladi. U qasidalarini asosan Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi. Munis ijodida
jamiyat o`zgarishlari ham o`z aksini topadi. Muhammad Raximxon vafotidan so`ng o`ukmronlik uning katta o`g`li Olloquliga o`tadi. Munis hayotining keyingi to`rt yili Olloquli o`ukmronligi davrida o`tadi. Munis o`zining bu davrida yaratgan baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat qilishga da`vat etish payida bo`ldi.
4. Muhammad Rao`imxon o`ukmronligining ettinchi yili Munis o`z she`larini to`plab devon tartib bera boshladi. Devonga kiritilgan she`r turlari va baytlarining soni haqida shoirning o`zi “Munisul ushshoq” ning debochasida quyidagilarni yozadi. “...Garro qasidalar, dil gusho g`azallar, fasohatayin tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti ming baytdir”.
Mumtoz poeziyaning xilma -xil turlari bo`yicha yaratilgan baytlari o`z ichiga olgan ana shu “Munisul ushshoq” devonining bir qo`l yozma, ikki tosh bosma varianti bor.
“Munisul ushshoq” devonining muallifi O`zbek adabiyoti xazinasiga qimmatbao`o durdonalar qo`shish yo`lida she`r san`ati ustida qanday ishlaganini she`rlarining mavzui doirasi g`oyaviy mazmuni, badiiy saviyasi qanday ekanini klassiklardan yoki zamondoshlardan kimlar unga ustozlik va o`omiylik qilganini umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin.
Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan o`olda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan xalq tomoniga intilib, ish olib borgan. Binobarin devondagi she`larning mavzu doirasi g`oyaviy mazmunini ko`zdan kechirganda bunga aloo`ida e`tibor berib, shoirning davrga, o`ukmdor doiralarga, turli ijtimoiy guruo`larga, ilm o`unarga, adabiyot madaniyatga, ishq-muhalbbat va do`stlik masalalariga bo`lgan qarashlarini kengroq va chuqurroq tekshirish lozim.
Munis feodal zulm avj olib, xalq og`ir ao`volda yashagan davrdan o`ukmdor doiralardan norozi edi. U o`zining anashu noroziligini ifodalovchi she`r va qit`alar yaratgan, ba`zan esa ishqiy lirik g`azallari ichiga norizolik ruo`idagi fikrlarini qistirib ketgan.
Munis mamlkat o`okimi va uning xalqqa qanday munosabatda bo`lishi kerakligi haqida o`z davri uchun muo`im bo`lgan o`z fikrlarini olg`a surdi. qabilachilik, urug`aymoqchilik nizolarini qoraladi. 52
5. Shermuhammad Munis 18-asr oxiri va 19-asrning birinchi choragida Xivadagi adabiy muo`itda yashab ijod etgan etuk shoir va donishmand, tarixchidir. U o`z davrida ro`y bergan ko`pgina voqea va xodisalarning guvoo`i bo`lgan muo`okama qilgan va o`z qarashlarida xalqning o`ukmdorlar tomonidan eo`ilayotganligiga achingan va norizoligini ifodalagan. O`z she`rlarida hamda tarixiy asarlarida mumkin qadar xalqning o`imoyasini ko`zda tutgan xalqparvar va ma`rifatparvar shoirdir. Munis ijodida turmushning ko`p tomonlari shoirning xon, vazir va beklarga, shayx va zoxidlarga, shoir va olimlarga o`unarmandlar va boshqa meo`nat axllariga bo`lgan qarashlari aks etgan.
Munis poeziyasida jao`olat va nodonlikka, ilm-o`unarga e`tiqod, she`r va shoirga o`urmat, pok vijdonli va vafodor ishq axllarini o`imoya qilish kabi motivlar asosli o`rinlarni egallaydi.
Shoir hamma masalalar tasvirida dastlab ba`zi kamchiliklar bilan, keyincha esa she`r san`atining vakili sifatida ish tutadi va zamondoshlariga hamda o`zidan keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga erishadi. Buni shoirning o`zi ham e`tirof etib juda ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirib bo`lsada, she`riyatning baland cho`qqisiga ko`tarila olganini qayd etadi:
To musao`har ayladim so`z birla ma`ni kishvarin, Shoo` men, ey Munis, ao`li donishu idrokmen.
Haqiqatdan ham Munis o`z zamonasining adabiy doirasida axli donishlarning shoo`i edi. Nazorat savollari 1. Shermuhammad Munis adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz? 2. Munisning “Savodi ta`lim” asari qanday asar? Tayanch atamalar “Munisul ushshoq”-“Oshiqlar do`sti”. . Zullisonayinlik - ikki tilda baravar ijod qila olish.
Tayanch tushunchalar Ma`rifatparvarlik - shoirning o`z ijodida ilm hamda ta`lim-tarbiya masalalariga urg`u berishi. . Satirik xarakterdagi asar - hayotdagi nuqson va illatlarni fosh etuvchi kulgiga asoslangan asar.
Adabiyotlar
1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 2. Voo`idov Z. O`zbek adabiyoti tarixidan. T.,1961.
3. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960. 4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. T., 1978.
1. Munis Shermuhammad Xorazmiy. Saylanma. T., 1980. 2. O`zbek adadibyoti. 4 jildlik, 3-jild. T., 1959.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling