Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Gul va Daf»
- «Nay va Shamshod»
- Dostonda adabiyot va uning ulug` namoyandalari haqida aytilgan fikrlar.
- OGAHIY HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI.
«Shahboz va Bulbul» Kunlarning birida, bahor ayyomida, Bulbul bilan Shohboz munozara bashlabdi. Bulbul kelishgan husni va Xushxonligini pesh qilib Shohbozga maqtanibdi uning «Jahl asor»ligi «badjamol» va «badmaqol»ligidan kulibdi: Bir chamane sahnida fasli bahor, Boz ila Bul edilar so`z guvor. Bozga Bulbul dedi, ey jahlasar, Senda qani savtu navodin xabar? Qushlar aro son kabi bir badmaqol, Mumkin emas bo`lmog`i, ey badjamol Manman o`shum Bulbuli go`yoxvash Nag`mam erur el aro dovudavash. Bulbulning tapqididan «Savtu navo»dan xabardor bo`lish, shirin so`zli bo`lish kerak, degan xulosa chiqadiki, bu tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Lekin Bulbulning ham kamchiliklaridan ko`z yummaslik kerak. Masalan u Shihbozni tanqid qilar ekan, o`z fazilatlaridan mag`rurlanadi, «manman»likka beriladi. Garchi Bulbilning so`zlari Shahbozga og`ir botsa ham, u Bulbulga shoir tilidan «izzat tilasang, bekordan bekorga vaysama, yuz ish qilganingda, birini ayt xudbinlarning iqboli past bo`ladi», deb g`oyat oqilona javob qaytaradi: Boz dedi onga ki: xomush bo`l, Bo`lma til izzat tilasang go`sh bo`l,
65
Angla yaqinki, mangadur yoz qish, Yuzni qilib birni demaslik ravish Har kishi xudbin esayu xudparast, Sen kibi iqboli netong bo`lsa past. Manzili maqsad tilasang soda bo`l. Joda kibi sar basar aftoda bo`l. Har kishi xudbinu ya`mo erur, Chunki ko`zi xokaro ma`vo erur... «Shohzod va Bulbul» masali hech narsani pisand etmay, Husn ustiga qo`shin tortib borayotgan Aqlshohning mag`rurligini fosh etish uchun keltirilgan. «Gul va Daf» Doston personajlaridan Mehri dilovar to`y qatnashchilarini «Gulzori bahor»ga taklif qilar ekan: Har ne ki, ul bazmg`a darkor edi, G`ayri talab barchasi tayyor edi- deb, u erda ilm eli she`r bilan badeha aytayotganini, nuktadonlar ma`nolar dengizida suzayotganini, soz ahli nag`malar ko`ylayotganini bayon qiladi. Shu payt Gulga ko`zi tushib qolgan Daf (childirma) unga qarab: Garchi qadim g`am yukidin dal erur, Shakl mango aqsonul ashkol erur... deydi. Gul unga javob qaytaradi: Garchi seni qo`lga ko`tardi gado, Bo`ldi navo istobon ul benavo. Lek meni boshi o`za shohlar Qo`ydilar ul mohi falaktohlar... Ko`ramizki, bu masalda Dafni qo`liga olib, navo istovchilarning benavo bo`lib qolganligiga, binobarin shoir yashab ijod etgan davrda san`at ahllarining kamol topishi uchun hech qanday sharoit bo`lmaganiga ishora qilinadi. «Nay va Shamshod» Shu to`yda Shamshod daraxtining savlat bilan gardoyib turishini ko`rgan Nay gapga aralashib: Sen havoyi, xudbin va mag`rursan. Oyoqlaring loy ichida bo`lsa ham, ammo dimog`ing ko`kka ko`tarilgan. Bahor kela bersa, g`ururlanib, yanada balandroq ko`tarilasan. Ammo shuni ham bilib qo`yki, xazon eli bir kun seni xarob qilib qo`yadi,-deydi: Otingni Shamshod etibon shohsan, Noxli barumandi erga band... Asling erur bandi baloyu havo, Sen kibi yo`q dahr aro bir xudnamo. Loy arodur band oyog`ing sening, Baski etar ko`kka dimog`ing sening. Faxri bahor ila ko`p o`lma baland. Bodi xazon qilg`usi bir kun najand. Shundan keyin Nai o`z shakli va sifatlari haqida gapirib, bunday deydi: Manman o`shal tutish shakkar nosib, 66
Bardam erur nola chog`i andalib, Mehr kibi ich bila tashim yorug`, Charx kibi ko`z bila kunglum ochuq Dudi damim she`lardir ul bod emas, Pesha mango behuda fard emas. Shamshod esa uni «ikki boshli o`lik ilon»ga o`xshatadi va o`z soyasini maqtab, undan shohu gado bahramand bo`lishini aytadi: Etsang haqiqatda o`zingga nazar, Zoting erur murdai mori dusar, Soya mango o`yla saodat ishor, Qo`ysa humo bo`lg`usidir tojdor. Manman o`shal sohibi bargu navo, Mandin olur bahrani shohu gado Demak, Nishotiy Nay va Shamshidning foydali tamonlarini qayd etib, ularning maqtanchoqliklarini qoramaydi va bir-birini pisand qilmaslik jamiyatda yomon ish ekanligini uqtirib o`tadi. Shoir, birovlarni nazar-pisand qilmay dimog`ini ko`tarib yuruvchilar bir kun xazon eli bilan yaksan bo`lurlar, deb «qissadan hissa» chiqaradi. Shoir ichki dunyosi ham, tashqi ko`rinishi ham, «mehr kibi» (quyosh kabi) yorug` kishilarni ulug`laydi. «Kosai Chin va Nargis» G`amzaning «Ravzai jannat obod»idagi suhbatda Kosa bilan Nargis munozarasi beriladi. Suhbatda qo`ldan-qo`lga o`tib yurgan Kosaning ko`zi hech kimni pisand qilmay gerdayib o`tirgan Nargisga tushadi: Kosai Chin. Nargisa soldi nazar, Didam ma`qul ila ul bebasar, Bori takabburdin edi sargaron, Ilmas edi ko`ziga yaxshi-yomon. Bu misolda Nishotiy Kosa va Nargis obrazlari orqali jamiyatdagi «Naqshi habdin asar»i bo`lmagan nodonlarga kecha-kunduz fikru xayoli «simu zar» (kumush, oltin) to`plash bilan band bo`lgan «surat eliga tana qilib, «ma`ni eli»ga xayrixlhlik bildiradi. «Binafsha va Chang». Gesu to`y qatnashchilarini o`z binafsha-zoriga olib chiqadi. Binafsha to`shilgan bu joyda kishilar ham binafsha libosida namoyon bo`ldilar. Hamma mast bo`lib, yiqilib qolganida, qora kiyimli, boshini quyi salib o`tirgan Binafsha ular o`rtasida shayxga o`xshab ko`rinadi: Boshi quyi erdi, libosi qaro, Shayx edi bu rasm ila ul el aro. Binafshani bu ahvolda ko`rgan Chang unga qarab: Fikr sango tibro libosing qaro, Xona sango toru palosing qaro. Pesha sango bo`ldi siyahkorliq, Din yo`lidin ish sango bezorliq. Loyiq emas bo`lmog`ing ushshoq aro, Vah na dedim bal bu kuhan toq aro- deb, o`zini maqtaydi: Ko`k mani kim, foyiqi ofoqman,
67
Sarvari sardaftari ushshoq man. Binafsha esa unga javoban: Majlis aro sen kibi g`amgin qani? Maherili zoting aro tamkin qani? Tabiy maqomat ila ko`p urma dam, Ko`z sanga ko`r o`ldi dag`i shal qadam, Kaj bo`yinu, kal boshu badmo`ysan, Egri qulu, ham qodu badxo`y san. Ishq suzi birla ko`p etma g`ulo``, Loyiq emastur sango bu guftu bu guftugo`... Deydi va u ham o`zini maqtashga kirishadi. Bil mani attori gulistoni ishq, Mendin olur bo`yni gulistona ishq. Gulning erur rangi bila bag`ri suv, Mandin erur er bila ko`p mushkbo`. Bildim ani dahr vafosiq emish, Umr degan usru baqosiz emish. Oning uchun bo`ldi libosim qaro, O`ldumu ham tutdum o`zumga azo. Ushbu o`limdurki, muabbad hayot, Derlar ani yo`qturur onga mamot. Bu so`zlar Changni hozin bir holatga soladi: Changi hozin etdi bu ohangni go`sh, Boshi quyi soldiyu bo`ldi xalmo`sh. Bu misolda ham shoir Binafsha va Chang singari allegorik timsollar orqali o`z zamonasining nojo`ya: xatti-harkatlari ustidan kuladi, «Dil yo`lidin ish sango bezorliq» kabi misralar bilan mutaastblarning bezoriligini ochib tashlaydi. Dostonning tili «Husnu Dil» dostonining tili asosan va badiiy vositalari. Mumtoz nasriy nazm uslubi bilan uzviy bog`langandir. «Nahri hayot», «Ayni sadoqat chashmasi» kabi ta`birlar Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi iboralarga, «g`ulg`ula», «valvala» kabi so`zlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi so`zlarga hamohangdir. Chunonchi: Chekti kelib na`rom purg`ulg`ula, To`ldi falak dashti aro valvala. Shuningdek, Nishotiy dostonidagi: Har na yomon bor esa ondin yomon, Bor edi holim mening ey nuktadan- kabi misralarning tuzilishi va lug`aviy tuzilishida Navoiyning «Hayrat-ul- abror» dostonida shayxlar haqida bitilgan: Bu el erur barcha yomondin yomon, Har ne yo`q, ondin yomon, ondin yomon- baytlarining ta`siri yaqqol ko`rinadi. Nishotiy leksikonida Fuzuliy she`riyatining barakali ta`sirini ham ko`rish mumkin. Chunonchi dostonda tushum kelishigi qo`shimchasi (-ni)-i shaklida 68
(Kelturung Aqli dedi kishvarsiton), qaratqich kelishigi qo`shimchasi (-ning)-ing shaklida (Qomating og`ushig`a qildi nigoh) qo`llanilgan. Dostonning tilida Xorazm shevasiga xls elementlar bor: Xush dedimu amrig`a qildim shuru`, So`z qopusi sorig`a ettim rujo``... Shuningdek, dostonda Buxoro shevasiga xos va iboralar ham tez-tez uchrab turadi. (bu-dostonning Buxoroda yozilganidan bo`lsa kerak). Masalan, feodal o`tmishda yomon xulqli kishilarga, zolim hukmdorlarga o`lim tilanar ekan, ularning kiyimi, savlati yurish-turishga kinoya qilib, «margi nov muborak» (yangi o`lim muborak) deyilar ekan. Shaxriyori Ishqning elchisi G`ampahlavon Aqlshohning oldiga borib, u bilan so`zlashganida gap orasida shu tojikcha qochirimni qistirib o`tadi: Shohg`a duo der chog`i eltib garav, Dedi: «Muborak sango bu margi nav». Doston mumtoz epik nazmining masnaviy shaklida, aruzning «Havshri musaddasi mahbuni mahzuf» bahrida yaratilgan bo`lib, 7092 bayt (15584 misra)dan iborat. Ayrim boblardagi tavsiflar esa qofiyalangan musajja`i Sharq nasri uslubida yozilgan. Masalan, Himmati sipohdor, sabri falok iqtidor, g`ayrati salor... Diyori Saksorga... Fuodi giriftorga» bordilar...-«Husni dilnavoz, Vafobonum Sohib e`zoz va Nozi Tannovoz, G`amzai g`ammoz, Gesui fusunsoz va Mahliqon oinapardoz va Mahtakallumi sehrparvoz va Mehrbonui boso`zu gudoz, Qamatsardori balandparvoz, Sarvi Sarafroz, ya`ni Fuodi sohibniyoz...» xizmatga tayyor edilar. Nishotiy she`riy satrlarning mumkin qadar soddi, ma`noli, ravon va obrazli bo`lishi uchun harakat qilgan; asarning estetik ta`sir kuchini oshirish maqsadida xilma-xil badiiy usullarni ishga solgan. Dostondagi bayt va misralarda o`xshatish istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, majoz, qarama-qarshi ho`yish kabi usullarni juda ko`p uchratish mumkin. Bu badiiy usullar vohiy manzaralarni yorqin ifodalashiga yordam beradi. Masalan, Nazarning suvsiz sahroda kezib holdan toshish quruqlikka tashlangan baliq talvasasiga o`xshatilib mubolag`a bilan quyidagicha bo`rttirilgan: Tolpinibon o`ylaki suvsiz baliq, Jon yo`q edi anga bugun tongloliq. Ishqning lashkari bilan Aqlning Novkorlari o`rtasidagi jang tasvirida: «Sher ham bu talashlardan qo`rqib, hatto qornidagi bolasini tashlab yubordi», deb mubolag`a qilingan. Bo`ldi ayon turfa hatali kabir, Qo`rqusidin tashladi hamlini sher. Tubandagi misralar It bilan Ohu, zog` bilan Bulbul, Shohd bilan Og`u kabilarni qarama-qarshi qo`yish (tazod) yo`li bilan bitilgan bo`lib, ular Fuod bilan Foruqa o`rtasidagi voqeani yoritishga qaratilgandir: It bilan Ohu bo`libon hamnafas, Zog` bila Bulbulg`a bir o`ldi qafas. Shahd ila Og`u topibon imtizoj, Ishq ila ishrotg`a bor erdi rivoj.
69
Inkor ma`nosini ta`kidlovchi na bog`lovchisi bir necha marta qaytarilgan satrlarda takror usuli qo`llangan: Onda na zovu, nu hozuru na nur... Onda na ilmu, na amal, na yaqin. Quyidagi misralarda birin-ketin fikrni kuchaytiruvchi sifatlashlar beriladi: Oti aning Vahmi balojo` edi, Bad dilu baddin edi, badgo` edi. Dostonda xalq ertaklariga xos bo`lgan muqaddima ham ko`zga tashlanadi. Bor edi Yunonda birov podsho, Erdi jahon shohi anga xokiroh. Dostonda xalqning hikmatli so`zlari va iboralarini keng qo`llash-asar tilini ommabop qilishga intilish sezilib turadiki, bu maqtovga loyiqdir. Chunonchi, Fudoning mast bo`lib, Foruqaning damiga tushganligini anglatish uchun, mast parishonxotir bo`lsa, «sitam ko`radi» aforizmi ayniqsa o`rinli ishlatilgan: Vahki na xush dedi o`lum mo`htaram, Mast parishon esa ko`rgay sitam. Shuningdek, dostonda, Osh egasi bilan totli» maqoli Fuod tilidan quyidagicha ifodalangan: Lek demish kimsaki diqqatlidir, Osh egasi birla esa totlidir «Avval o`yla, keyin so`yla» maqoli: Xar kishining bor esa gar aqli tuz, Avval anga ko`z keragu so`ngra so`z- baytiga mohirlik bilan singdirilgandir. Shuningdek tojikcha «Chrh kandaro choh dar pesh» maqoli yoki shu mazmundagi o`zbekcha «Kim birovga quduq qazisa, o`zi tushadi» hikmatli so`zi. Nishotiy misralariga badiiy soddalik baxsh etadi:
Ushbu masal bordurur el ichra fosh, Zohiru ravshan erur andoq quyosh; «Kimki qozor oqibat ul tushg`usi, Kimki yoqar oxir o`shul pishg`usi». Shoir xalq maqollarining ustalik bilan o`rinli ishlatish natijasida o`zi ham maqol shaklidagi misralar bitish-maqollar yaratish darajasiga ko`tariladi: Chunonchi: To`yu azo xushturur ahbob ila, Shodiyu g`am ham yana atrob ila Yoki: Ishki o`tar anga pushaymon na sud, Qush ki tutildi anga afg`on na sud. «Husnu Dil» dostonining tilidagina emas, balki g`oyaviy mazmuni va badiiy shaklida ham Navoiy ijodiyotining ta`siri sezilib turadi. Navoiy: Jahon kim zohir aylar nalayu bog`, Erur ul bog` zindon, lolasi dog`- kabi misralari bilan o`z zamonasiga tanqidiy qarashini ifodalagan bo`lsa, Nishotiy ham bu mazmunni o`z muhitiga totbiq etib:
70
Yorab o`zing lutf oson mongo Aylaki, bog` uldi chu zindon mango- deb yozgan edi. Navoiy o`zining «Farhod va Shirin» dostonidagi: Diloromu Dilorayu, Diloso, Gulandamu Sumanbo`yu Sumanso, Parichehru Parizodu Parivash Paripaykar ziho o`n ismi dilkash- kabi misralarda shirinning suhbatdoshlaridan o`kta olima qiz nomini eslatib o`tganidek, Nishotiy ham Husning atrofini o`ragan qizlar nomini quyidagi misralarda birin-ketin tasvirlab beradi: Barcha dilorom edi anda tamom, Har biriga nom edi bir ehtirom. G`amzavu Ishva dag`i Lnu Ado, Sheva Karashma dag`i Mehru Vafo, Yana biri Nozi fusunsoz edi, Biri ani Sarvi sarafroz edi. Dostonning qofiyalanishida ham so`z san`atining xilma-xil namunalarini uchratish mumkin. Ko`p o`rinlarda bir so`z bir necha ma`noda qo`llaniladi. Chunonchi, tuyuqchi eslatuvchi: Yuz uza churuk yog`och erdi burun, Har era borsa, boribon ul burun-amonlik qofiyali baytning birinchi misrasidagi «burun» odam organlaridan biri, ikkinchi misrasidagi «burun» esa ilgari, oldin ma`nolarida qo`llanilgan. Umuman «Husnu Dil» dostoni muallifi Navoiy va Fuzuliyning badiiy tilidan fayz va zavq olish bilan birga, o`zbek va tojik tilidagi xalqchi ibora va ifodalardan, hatto, mahalliy sheva unsurlaridan ham bahramand bo`lib, o`z asarini sodda til va ravon uslubda yaratish uchun katta ijodiy mehnat qilgan. Dostonda adabiyot va uning ulug` namoyandalari haqida aytilgan fikrlar. «Husnu Dil» dostonida Nishotiyning so`z san`ati va uning ulug` arboblari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiy haqidagi fikrlari alohida ahamiyatga egadir. Shoir XVIII asrning 70-yillarida Xorazmda o`zbek adabiyoti jonlana boshlagan bir sharoitda ulug` mumtozlar izidan borib til va adabiyotga doir muhim nazariy hulosalar chiqaradi. Uning fikricha, so`z duri jon gavharidan ham azizdir. So`z kishiga jon beradi. So`zsiz odam devorga o`xshaydi. Birov xunuk, cho`loq va shol bo`lsa ham, lekin ishin va baqa`ni so`zlay olsa-kishilar uning yoniga boradilar albatta. Nishotiy so`zining ikki qismdan-«qabih» va «malih»dan iborat bo`lishini, qabih barcha yomondan yomon ekanini, malih esa, el ta`biricha, jonning suti ekanini uqtiradi, uning ta`rificha, qabih so`zlar-«gilob» (layqa) bo`lsa, mashq so`zlar «gulob»dir. Binobarin, qabih so`zlamasdan, malih so`zlash, unga ma`no bilan rang berish lozimdir. Ma`nosiz so`z, gardu bod»dir:
71
Mantiq eli qilganida jonda farq, Qildilar hayvon bila insonda farq, So`zdin erur ma`niyi rangin murod, Bo`lmasa ul so`zni degil gardu bod. Kimki yomon so`zni der inson emas, So`zki yomondir ani hayvon demas Nishotiyning fikricha «ganji roz» dunyoda shu qadar ko`pki, uni olish bilan turalmaydi. So`zga zebu ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda» (halbda) parvarish qilib chiqarish kerak. So`z shunday ta`sirchan bo`lsinki, uni tinglovchi «jon» desin. So`z san`atining nazmi ham, nasri ham nozik ado bo`lishi, latif libosga o`ralishi lozim. Nishotiy so`z san`atining ulug` ustozlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiyning ijodiy xizmatiga yuksak baho beradi, ularning muqaddam kishilar bo`lganligini va har qaysilari adabiyot sohasida alohida bir ulug` dengiz ekanliklarini zo`r faxr bilan kuylaydi: She`r elidin ul ki muqaddai edi, Har biri bir bahri muazzam edi. Durri balog`at qilib onlar nihon, Mavji fasoqat qilur erdi ayon. Dema alar vasfini shoir edi, Muso edi yo`q esa sohir edi... Shoirning e`tiroficha ular nazm elining sardaftarlari, suxon ahllari tojlarining qimmatbaho gavharlaridir. Nishotiyning ta`biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy va Navoiylar shunday ijod bog`larini yaratib o`tganlarki, u bog`larcha bodi xazon ziyon etkaza olmaydi, u ijod bog`lari abadiy yashlab qola beradi. Nishotiy ana shu ulug` ustozlarning sodiq shogirdlari singari kamtar tutib, «Husnu Dil» dostonining muallifi «g`arib» va «mulki diyoridin benasib» bo`lgan shoir sifatida quyidagilarni yozadi: Yozmoq erur pesha manga dam-badam, Lek netay bo`yla yozibdir qalam. So`zima sahvan agar eteang nazar. To`yla xato ko`rsang agar sar-basar... Nuqsima bordur o`zima e`tirof, San jag`i etgil aning aybin maof... Muncha bila dog`i bor erdim g`arib, Mulki diyorimdan edim benasib... Xullas, Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida shoir yashab ijod etgan jamiyat hayotining tasviri va umum foydasiga qaratilgan andishalar muhim o`rin tutadi. Doston 62 bobdan iborat bo`lib, dastlabki boblarida shoirning er, suv, osmon, oftob, tabiat, inson (1-5 bob); Hayot, odam va uning ishqi (2-bob), muallifning yor-diyoriga munosabati (6-bob), asarni yaratish toraddudi (7-bob), suv san`ati va uning qadru qimmati (8-bob) haqidagi fikr va mulohazalari, his-to`yg`ulari aks etgan. Doston syujeti murakkab vaziyatlar, hayotiy lavhalar bilan rivojlanib boradi. Aql-farosat, ishq-muhabbat, ilm va hunar, do`stlik va sadoqat singari olijanob 72
insoniy xislatlar ulug`lanadi. Demak, adolat, insonparvarlik, do`stlik, obodonlik, insoniy sevgi va ma`rifatni, so`z va so`z san`atini bunday ulug`lash, shoir zamonasining sharoitiga ko`ra, muhim va sharafli xizmatdir. Shoir qachonlardir yaxshilikning yomonlik ustidan g`alaba qozonlichiga ishonadi: Dun elining dunlig` erur peshasi, Yaxshi eling yaxshidur andeshasi. O`z davrida xalqning xonavayron va oyoq osti qilinishdan noligan shoir nisbiy tinchlikka, osoyishtalikka undaydi, o`z davridagi qo`pollik va dag`alliklarga qarshi: Charx kibi san dag`i bo`lma dag`al- Deb xitob qilib, g`am-alam, kulfat va mashaqqatlardan mustasno bo`lgan yangi bir dunyo qurishni orzu qiladi: Kim yo`q anda alamdin nishon, Mehnatu kulfat bila g`amdin nishon... Biroq shoirning bunday progressiv romantik fikr va g`oyalari qaloq zamonasining sharoitlari bilan mahdudlangan-cheklangan edi. U o`z davridagi hukmdorlarni yaxshilikka, insofga chaqirish yo`li bilan o`z orzusiga erishmoqni xayol qilar edi. Buning ustiga, shoir jamiyat hayotini yaxshilash haqidagi romantik g`oyalarini xudojo`ylikka bog`laydi va baxtiyor yor bo`lib uchun «Xudo»dan lutf, inoyat va madod tilaydi. Shoirning kitobxonlarga mutsrojaat qilib yozgan: Bor esa ko`p har necha sahvu xato, Aylagil islohini oning ato. Zayli karamdin anga yopqil niqob, Aylamagil ruhima qahru itob... Kabi baytlari, an`anaviy xotila torzida bo`lishidan tashqari hikmatli baytlardir zamonasining sharoitlari bilan izohlanadigan fikriy ojizlik orqasida tug`ilgan «sohvu xato»lardan qat`iy nazar, asarga xalq orzusi va zamon ruhining singdirilishi, unda nisbiy tinchlik va farovon hayot haqidagi, yaxshilik va muhabbatning yomonlik va ayriliq ustidan g`alaba qozonishiga ishonch kabi ilg`or fikrlarning aks ettirilishi g`oyat muhimdir. Mavlono Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni ana shunday g`oyaviy-badiiy fazilatlari bilan solaflarining dostonlaridan farq qiladi. Binobarin, «Husnu Dil» dostoni XVIII asr o`zbek dostonchiligida g`oyat muhim o`rin egallagan ajoyib she`riy qissadir
REJA:
2. Shoirning tarjimai o`oliga ma`lumotlar.
3. “Ta`viz-ul oshiqin” devoni. Debocha. 4. Ogahiy ijodida falsafiy qarashlar ifodasi.
5. Ogahiy va uning o`zbek mumtoz adabiyotida tutgan o`rni.
73
Muhammadrizo Erniyozbek Ogahiy barakali ijod qilgan san`atkor sifatida haqli ravishda Alisher Navoiyga qiyoslangan. 19-Asr Xorazm adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy serqirra iste`dod sao`ibi bo`lib, shoirlik iqtidori, tarixnavis saloo`iyati, tarjimonlik maxorati bilan O`zbek madaniyati ravnaqiga katta ulush Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling