Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 91.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.01.2023
Hajmi91.23 Kb.
#1082075
  1   2   3   4   5
Bog'liq
175-сон 19.06.2012



PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILA INSTITUTI VA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI
BOSHQARISH ORGANLARINING TA’LIM MUASSASALARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI
YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni
tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim
muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son
qarorini
 bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi hamda Respublika “Mahalla” Fondining O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini (keyingi
o‘rinlarda Jamoat kengashi deb ataladi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”
hamkorligi hududiy jamoat kengashlarini (keyingi o‘rinlarda hududiy jamoat kengashlari deb
ataladi) tuzish to‘g‘risidagi takliflari;
Jamoat kengashining tarkibi 1-ilovaga
*
, shuningdek hududiy jamoat kengashlarining
namunaviy tarkibi 
2-ilovaga 
muvofiq ma’qullansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Jamoat kengashining quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul
qilinsin:
oila, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (keyingi o‘rinlarda
ta’lim muassasalari deb ataladi) va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini
ta’minlash;
oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni
yaratishni tashkil etish;
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro
munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga
oid tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va
tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy ma’lumotga ega
bo‘lishlarini ta’minlash;
o‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi
manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayonini hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga kiritish;
hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va
Respublika “Mahalla” Fondi:
bir oy muddatda Jamoat kengashining nizomini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy jamoat kengashlarining namunaviy nizomini hamda


tarkibini tasdiqlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika “Mahalla” Fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tegishli
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik
mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi
 3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
har bir tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik
mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning to‘liq,
sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsinlar;
hududiy jamoat kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashsinlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar
ta’limi markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, tegishli
vazirliklar va idoralar “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘z tizimlarida
monitoring o‘rnatsinlar, ularning ijrosini yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha majlislarda muhokama
qilib borsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy
axborot vositalariga oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida amalga oshirilayotgan
ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Download 91.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling