Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.10.2017
Hajmi0.75 Mb.
#17969
1   2   3   4   5   6   7   8

         1. Davr adabiyotining o`rganilishi tarixiga oid nimalarni 

            bilasiz? 



2. 

 

Istiqlol  davri  adabiyotshunosligida  biz  o`rganayotgan  adabiy  davr 

xususida qanday ishlar qilingan? 

3. 

 

Davr adabiy manbalarini qaysi yo`nalishlarda o`rganish mumkin? 



 



4. 



 

Ushbu  davr  adabiyotini  o`rganishda  qanday  tamoyillarga  asoslanish 

mumkin bo`ladi? 

5. 

 

Bu davr adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari nimalarda ko`rinadi? 



6. 

 

Nima  uchun  bu  davr  adabiyotini  o`rganishda  adabiy  muhit  va  adabiy 

maktab masalalariga e`tibor qaratish lozim? 

7. 

 

Ushbu davr adabiyotiga tashqi jihatdan ta`sir ko`rsatgan qaysi omillarni 

bilasiz? 

                     Adabiyotlar: 

1. 

 

O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. - B. 7-42. 



2. 

 

Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. 2 kitob. - T.: O`qituvchi, 1968. 



3. 

 

Jumaxo`ja  N.  Istiqlol  mafkurasi  va  madaniy  meros.  Doktorlik  diss. 



Avtoreferati. - T.: 1998. 

4. 


 

Fitrat.  XU1  asrdan  so`ngra  o`zbek  adabiyotiga  umumiy  bir  qarash. 

«Navqiron Buxoro», 1992. 2-son. 

 

Boborahim Mashrab  hayoti va ijodi 

                                              R e j a : 

1. 


 

Mashrab hayoti haqida ma`lumot beruvchi manbalar. 

2. 

 

«Qissayi Mashrab»da shoir hayotiga doir voqealarning aks etganligi. 



3. 

 

Mashrabga oid ma`lumotlar aks etgan tazkiralar (Muxammad Bade` 



Maleho Samarqandiy «Muzakkiral-asxob», Abdulmutallib Xojai Fahmiy 

«Majmuai Fahmiy»,Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» va 

boshqalar) 

4. 


 

Mashrab tarjimayi holini tiklashga bo`lgan urinishlar va bu yo`lda 

erishilgan natijalar. 

5. 


 

Mashrab she`riyati: timsollar olami, janrlar xilma-xilligi, san`atkorligi. 



 

     Shoir  Boborahim  Mashrab  hayotiga  doir  shunchalar  ko`p  va  bir-biriga  zid 

ma`lumotlar  ko`pligidan  ularning  aslini  soxta  ma`lumotlardan  ajratish  qiyin. 

Buning boisi xalq o`zi sevgan shoir haqida turli xil rivoyat va afsonalar to`qigani, 

turli  xil  manqaba  va  xalq  kitoblaridagi  ma`lumotlarni  tarixiy  deb  qabul 

qilinganligidandir. 

  Shoir  Mashrab hayoti va ijodini  o`rganish va  uning tarjimayi  holini to`la  tiklash 

uchun  dastlab  o`z  davrida  yaratilgan  manqaba  va  tazkiralarni  o`rganib  chiqish 

lozim bo`ladi. Dastlab  «Devonayi Mashrab» (ayrim manbalarda «Shoh Mashrab») 

nomi  bilan  mashhar  bo`lgan  manqabani  o`rganish  lozim  bo`ladi.  Bu  manbaning 

muallifi  garchi  aniq  bo`lmasa-da,  unda  bayon  qilingan  voqealar  asosan, 

Mashrabning  yaqin  zamondoshlari  va  muhiblari  tomonidan  bayon  qilingani  va 

tasdiqlangani  uchun  shoir  tarjimayi  holini  tiklashda  bu  birlamchi  manba  bo`lishi 

shubhasizdir.  Bundan  tashqari  bevosita  shoirning  hayotligida  yaratilgan  tazkiralar 

borki, bulardan birinchisi Muhammad Bade` maleho Samarqandiyning «Muzakkir 

al-ashob»  asaridir.  Asar  muallifi  Mashrab  bilan  ikki  marta  uchrashganini  va 

dastlabki  uchrashuv  shoirning  «navras»lik  davrida  ekanini  yozadi.  Ushbu 

tazkiradagi  voqealarni  «Qissayi  Mashrab»  voqealari  bilan  solishtirilsa,  shoir 

hayotining  noma`lum  qirralari  ochilishi  mumkin.  Yana  bir  e`tiborli  manbalardan 


 

10 


biri  Abdumutallib  Xojayi  Fahmiyning  «Majmuayi  Fahmiy»  tazkirasi  bo`lib,  bu 

e`tiborli manba bo`lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda 

unga  bir  necha  bor  murojaat  qilgan.  Tazkiralar  orasida  Mashrabning  bevosita 

shogirdlaridan  biri  Ishoq  Ziyovuddin  Bog`istoniyning  «Tazkirayi  qalandaron» 

asari  bo`lib,  bunda  manqaba  yo`li  bilan  shoir  mashrabga  xos  bir  necha  sifatlar 

ko`rsatilgan  yana  shu  manbadan  ma`lum  bo`lishicha,  «Qissayi  Mashrab»ning 

bizgacha  etib  kelishida  ham  ushbu  muallifning  hissasi  bor.  Shu  ishoradan  kelib 

chiqib  «Qissayi  mashrab»ni  ayrim  olimlar  Ishoq  Bog`istoniyga,  ayrimlari  esa 

Pirmat  Setoriyga  nisbat  berishadi.  Keyinroq  yaratilgan  yana  bir  muhim  manba 

Majzub  Namangoniyning  «Tazkiratu-l-avliyo»  asari  bo`lib,  bunda  Mashrabning 

keyingi  davrlarda  yashagan  shogirdlarining  shohidlariga  tayangan  holda  muallif 

yangi ma`lumotlar beradi. Bundan tashqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy 

manba  sifatida  Abdushukur  Ziyoning  «Musavvadayi  Abdushukur»  asarini  ham 

ko`rsatadilar. 

Mashrabning  bevosita  hayot  voqealari  aks  etmagan  bo`lsa  ham  u  yashagan 

davr  voqealari  mana  shu  davr  tarixchilari  Sayyid  Hakimxon  to`raning 

«Muntahabu-t-tavorix»,  Mirza  Olim  munshiyning  «Ansobu-s-salotin»  nomli 

asarlarida  ham  aks  etgandir.  Bu tarixiy  manbalarni  ham  «Qissayi  Mashrab»  bilan 

solishtirish natijasida ko`p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin. 

Shoirning  tavallud  vaqti  haqida  turli  xil  fikrlar  mavjud:  Ko`plab  sho`ro 

davrida  tarqalgan  manbalarda,  jumladan,  G`afur  G`ulom,  A.Hayitmetov  va 

A.Abdug`afurov  1640  yilda  tug`ilgan  deb  yozganlar.  Bir  necha  olimlar  Fitrat, 

V.Abdullaev,  M.Zokirov  1657  yilda  tug`ilganini  manbalar  asosida  isbot  qiladilar. 

Tadqiqotchi  Jaloliddin  Yusupov  esa,  1653  yilda  tug`ilgan  degan  xulosani  beradi. 

Mashrabning  tavallud  o`rni  haqida  ham  shunday  bahsli  fikrlar  mavjud  bo`lsa-da, 

prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug`ilganini va 14-15 yoshlarida 

Namanganga  tahsil  uchun  ketganini  yozadi.  Fitrat  boshlagan  birlamchi  manbalar 

asosida  shoir  hayoti  va  ijodini  o`rganish  davom  etmoqda.  Holbuki,  Malehonning 

«Muzakkira-l-ashob»,  Majzubning  «Tazkira  qalandaron»  asarlari  ham  shu  fikrni 

tasdiqlaydi.  Namanganli  olim  I.Abdullaev  so`nggi  maqolalarida  Mashrab 

Namanganda tug`ilgan, degan da`voni takrorlab turibdi. 

Hozirga  qadar  Mashrab  hayotiga  oid  shunday  ma`lumotlar  bor:  Boborahim 

Mulla  Vali  o`g`li  Andijonda  qashshoq  bir  oilada  1657  yilda  tug`ilgan,  15 

yasharlikda  Namanganga  o`tib,  Mulla  Bozor  Oxundning  tarbiyasiga  kirdi.  20-25 

yoshlarida  Samarqandga  keldi,  so`ngra  yana  Namanganga  qaytdi.  Namangandan 

Mulla  Bozor  Oxund  dalolati  bilan  Qashg`arga  borgan.  Ofoq  Xo`jaga  murid 

bo`lgan.  Umuman,  Xitoy  Turkistonida  8-10  yil  o`lkalarni  aylanib,  1691  yilda 

Samarqandga  jo`nagan  va  yana  Buxoroga  qaytib,  so`ngra  Hindiston  safariga 

chiqqan.  Hindistondan  yana  O`rta  Osiyoga  qaytgan  va  Qarshi  shahrida  to`rt  yil 

turgan.  Qarshidan  yana  safarga  chiqqan,  bu  safarning  3-4  yillarida  Balxda 

Mahmudbiy Qatag`on tomonidan 1711 yilda o`ldirilgan (Qarang: Fitrat. Mashrab. 

«Ilmiy  fikr»  majmuasi,  1930.  1-son,  40-57  betlar.  Qayta  nashri:  «Yosh  leninchi» 

gazetasi, 1991, 29 iyun, 2-3 iyul) 


 

11 


Mashrabning asarlari ham asosan bizgacha  manqabaga ko`ra bizga kelgan. 

Bundan  tashqari  «Boqirg`on  kitobi»  kitobi  nomli  majmuada  shoir  she`rlaridan 

namunalar keltirilgan. 

Shu  bilan  birga  quyidagi  tazkira  va  bayozlarda  ham  shoir  she`rlaridan 

namunalar  bor:  Ziyovuddin  Ishoq  Bog`istoniy  «Tazkirayi  qalandaron»  (Pirmat 

Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «majmuayi Xojam Poshsho» va 

boshqalar. 

Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham 

bor.  Chunki  «Qissayi  Mashrab»,  tabiiyki,  Mashrab  tomonidan  yozilmagan. 

Shunday ekan, muallif o`z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to`ldirgani bo`lishi 

ehtimoli  ayrim  manbalarda  tilga  olinadi.  Shuningdek,  manqabaning  turli 

nusxalaridagi she`rlar turlicha ko`chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto 

manqabada  Mashrabdan  boshqa  taxalluslar  ham  uchraydi,  ba`zi  o`rinlarda  esa, 

boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she`rlari: 

      Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun, 

     Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun, 

  Xasta joning (Turdida «javon xon»ning) tark           

                            rahmatidin so`kilmasdan burun, 

 Ey ko`ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun, 

 Oqi abaru kursiyu dindin to`kulmasdan burun 

deb boshlagan 5 bandli musammas to`la holda Turdi majmusida 9 band holida bor. 

«Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad Qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi 

shoirlarning asarlari ham borligi ma`lum bo`lmoqda.  

Nechun aylay ayo do`stlarim janonimdin ayrildim  

Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim  

Mahvash  bibining  she`rlari  ekani  haqidagi  ma`lumot  Majzubning  «Tazkiratush-

avliyo»sida ma`lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she`rlarning hammasi hali 

uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki 

emas.  «Qissa»dagi  eng  ishonchli  she`rlarnigina  o`rganganimizda  Mashrabning 

chindan-da o`ta nozik iste`dod sohibi bo`lganini anglaymiz: 

      To kiydi qizil o`zini zebo qiloyin deb 

      O`t yoqdi jahon mulkina yag`mo qiloyin deb    

deb boshlanadigan g`azali yoki quyidagi mustazodi shoirning shunday yuksak 

iste`dod bilan yozilgan asarlaridan: 

Bul hasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l   

                               ul g`unchayi xondin 

Ul gul yuzini ishqida men valayu hayron  

                                 ul zulfi parishon 

Mashrab 


she`rlarida 

«yig`i» 


timsoliga 

alohida 


ma`no 

berilgan 

Anlashimizcha, Mashrab hammani ham yig`lashga loyiq deb hisoblamaydi:  

  Matlabim bor - narovo men yig`lamay kim yig`lasin,   

 Dard beribdur bedavo men yig`lamay kim yig`lasin 

yoki onasi haqida yozganda: 

   E safo baxshi bahoru bo`stonim qaydasan, 

   Nuri diydam, mushfiqim oromi jonim qaydasan, 



 

12 


   Volidam Makkam, Madinam mehribonim qaydasan 

kabi dardli misralarni tizgan. 

    Mashrab she`rlarida Navoiy va Fuzuliydan ta`sirlanish hollarini ham kuzatish 

mumkin: 

Mashrab benavoduman, vasling uchun gadoduman, 

Hajr o`tig`a kuyadiman, yor jafosini ko`rung. 

Hay, hay, na go`zalsan, na ajoyib qiyomat 

   Mani mavjudlig`im bazmi xarobat erdi san bilmong, 

   Gunash qondir sarupoyim, karomat erdi san bilmong 

yoki        

   Mani Majnunni bekor onglama, ey ahli g`aflat san, 

   Ki kunda boshima yuz mingga ofat erdi, san bilmong 

                            (san bilmading) 

   Albatta, xalqqa dardkash ravishda aytilgan bu misralar Mashrabning o`tli 

iste`dodidan darak beradi: 

   Dili tig`i sitamdin pora bo`lgan xalqni ko`rdim, 

   Tani dardu alamdin yora bo`lgan xalqni ko`rdim 

   Kuzi vaqti sahar sayyora bo`lg`an xalqni ko`rdim 

   Mashhur Lutfiyning: 

   Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma 

deb boshlanadigan g`azaliga chiroyli nazira bog`laganini yoki Navoiyning 

   Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat 

deb boshlanuvchi g`azali ruhida 

   Naylayin dil dardin, begona bo`ldim oqibat, 

   Yuz g`amu hasrat bilan hamxona bo`ldim oqibat, 

   Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat, 

   Boru yo`qim bo`ldi oxir erga yakson oqibat 

kabi she`rlarini ko`rish mumkin. 

  Yoki  

    Va`da qildi bir kelay deb, ko`zga uyqu kelmadi, 

    Men shahidi ishq bo`ldim, qatrai so`z kelmadi 

kabi satrlarda insoniy ishqning fojeasi ham anglatilgan. 

  Yana:  

    Mashrab yurubon olam aro topmadim maqsud, 

    Yuz shukurki, oning bilan ulfat bo`la qoldi      

kabi she`rlarni aytgan otashnafas shoir haqli ravishda Lutfiy, Navoiy va Fuzuliylar 

qatoridan o`rin olgusidir. 

 

          Tayanch so`z va tushunchalar: 



Manqaba, manoqib, Xasbi hol, «Tazkirayi avliyo»lar, Mualliflikni tiklash,                         

«Boqirg`on kitobi», Adabiy ta`sir, Nazira, tatabbu 

 

                      Savol va topshiriqlar: 

1. 

 

Mashrab tarjimayi holi haqida ma`lumot beruvchi qaysi manbalarni 

bilasiz? 


 

13 


2. 

 

Mashrabning she`rlari qaysi manbalar asosida to`plangan? 



3. 

 

Mashrab tarjimayi holi haqidagi so`nggi to`xtamga munosabatingig. 



4. 

 

Mashrab she`riyatining ustivor jihatlari nimada? 



5. 

 

Mashrab she`rlarida qaysi shoirlarning ta`sirini kuzatish mumkin va 

qaysi misollar orqali? 

6. 

 

Mashrab she`rlarining muallifligi masalasi qaysi yo`l bilan 

aniqlanmoqda? 

7. 

 

Shoir g`azal va mustahzodlaridagi asosiy timsollar haqidagi fikringiz? 



8. 

 

Mashrabdan ta`sirlangan qaysi shoirlarni bilasiz va bu ta`sirlanish aks 

etgan she`rlardan misollar keltiring. 

 

Mashrab va qalandariylik tariqati 



                                                         R e j a : 

1. 


 

Markaziy Osiyodagi tasavvufiy tariqatlarning bu davr adabiyotidagi 

ko`rinishi. 

2. 


 

Qalandariylik tariqati: mohiyati, tariq usuli, ta`siri va badiiy 

asarlardagi aksi. 

3. 


 

Mashrab shen`rlarida qalandariylikning aks etishi. 

4. 

 

Mashrabga nisbat berilgan tasavvufiy asarlar («Mabdayi nur», 



«Kimiyo») 

 

 

O`rta  Osiyoda  XVI  asrning  boshlarida  yangi  sklola  -  Shayboniyxon 



hukumatining hukumronligi boshlanishi bilan temuriylar davrida gullab-yashnagan 

iqtiodiy  va  sotsial  hamda  madaniy  hayot  ham  bir  muncha  o`zgarishlarga  duchor 

bo`ldi.  Natijada «bir ko`b shoirlar, san`atkorlar. Olimlar Hindistonda Bobir Mirzo 

tomonidan qurulgan mo`g`ul hukumatining poytaxtiga hijrat -ila boshladilar. O`rta 

Osiyoda  qolgan  shoirlar  esa,  saroydan  himoya  ko`ra  olmagach,  omma  orasidan 

o`quvchilar  ta`min  etuvga  kirishdilar.  Shuning  uchun  saroyning  muhtasham, 

takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar». So`fi 

Olloyor,  Mashrab,  Huvaydo  kabi  usluban  bir-biriga  yaqin  shoirlar  mana  shu 

davrning,  mana  shunday  xalq  ichida  kamol  topgan  she`riyatining  vakillari  edilar. 

Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo`l urarkan, bu 

adabiy davrining barcha siyosiy ham  madaniy xususiyatlarini puxta o`rgangandan 

keyingina bu mas`uliyatni vazifaga o`zini bag`ishladi. 

 

 Fitrat  maqolasida  Mashrabning  qalandarligi  munosabati  bilan  tasavvuf 



ta`limotining  qalandarlik  tariqati  haqida  ilmda  birinchilardan  bo`lib  izchil 

ma`lumot  berishga  erishgan.  Olimning  yozishicha,  «juda  oz  material  bilan 

qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini ochmoq va shu yo`l bilan Mashrabning 

sinfiy  tusini  ko`ra  olmoq  mumikn  bo`lmaydir.  Shunday  bo`lsa  ham  bundan 

so`ngragi  tekshirishlarga  balki  yordami  bo`lur  umidi  bilan  qalandarlik  haqida 

bilganim narsalarni qayd etib o`tmakni munosib ko`raman». 

    Ma`lumki,  qalandarlik  haqida  ozmi-ko`pmi  ma`lumotlar  «Haft  qulzum», 

«Bahori  ajam»  kabi  lug`at  va  tasavvuf  kitoblarida  uchraydi.  Bundan  tashqari 

Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar 

berilgan.  Mana  shu  manbalarga  asoslangan  olim  O`rta  Osiyoda  qalandarlik 



 

14 


«qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko`pruli esa, qalandarlik 

tarixini    XIII-XIV  asrlarda  Onado`lidagi  mashhur  tasavvuf  oqimlari  bobiylik, 

abdollik, bektoshiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik 

ham  mavjud  bo`lib,  bu oqimlardan  nisbatan  keng  tarqalgan bektoshiylik  ta`limoti 

o`zining  asosini  qalandariylikdan  olgani,  ayrim  shorilarda  xurufiylik  bilan 

qalandariylik qorishiq holda mavjud bo`lganini qayd etgan.

1

 Shu bilan birga Kichik 



Osiyoda  mashhur  mutasavvuf,  abdollik  ta`limotining  asoschisi Pir  Abdol,  asosan, 

Qalandar  Abdol  ismi  bilan  mashhur  bo`lganini  ham  e`tiborga  olsak,  bu  tariqat 

Onado`lida Yunus Emroga qadar mavjud bo`lgan degan xulosaga kelishga yordam 

beradi.  O`rta  Osiyoda  esa  qalandariylik  ayrim  hollarda  yassaviylik  tariqatidan 

oziqlanganini  va  undan  so`ngra  mavjud  bo`lganini  tasdiqlovchi  asoslar  bor. 

«Boqirg`on  kitobi»da  esa  yassaviy  shoirlarining  asarlari  keltirilgani  holda  unda 

Mashrabning  ham  she`rlari  uchrashi  bu  ikki  tariqat  o`rtasida  bir-birini 

tutashturuvchi  vositalar  bo`lgani  ko`rsatadi.  Fitrat  «Yassaviy  maktabi  shoirlari 

to`g`risida  tekshirishlar»  maqolasida  mana  shu  muhim  nuqtani  qayd  etib  o`tgan, 

«Shoh Mashrab» qissasida esa:  

 

«Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki  



    «Solib  har  erda  bir  gulxan  talabda  bir  qalandarman»  degan  Mashrab  Xo`tan 

shahriga  kelgach,  u  erning  fozillari  bilan  bo`lgan  suhbatda  «Mushkoti  sharifdan 

ikki  masala  oraga  solgach,  bu  qalandar  ilmi  holdan  xabardor  ekan»  deb  unga 

tavozi`  qiladilar.  Bu  holat,  ya`ni  qalandariylikning  ilmi  hol  (tasavvuf  bilan) 

munosabatini  ko`rsatuvchi  muhim  nuqtalaridan  biri.  Demak,  O`rta  Osiyoda  Fitrat 

keltirgan  ma`lumotlarga  ko`ra,  qalandariylik  Onado`lidagiga  nisbatan  ham 

qadimiyroq bo`lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelish tarixini yassaviyya 

tariqatidan so`ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga 

olingan  manba  «Haft  quluzum»da  qalandariylik  sifatlaridan  so`z  ochilgan: 

«qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo`lgan, har turli diniy 

amal  va odatlardan  ayrilgan,  butun  moddiy,  hayotiy  aloqalarni tark qilgan,  ibodat 

va odatlarning hammasini buzg`uvchi kishining ismidir». 

 

Jomiyning  «Nafahot  ul-uns»  asarida  esa,  «Qalandarlar  diniy  ibodatlarning 



farz bo`lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma`lomatiylikdan 

farqli  tomonlari  ko`rsatilgan:  «Malomatiylar  diniy  ibodatlarni  ijro  qiladilar,  biroq 

ijro  qilganlarini  xalqdan  yashiradilar.  Qalandarlar  esa,  to`g`ridan-to`g`ri  diniy 

ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma`lumotida qalandarlik sifatining 

ayrim  jihatlari  ko`rsatilgan  bo`lsa-da

2

,  ular  «Shoh  Mashrab»  manqabasidagi 



qalandar  Rahimboboning  ayrim  xususiyatlarini  sharhlashda  yordam  berishi 

mumkin.  «Bahori  ajam»  asarida  qalandarlik  yo`lining  ayrim  odoblari  bayon 

qilingach, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy Sheroziyning ushbu bayti keltirilgan: 

 

        Sanamorai qalandar sardor ba man namon, 



        Ki basi daroz didam rahu rasmi porson 

                                                 

1

 Ôóîä Êûïðóëó. Òóðê Åäåáèéàòèíäà èëê ìóòàñàââèôëàð. Àí=àðà. 1991, 7-



áîñ=è÷, 72-áåò, (òóðê òèëèäà). 

2

 Íóðèääèí Àáäóðàùìîí Æîìèé. Íàôàõîò óë - óíñ ìèí õàçàðîò êóäñ. Òåõðîí, 



1370 (õ),ñàõ. 11 (ôîðñ òèëèäà) 

 

15 


(Tarjimasi: Taqvo yo`li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo`lini ko`rsating) 

Mana  bu  bayt  yuqoridagi  ma`lumotlar  bilan  birgalikda  qalandarlar  zuhdu  taqvo 

yo`lidan  boshqacharoq  yo`l  tanlaganini  ko`rsatadi.  Bu  boshqa  yo`lning  asosiy 

yo`nalishlarini  esa,  Fitrat  Hoji  Abdurahim  Buxoriyning  1672  yilda  yozilgan 

«Risolayi  odobi  tariq»  kitobi  vositasida  tushuntirgan.  Bu  kitobda  qalandarlik 

ismigagina  emas,  uning  har  bir  ashyosiga,  narsasiga  ham  tasavvufiy  ma`no 

yuklatilib,  ularning  quyidagicha  sharhi  berilgan:  «qalandar  kulohi  to`rt  turli 

bo`lgan:  kulohi  amr,  kulohi  raviyat,  kulohi  subhoniy,  kulohi  ato.  Bu  to`rt  turli 

kulohdan  har  birining  to`rt  burchagi  bo`ladir.  Kulohning  burchagiga  forsi(y)cha 

«tark»  derlar.  Qalandarlar  so`z  o`yini  qilib,  bu  forsi(y)cha  «tark»ni  arabcha 

«tashlamoq,  qoldirmoq,  qo`ymoq»  ma`nolaridagi  «tark»  so`ziga  aylantiradilar  va 

kulohlarning  «tark»  (burchak)  laridan  har  biriga  arabcha  «tark»  so`zidan 

foydalanib,  bir  turli  tasavvufiy  ma`nolar  beradirlar».  Shu  kabi  kulohiy  amrning 

to`rt  tarkibi:  tarki  muharamot  (haromni  tark  etish),  tarki  donish,  tarki  sufoti 

bashariy  (ayrim  insoniy  sifatlarning  tarki),  tarki  ashyovu  satoti  mulki  (butun 

narsalar  va  mulkni  tark  qilmoq).  Shuningdek,  kulohi  raviyatning  to`rt  tarki:  tarki 

xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik, 

minnat,  ikkiyuzlamachilik  va  takabburlikni  tark  etishdan  iborat.  Kulohi  atoning 

tarklari:  tarki  dunyo,  tarki  nafs,  tarki  jannat  va  tarki  vujudga  ishoradan  iboratdir. 

Bulardan  tashqari  risola  muallifi  qalandarlarning  kamarlari    etti  band  bo`lib,  har 

biri  tasavvufdagi  bir  martaga  ishorat  ekanini,  ularning  kiyim  liboslari  dolq  atalib, 

ular o`z navbatida uch turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo`lganini qayd etadi. 

Bular  bilan  birgalikda  qalandarlarning  kachkul,  kadu,  matbah  va  asolari  haqida 

ham  turli  tasavvufiy  ishoratlarni  ma`lum  qilgan.  «Yana  qalandarlarga  maxsus 

shartlardan  biri  soch  kuydirish.  Ayniqsa,  birinchi  davrlarda  soch  kuyishni  juda 

lozim  deb  biladilar.  O`z  oralarida  so`ylashga  maxsus  sun`iy  bir  tillari  ham  bor. 

Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi 

toriqdan  keltirgandan  so`ng  Fitrat  bularni  umumlashtirib,  shu  kabi  bizga  muhim 

ma`lumotni  etkazgan:  qalandarlik  musulmon  tasavvufining  sho``basidir.  Bu 

maslak  bizning  o`lkamizda  so`ng  kunlargacha  davom  qildi.  O`zbekiston 

shaharlaridan har birining tashqarisida «qalandarxona» ismli go`zal bog`cha holiga 

keltirilgan bir joy bor edi. Qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy, 

qisman musofir, ersiz, xususiy mulklari bo`lmagan kishilardan iborat bo`lib, asosiy 

kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf`a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni 

aylanar  edilar.  O`zlariga  maxsus  qalandariy  kuylari  bor  edi.  Oralarda  eng  yaxshi 

tovushlisi shu  kuylarda  Yassaviy,    Mashrab  kabi  shoirlarning she`rlarini  o`qur  va 

boshqalari  uning  naqoratini  qaytarib  turar  edilar.  Oralarida  bir  boshliqlari  bo`lub, 

munga  «bobo» derlar.  Tilanchilik  chog`ida  to`plangan pulni  shu bobolari  terar va 

shundan  ularni  ta`min  qilib  turar  edi».  Bu  kabi  hayotiy  kuzatishlarni  yuqoridagi 

risolada  bayon  qilingan  mulohazalar  bilan  bog`lash  natijasida  Mashrabning  qator 

she`rlarini  mana  shu  qalandariylik  tariqatidan  kelib  chiqib  sharhlagan. 

Mashrabxonlik  xususidagi  xabarlar  o`z-o`zidan  qalandarlik  bilan  bog`langanini 

ayni  shu  o`rinda  qayd  etmoq  kerak.  «Xalq  bir  choyxonada  yo  birining 

mehmonxonasida yig`ilishar, eng yaxshi va baland tovushli bir hofiz (mashrabxon) 

Mashrabning  g`azallarini  «Savt»,  «talqin»,  «Munojot»  kabi  kuylarda  o`qur  edi. 


 

16 


Uning  atrofida  o`tirgan  kishilar  qimirlamay,  nafas  chiqarmay,  buyuk  bir  diniy 

hayajon  bilan  tinglar  edilar...  Mundaqa  mashrabxonlik  majlislari  erkaklar  orasida 

bo`lgani  kabi  xotunlar  orasida  ham  bor  edi.  Xitoy  Turkistonida  klassik 

musiqamizning  mashhur  «Shashmaqom»dan  boshqa  «Mashrab»  ismli  etti  kuydan 

iborat  yana    bir  maqom  paydo  bo`lganini  musiqamizning  tekshiruvchi  G`ulom 

Zafariy  xabar  beradi.  Bu  esa  Xitoy  Turkistonidagi  haligi  mashrabxonlik 

majlislarining  judayam  teranlashganini  bizga  ochiq  bildirarlik  dalildir».  Demak, 

xalq  buyuk  bir  diniy  hayajon  bilan  tinglagan,  o`z  uylarida,  mehmonxona  va 

choyxonalarda  uyushtirilgan  mashrabxonlik  anjumanlarining  boisi  Mashrab 

she`rlarining  xalqchil, tasavvufiy va san`atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksakligidan 

kelib  chiqqan  holatdir.  Uyg`urlar  orasida  «Mashrab»  ismli  «ikkinchi 

shashmaqom»ning  yaratilishi  bevosita  Mashrab  she`riyatining  klassik  musiqamiz 

va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta`siri masalasi bilan bog`liq. 

 

«Mashrabning  dilbar  va  maftunkor  she`riyatini  o`rganar  ekanmiz,  Mashrab 



ayrim  «olim»lar  ko`rsatganiday,  «nasha  chekib,  ko`k  nor  ichish  bilan  mashg`ul 

bo`lgan,  jinnimijoz  kishi»  emas,  balki,  o`tkur  tasavvuf  shoiri  bo`lganini 

anglatuvchi shunday misralar bor: 

 

Ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etdim, 



Ko`toh nazari bo`lmasa deb xasta bu Mashrab. 

Mashrabning bunday poetik xulosaga kelishida Xojam podshoh (Ofoq xo`ja) bilan 

kechgan bir suhbatni  «Shoh  Mashrab»  manqabasi  muallifi  asos  sifatida  keltirgan. 

Mashrab Ofoq xoja bilan uchrashuvdan mutassir bo`lib: 

 

Ilohi mag`firat daryosidan Mashrabni shodob et, 



 

Hamisha «Shay`anilloh» deb qalandarvor yig`larman,- 

maqta`si bilan tugallanadigan va  

 

Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi, 



Visoling davlatini topmoqg`a itlarni salohimdur,- 

maqta`si bilan yakunlangan hamda 

 

Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmish, 



Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga etkurgil, 

bayti  bilan  tajassum  etilgan  g`azallarini  o`qigandan  so`ng  (manqabada  ular 

munojot deb berilgan) Ofoq Xo`ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik 

qildi, ma`nini oshkor qilding» deb og`izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab 

she`riyatida  yangi  bir  tasavvufiy  chuqurlik,  ya`ni  zohiriy  ma`nini  ochmoq  emas, 

balki ma`nining botiniy dunyosiga rag`bat kuchaygan. Natijada «ming ma`nini bir 

nuqta  ila  muxtasar  etgan»  san`atkorlik  yo`lida  izlanishlar  kechganini  uning 

she`rlarining  ichki  poetikasidan  anglash  mumkin.  Fitrat  Mashrab  she`riyatining 

tasavvufiy  botiniy  jihatlarini  va  she`rda  zuhur  bo`lgan  poetik  xususiyatlarini 

o`rganar  ekan,  uning  she`riyatidagi  eng  e`tiborli  jihatlarni  kuzatgan:  «Mashrab 

o`zidan  burung`i  va  muosir  bo`lgan  bir  ko`b  mutasavvif  shoirlarimiz  kabi 

hayajonsiz  shoirlardan  emas.  Uning  she`rlarida  har  vaqt  bir  kuchli  hayajonni 

ko`rish  mumkin.  U  ko`brak  Jaloliddin  Rumiydagi  so`fiyona  hayajonni  o`z 

she`rlarida  aks  ettirishga  tirishardir»  izohi  bilan  eng  ehtirosli  so`fiyona  baytlarini 

ajralib turadi: 

  Gulshani bog`i dahr aro bulbuli nag`magar o`zim, 



 

17 


  Bir buti xush hirom uchun oshiqi darbadar o`zim, 

yoki 


  Naqsh davlat muhrini nafsimga bosdi chun ajal, 

  Shams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,- 

talqinlaridagi  «Jaloliddin  Rumiy  kabi  shoirlardagi  so`fiyona  hayajonni  o`z 

she`rlarida»  anglatish  bilan  cheklanmay,  nafaqat  fors  tilli  she`riyatning,  balki  o`z 

ona  tilidagi  turk  she`riyatining  o`ziga  qadar  o`tgan  daho  san`atkorlaridan  ham 

oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko`rish mumkin: 

 

 

     Mashrab bu sifat toza suhan aylasa izhor, 



                 Sen qilma taajjub, 

     G`oyibdin ani ko`ngluga ilhomi xudodur, 

                 Bo`lgil anga munqod. 

Mashrab  tasavvufiy  talqinida  ko`zga  tashlanib  turadigan  jihatlardan  biri 

yig`idir.  Bu  faqatgina  ayriliq  yoki  dunyoning  boshqa  bir  ko`rnamakliklari  tufayli 

yuzaga  chiqqan  zohiriy  ruhiy  holat  emas,  balki  shoir  o`z  qalandarlik  tariqati  va 

ehtimol,  shaxsiy  hayotida  zuhur  bo`lgan  ishqi  ilohiyning  surati  sifatida  o`zini 

yig`lashga haqli ko`rsatadi: 

Matlabim bor - noravo, men yig`lamay kim yig`lasin, 

Dard beribdir bedavo men yig`lamay kim yig`lasin. 

Bunday  «yig`i»ga  giriftor  bo`lgan  birgina  shoir  emas,  uning  nazarida 

«bazmning  sham`i  parvonasi»,  «may  shishalari»  hamma-hammasi  yig`laydi.  O`z 

bolasini  yo`qotgan  ota  Ya`qub  zor  bo`libgina  yig`lamaydi,  balki  bolaning  ham 

otasi  uchun,  uning  shu  ahvolga  tushishiga  sababkor  bo`lgan  osiy  otaning  gunohi 

uchun  Yusuf  yig`lashini,  bu  holga  Ibn  Kan`on  va  boshqalar  ham  yig`lashi  lozim 

foje` deb qaraydi: 

 Sog`inib Yusufni yolg`iz yig`lamas Ya`qub zor, 

 To musofir bo`ldi Yusuf Ibn Kan`on yig`ladi. 

«Yig`i» ramzi bilan bog`liq Mashrabda o`ndan ortiq g`azal va muxammaslar 

uchraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ishqi deb, ko`kragini chok 

qilgan  qalandar  yig`isi  deb  qabul  qilib  bo`lmaydi.  Ayniqsa,  bevosita  shoirning 

shaxsiy  hayoti,  fojeasi  bilan  bog`liq  manzaralarda  uning  oddiy  kishilar  singari 

samimiy  ko`z  yoshi  to`kib  yig`lashga  majbur  qilgan  holatdir.  Shuningdek, 

Mashrab onasining o`limi ham juda qattiq ta`sir ko`rsatgan: 

«Ey safo baxsh-bahoru bo`stonim qaydasan... 

Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan».  

    Mashrabning  forsiy  she`rlariga  Rumiyning  ta`siri  borligini  ham  kuzatib  mukin. 

Yana  manqaba  tarkibida  Turdi,  Ranjiy,  Ahmad  Qori,  Mahfash,  Ziyrak,  Mansur 

kabi bizga aniq ma`luum bo`lmagan shoirlarning she`rlari ham bo`lishi mumkin. 

Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur», 

«Kimiyo»  asarlarini  ham  matn  jihatidan  va  tasavvufiy  talqinda  o`rganib  chiqib 

shunday xulosaga kelish mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova 

ostida e`lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom 

G`azzoliy  asari  ekani  bugungi  kunda  ma`lum  bo`lgan  haqiqatdir.  Faqatgina 



 

18 


«Mabdai  nur»  asarining  matnini  o`rganib  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  bu 

Jaloliddin  Rumiyning  mashhur  «Masnaviyi  ma`naviyya»  asariga  she`riy  sharh 

sifatida  yaratilgan  asar  bo`lib,  uning  har  bandida  Mashrab  va  «Mabdai  nur» 

so`zlari uchraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o`xshatma tarzida 

yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki 

ekanini  tasdiqlovchi  bir  qator  manbalar  ham  hozirgi  kunda  ma`lum  bo`ldi. 

Bulardan  biri,  Ziyovuddin  Ishoq  Bog`istoniyning  «Tazkirayi  qalandaron»  va 

Majzub  Namangoniyning  «Tazkirat  ul-avliyo»  tazkiralaridir.  Bu  har  ikki  manba 

ham,  ayniqsa,  Mashrabning  shogirdlaridan  biri  Ishoq  Bog`istoniyning  dalolat 

berishicha,  unga  Pirmat  Setoriy  ikki  asar  bergan.  Ulardan  biri  bizga  ma`lum 

«Qissayi Mashrab» asari bo`lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga 

Fitrat  yuqorida  ko`rsatilgan  maqolada  bu  asarning  Mashrabga  tegishli  ekanligini 

ham  isbotlab  ko`rsatgan.  Shuning  uchun  ham  bu  tasavvufiy  asar  Mashrabniki 

ekanini  inkor  qiluvchi  keskin  bir  isbotga  uchramaganimiz  uchun  Mashrab  asari 

ekanini  qabul  qilishga  majburmiz.  O`z  vaqtida  aytilgan  G`afur  G`ulomning  «Ikki 

Mashrab»  haqidagi  qarashlari hozirgi kunda  Milliy  Istiqlol  sharoitida o`z ta`sirini 

yo`qotgan.  Demak,  yuqoridagi  asoslar  bo`yicha  bu  asarni ham  Mashrab  qalamiga 

mansub deb aytishga mone`lik yo`q. 

 

         Tayanch so`z va tushunchalar 



                 

 Tasavvuf tariqatlari, Qalandariylik, Abdollik, Qalandariylik she`riyati,  Mualliflik 

muammosi 

               Savol va topshiriqlar: 



1. 

 

Markaziy Osiyoda qaysi tasavvufi tariqatlari mavjud bo`lgan? 



2. 

 

Qalandariylik  ta`limoti  haqida  qaysi  manbalarda  qanday  ma`lumotlar 

berilgan? 

3. 

 

Mashrabning qalandariylik tariqati aks etgan qaysi asarlarini bilasiz? 



4. 

 

Qalandariylik  she`riyatidagi  timsollar  haqida  ma`lumot  bering.  Har  bir 

timsolga Mashrab ijodidan misollar keltiring. 

5. 

 

«Mabdayi  nur»  asarining  muallifi  masalasida  fikringiz  qanday?  Ushbu 

mavzuda 

yaratilgan 

qaysi 

ilmiy 


manbalarni 

bilasiz? 

Ularga 

munosabatingiz? 



6. 

 

«Kimiyo» asari haqida adabiyotshunoslikdagi so`nggi xulosalar nimalardan 

iborat.  

 

Xo`janazar Huvaydo ijodi 



Reja: 

 

1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 



 

2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 

 

3. «Devoni Huvaydo». 



 

4. «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy doston. 

 


 

19 


XUSh  asrning  40-yillariga  kelib  ashtarxoniylarning  so`nggi  vakili 

Abulfayzxon  zamonida  Farg`ona  ham  ayrila  boshladi.  Ayniqsa,  Buxoro 

hukumatiga  uzoq  vaqt  muxolif  bo`lgan  ming  urug`i  vakillari  Abulfayzxondan 

keyin kuchaya boshladilar. Nihoyat, «Oltin beshikxon» orqali boburiylar sulolasiga 

bog`lanuvchi Farg`ona davlati vujudga kelib, uning dastlabki hukumdorlaridan biri 

Shohruhxon  1710-16  yillarda  podshohlik  qilgan.  Shohruh  40  yoshida  vafot 

qilganidan so`ng uning o`rniga o`g`li Abdurahimbiy o`tirdi. U sohibqiron unvoniga 

erishgan  podshohlardan,  uning  davrida  Samarqand  va  Kattaqo`rg`on  qo`lga 

kiritildi, biroq 1733 yilda u o`z ukasi Abdulkarimbiy tomonidan o`ldirildi va u o`n 

yilcha  hukumdorlik  qildi.  Abdurahimbiy  54  yoshida  vafot  etgach,  o`rniga 

Abdurahmon  tahtga  o`tiradi  va  u  Erdonabiy  tomonidan  o`ldirilgandan  so`ng 

Erdonabiy  hukumronligi  14  yil  davom  etadi.  42  yoshida  vafot  etgan  Erdonabiy 

o`rniga Norbo`tabiy hukumronlik qildi, 1798-99 yilgacha uni hukumdorligi davom 

etadi.  Bu  davrda  Andijon,  Namangan,  O`sh  va  boshqa  hududlar  Qo`qon  honligi 

tasarrufiga o`tgan.  

Keyingi asrlarda Olimxon (1799-1811), Umarxon (1811-1822) Qo`qon xoni 

sifatida  shuhrat  qozonganlar.  XUSh  asrda  mustaqillikka  erishgan  Farg`onada  bir 

muncha  madaniy  hayot  jonlana  boshlagan.  Adabiy  muht  kuchlanish  davriga 

kirgan.  Nafaqat  xonlar  saroyida,  balki  xalq  orasida  yashagan  shoirlar  ham 

talaygina. Bu haqda Fitrat: 

«Bu davrda Farg`ona saroy adabiyotlarining xalq adabiyotiga ayricha diqqat 

qilg`anlari  ham  ko`riladir»

1

  Shu  kabi  fikrlarni  akad.  A.Qayumovning  «Qo`qon 



adabiy  muxiti»  kitobida  o`qiymiz.  «XUSh  asrda  Qo`qonda  xon  saroyiga  mutlaqo 

aloqasi  bo`lmagan,  butun  qayotini  xolq  ichida  o`tkazgan  shoirlar  ham  bor  edi. 

Ularning  asarlarida  xalq  hayotining  ayrim  lavhalari  o`z  aksini  topadi»

12

  



Shuningdek  bu  kitobda  Farg`ona  xududida  yashagan  shoirlardan  Nizomiddin 

Xo`qandiy  (vafoti  1710)  va  Akmal  (vafoti  1810)  taxallusli  ijodkorlar  haqida 

ma`lumot berilgan. 

Shu  davr  shoirlaridan  Mirzo  Ma`sum  Kosoniy  Shohruhbek  vafotiga  ta`rix 

yozadi: 

Agar  xohe  xusuli  soli  favti  Shohruh  sulton    Shovad  ravshan  zi  naqdi 

Shohruhbek bekamu nuqson. 

(«Shohruhbek» so`zidan 1126, ya`ni 1716 sanasi chiqadi). 

Tarjimasi: 

  Agar  Shohruh  sultonning  vafot  etgan  yilini  topmoqchi  bo`lsang,  u  (bekamu) 

nuqson Shohruhbekdan aniq bo`ladi. 

Ushbu  shoir  Qo`qon  xoni  Abdulkarimbek  vafotiga  bag`ishlab,  «Xayf  az 

shahonshohi  Abdulkarim»deb  tarix  ham  yozgan  edi.  Shuningdek,  XUSh  asrda 

yashagan Mirzo Sho`xiy, Nusrat kabi shoirlar saroy bilan yaqin aloqada bo`lganlari 

tarixiy manbalardan ma`lum.  

                                                 

1

  Ôèòðàò.  ÕÓ1  àñðäàí  ñûíãðà  ûçáåê  àäàáè¸òèãà  óìóìèé  áèð  =àðàø.  Àëàíãà. 



1929.8-9.Á.8. 

 

2



 À. +àþìîâ. +û=îí àäàáèé ìóõèòè. - Ò: Ôàí, 1961. Á 49. 

 

20 


           Huvaydo ijodi haqidagi ma`lumotlar bizgacha «Devoni Huvaydo» asarining 

qo`lyozmasi,  «Bayozi  Haziniy»da  Huvaydo  g`azallariga  bog`langan  taxmislar, 

«Tuhfatu-l-Obidin  va  unsu-l-oshiqin»bayozi  orqali  etib  kelgan  Huvaydo  nafaqat 

Farg`onada,  balki  Buxoro  va  Xorazm  adabiy  muhitida  ham  mashhur  bo`lib, 

Mujrim  Obid  (Buxoro),  Ogahiy  (Xorazm)  kabi  shoirlar  uning  ijodiga  murojaat 

etib, asarlariga tatabbu va taxlis bitishgani ma`lum. Huvaydo ijodi uning avlodlari 

Hoji  Saloxiddin  va  Mirza  Hakim  ibn  Mirza  Umid  Marg`iloniylar  tayyorlagan 

devonda  to`la  aks  etgan  bo`lsada,  shoir  asarlaridan  namunalar  1961  yilda  nashr 

qilindi

3

 va «Roxati dil» dostoni Istiqlol tufayli o`z kitobxonlariga qaytarildi



4

   


    Xo`janazar  G`oyibnazar  o`g`li  Huvaydo  O`shda  tug`ilgan  bo`lib,  uning  vafoti 

Noseh  va  Mirxasan  Sadoyi  kabi  shoirlarning  tarixlarida  1195(1780)  deb 

ko`rsatilgan. Huvaydoning otasi G`oyibnazar so`fi Qashgarda mashhur Ofiq Xo`ja 

eshonga  muridlik  qilgan,  so`ngra  Chimyonda  xonadon  qurdirib  shayxlik  qilgan. 

Huvaydo  avlodlaridan  Mavloviy  Sirojiy,  Samarbonu,  Saloxiddin  Soqib  sohibi 

devon shoirlar bo`lgan. 

    Huvaydoning  she`riy  asarlari  «Devoni  Huvaydo»da  jamlangan  bo`lib,  uning 

ko`plab  qo`lyozma  va  toshbosma  nusxalari  mavjud.  Devonda  351  g`azal,  28 

ruboiy,  41  to`rtlik  (qit`a),  3  muxammas,  3  masnaviy  va  bittadan  musaddas, 

musammon  va  mustahzod  kirgan.  «Roxati  dil»nomli  diniy-tasavvufiy  manzum 

dostoni ham «Devon»dan o`rin olgan.  

Huvaydo  she`riyatining  aksar  qismi  Ishqi  ilohiy  tavsifiga  bag`ishlangan 

bo`lib,  tabiiki,  ularda  Qur`oni  karim  hikmatlari,  diniy  mifologik  qahramonlar 

talaygina.  Xuvaydoning  ayni  ruxdagi  asarlari  keyinroq  Haziniy,  Nizomiy-

Ho`qondiy,  Muxlis,  Shovqiy  Namangoniy  asarlariga  ko`chgan,  bu  shoirlar 

Huvaydo  g`azallariga  muxammaslar  bitganlar.  Shuningdek,  Huvaydo  she`rlarida 

o`z davrdan qolish, shikoyat motivlari ham o`rin olgan: 

  Kimga borib aytayin zolim folkidin dodni, 

  Uqmagay ahli zamona nolayu faryodni. 

 Yoki: 


     Huvaydo aytadur zolim falakning ilnidin ming dod, 

     Menga qolganda ul zolimni charxi najravon bo`ldi. 

Huvaydo g`azallarida hikmatli iboralar, nazn kuzatishlar, go`zal san`at yaratgan 

misralar anchagina: 

      G`uncha ko`p og`zin ochkach bog`da qo`ymay uzdilar, 

      Og`zini ochmasligida bildi bog`bon qadrini. 

Huvaydoning engil, ohangdor va o`ynoqi misralari tabiiy ravishda boshqa shoirlar 

ijodiga ham singan. Masalan, 

       Arzimni aydim bodi saboga, 

       etkursa holim ul dilraboga. 

        Qilsa xudoyim ko`nglin muloyim, 

        Raxm aylagaymu man mubtaloga. 

                                                 

3

 Ùóâàéäî. Òàíëàíãàí øåúðëàð. -Ò: 1961. 



4

 Õûæàíàçàð Ùóâàéäî. Ðîùàòè äèë. -Ò: À.+îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè 

íàøðè¸òè 1994 


 

21 


Baytlari Muqimiy va Hamza g`azallariga ham ko`chgan. Huvaydoning: 

   Kabobi dudi bag`rimdin Xubon saxrosiga tushsa,      

    Ushaldi qadri mushkim deb kiyin bag`rida qon kuygay  

baytlari  ta`sirida  Hamid  Olimjonning  «Kuygay»  radifli  g`azali  yaratilgan. 

Shoirning 

        Shiddati ohim o`tidin gunbazi ahzoring kuyar, 

        Shamsu Kamer bila yana jumlai axtoring kuyar. 

        Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jaxonni mulkina, 

        Vaxshu tuyuru devu jin, mo``minu kofiring kuyar. 

Kabi shiddati baytlari uning yurak alangasidan otilgan ishq o`tining parchalaridir. 

Huvaydo  lirikasi  an`anaviy  sharq  she`riyatining  vazn  va  janr  talablari  asosida 

yaratilsa-da,  bu  she`riyat  shoir  iste`dodi  tufayli  yaratilgan  go`zal  g`azal  va 

ruboiylar evaziga boyidi, timsollar olami kengaydi, ruhiy axvoli chuqurlashdi. 

     «Rohati dil» dostonini falsafiy-tasavvufiy ruhdagi asar bo`lishi bilan birga unda 

shoir tarjimayi  holiga  dahldor  o`rinlar ham  bor.  Kitobning  yozilish  sabablari ham 

doston muqaddimasidan anglashiladi 

        Kitobimning otidur «Rohati dil», 

        Erur har bir so`zi tanbehi gofil.. 

        Du`odin o`zga sizlarga so`zum yo`q 

        Bu dunyoda so`zum qolgay o`zum yo`q. 

        Kaminaning oti Xo`janazardur,  

        Otasining oti Goyibnazardur. 

        Nasabda Ravshaniy, mavludiy Chimyon, 

        Garibi xokisori dil parishon. 

        Ko`ngil shaxri yagona azm qildim, 

        Kitobim asar edi, man nazm qildim. 

        Bu Chimyon shahrining liyru javoni, 

        Tamomiysi erurlar turkiyxoni. 

        Alar garchi so`zega behunerroq 

        Dedim bo`lsa kitobim turkiy behroq. 

«Roxati  dil»  dostonining  asosiy  g`oyasi  komil  inson  shaxsini  kamol  topishda 

e`tiqod  sofligi,  iymon  mustaxkamligini  shakllantirishdur.  Insonda  iymon-e`tiqod 

etakchi o`rin olishida shoir islom dining asosiy  rukunlariga  amal qilishlik lozim 

deb  biladi.  An`anaviy  dostonlar  kabi  asar  «Hallo-ul  jaxonga  hamd»,  «Na`ti 

Rasulilloh  (SAV)»,  bilan  boshlanib,  so`ngra  «Hikoyati  tobuti  Jabroyil 

alayxissalom»keladi.  Hikoyatda  aytilishicha,  Jabroyil  alayxissalom  Muhammad 

Mustavoga bir tobut keltirib, bu o`lim belgisi ekanini aytadi. Shunda Payg`ambar 

o`lim  xaqligiga  iymon  keltirish  bilan  birga  men  bu  dunyodagi  barcha  g`arib-

qurobolar  bilan  birgaman.  Ularni  razolatga  tashlab,  o`zim  arshi-a`loga  keta 

olmayman,  men  ularga  shafoat  etishim,  bu  imtihon-dunyodin  o`tishda  xaq  yo`lga 

yo`llashim kerak» mazmunida javob beradi: 

        Dedi: - Yo Jibriyil, siz menga sirdosh 

        Bu tobutni  olib borgil, ayo yor, 

        Xudoyim va`da qildi manga bisyor... 

        G`arib ko`ngli sinuq bechoralarni... 


 

22 


        Bu isyon dashtida ovoralarni... 

        Nechun tashlab man alarni man ketayin. 

        Alar birla bo`layin munda, ey yor, 

        Yana o`zga umidim, maqsudim bor. 

Ushba  hikoyat  bayonidan  so`ng  ,  Abubakr  Siddiq,  Umar  Foriq,  Usmon  Nuran, 

Hazrat  Ali  va  uning  o`g`illari  Imom  Hasan,  Imom  Husayn  haqida  qisqa 

bayonnomalar  keltirib,  ular  hayotining  barcha  mo``minlarga  ibratli  bo`lganini 

eslatadi.  So`ngra  yuqorida    zikr  qilingan  «Dar  bayoni  kitob»  bobidan  so`ng 

Qiyomat  kuni  barcha  o`z  gunohlari  uchun  mas`ul  mazmunida  ikki  bob  bayon 

qilinadi, so`ngra safarda uch qardosh «nafsi shaytoniy»ga bo`lib xalok bo`lganlari 

haqida maxsus hikoya aytiladi. 

 

Doston  shu  kabi  diniy  rivoyat  va  hikoyatlar  majmuasidangina  iborat  emas, 



balki  unda  soflik,  halollik  va  insoniylikni  tarannum  etgan  qismlar  talaygina. 

Dostonning ta`limiy ahamiyati shundaki, u poklikka rahna soluvchi, insonni to`g`ri 

yo`ldan  ozdiruvchi  barcha  harom-zararli  jihatlarni  birma-bir  sanaydi.  Bunda 

«chog`ir ichmakning zarari», g`iybatchi, yolg`onchi, zinogar kimsalarning qilmishi 

qattiq  qoralanadi.  Dostondagi  ayni  boblarda  ezgu  sifatlar  qabih  holatlarga  qarshi 

qo`yilib  «Hikoyati  mardi  foniy»,  «Hikoyati  ilmi  tolib»  kabi  boblar  keltirilgan. 

Doston  tarkibida  ancha  mufassal  bayon  qilingan  hikoyatlardan  biri  «Qissayi 

Ibrohim binni Adham»dir. Huvaydo bayonida bu qissa an`anaviy «Qissayi Ibrohim 

Adham»dan  biroz  farq  qiladi.  Asosiy  syujet  Ibrohim  binni  Adham  voqealarini 

hikoya qilsa-da, Huvaydo Adham ismli cho`pon, uning qabrda tirilgan shoh qizini 

ozod qilib, unga uylanishi, keyin esa Adhamning sulton bo`lishi, nihoyat, mashhur 

voqea  - tevachining o`z tuyasini shohga qarashli  tomlardan izlashi va u  shohlikni 

tashlab  ketishi  voqealari  bayon  qilinadi.  Adhamning  o`g`li  Ibrohim  otasining 

daragini izlab ketishi, uni Makkada topib, o`shal on vafot etgani va Adham umrini 

g`ariblikda  kechirgani  bayon  qilingan.  Shoir  Adham  qismati  asarda  shunday 

xulosalanadi: 

        Muhammad ummatisiz bandayi xos, 

        Manim so`zimga emdi aylang ixlos. 

         

        Manim yig`lag`anim o`g`limga ermas, 

        Kishi g`am chekmaguncha g`amni bilmas. 

 

        G`ariblik uchun ko`nglim to`ladir, 



        Aning holiga rahmim ko`p keladir. 

 

        Dedi har kim g`aribliq birla bo`lsa, 



        G`ariblarga kishi ko`z yoshi qilsa, 

 

        Payg`ambarning g`aribligin qilib yod, 



        Xudo qilg`ay ani do`zahdin ozod... 

 

        Umid uzdimki shohlikdin ilohim, 



        Zanu farzand etim qildim ilohim. 

 

23 


 

        Agar ming pora qilsalar bu yo`lda, 

        Qachon sandin ko`nglum uzgum ilohim. 

 

        Qobis tog`ing borib ul zamonda, 



        Necha yillar ibodat qildi onda. 

 

        Ki bir kun bordi shohi oliyhimmat, 



        Bu doriy bebinodin qildi rihlat. 

 

Dostondagi  boshqa  hikoyatlardan  farqli  ravishda  ushbu  qissa  ichida 



Huvaydo  nomidan  olti  g`azal  keltirilgan.  Ularning  dastlabki  to`rttasi  qahramon 

holini  bayon  qiluvchi,  yoki  uni  boshqalarga  aytgan  so`zlarini  ifoda  qiluvchi 

baytlardir. So`nggi ikki  g`azal ham shoirning qissadan chiqarilgan hissasi bo`lgani 

uchun g`azal maqta`ida shoir tahallusi keltirilgan: 

       G`ofil ersang qil ibodat berma dunyoga ko`ngil, 

       Berdi dunyoga ko`ngilni ahlikim ko`tohlar. 

      

       Dunyo hasratxona erur, ey Huvaydo dunyodin, 



       Hasrat ila o`tdilar ming - minglabo xamroxlar. 

«Roxati dil» dostoni «Munojot ba jonibi qoziyu-l-xojat» (birga xojatlarning 

qozisi Alloxga iltijo) bilan yakunlangan: 

    Xoliqo, jabr ayladim o`z jonima, 

    Qvymadim toat ta`omin xonima... 

 

    Na balo kelsa o`zingdan roziman, 



    Munda g`amgin ondja beg`am aylagil. 

 

    Bu Huvaydoyi g`aribning xolini, 



    Qilmag`il san nafsi bodga mubtalo. 

«Roxati  dil»  asarining  asosiy  yo`nalishi  islom  dinining  tarixiga  murojaat  

etish  orqali  o`quvchining  ma`naviyatini  boyitishga  qaratilgan.  Dostonda  garchi 

insonning  falsafiy  dunyoqarashi,  yaratuvchiga  bo`lgan  muhabbat  kuylangan 

bo`lsa-da, sho`rolar davrida nashr qilinmay keldi. Xo`janazar Huvaydoning nafaqat 

bu  dostoniga,  balki  uning  ijodini  tadqiq  qilishga  rag`bat  ham  asosan  Istiqlol 

davrida  amalga  oshirildi.  Zero,  dostonning  nashrlaridan  biri  prof.  Saidbek  Xaan 

yozadi:  «Huvaydo  har  bir  hikoyatning  mazmuni  va  bosh  qahramoni  qiyofasini 

badiiy  ifodada  ochib  berishgan  ekan,  o`ziga  xos  uslub,  yuksak  badiiylik,  tilning 

ravonligi,  she`rning  o`ynoqligini  rang  -  barang  bo`yoqlar  orqali  ochib  beradi. 

Dostondagi  har  bir  misra  o`quvchini  to`lqinlantiradi.  Undagi  chuqur  mazmunni 

idrok etishga chorlaydi»

1

  

                                                 



1

  Ñàèäáåê Ùàñàí. Õàññîñ øîèð âà äîñòîííàâèñ Õûæàíàçàð Õóâàéäî «Ðîõàòè 

äèë». -Ò. Àáäóëëà +îäèðèé íîìèäàãè õàë= ìåðîñè íàøðè¸òè, 1994. - Á-5.

 


 

24 


Xo`janazar  Xuvaydo  o`zining  betakror  ijod  yo`li  bilan  inson  ma`naviyatini 

boyitishga,  qalbning  rangini  olamlari  tasviri  orqali  badiyatga  o`quvchini  hurmat 

ruxida tarbiyalashga xizmat qiladi.  


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling