Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


IV. Barkamol avlodni tarbiyalashga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samaradorligini oshirish va ularni mazmunan yanada takomillashtirish


Download 91.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana07.01.2023
Hajmi91.23 Kb.
#1082075
1   2   3   4   5
Bog'liq
175-сон 19.06.2012

IV. Barkamol avlodni tarbiyalashga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samaradorligini oshirish va ularni mazmunan yanada takomillashtirish


19. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarining mazmun-mohiyatini
keng targ‘ib etish.
“Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi,
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy
tadqiqot markazi, Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar
ittifoqi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar
ta’limi markazi
1. Jamoat kengashi ishtirokida ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga
oid masalalarni muhokama etishni yo‘lga
qo‘yish.
2. Mahallalarda jamoatchilik asosida “Ota-
onalar universiteti”ni tashkil etish.
3. 
Yoshlarni 
hayotga 
ruhiy-ma’naviy
jihatdan to‘liq tayyorlash, ularda hayotga
mas’uliyat hissini uyg‘otish yuzasidan
ibratli oilalar bilan uchrashuvlar va davra
suhbatlari o‘tkazish.
2012-yil
muntazam
ravishda alohida
reja asosida
muntazam
ravishda
20.
Yosh avlodga xalqimizning ko‘p asrlar
davomida shakllangan qadriyatlarini, ezgu
orzularini, jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy
maqsad va vazifalarni singdirish.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy
tadqiqot markazi”, XTV, OO‘MTV, Kasb-
hunar ta’limi markazi, “Mahalla” Fondi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi
1. Soha mutaxassislari va jamoatchilik
vakillaridan iborat Targ‘ibot guruhini
shakllantirish.
2. Milliy qadriyat va an’analarimizni, ibratli
urf-odatlarimizni targ‘ib etishga doir
mavzularda uchrashuv, davra suhbati va
seminarlar tashkil etish.
2012-yil
sentyabrdan
boshlab rejaga
muvofiq
21. “Yoshlar ma’naviy olamini boyitishda adabiyot
va san’atning o‘rni” mavzuida turkum
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi, “Mahalla” Fondi, O‘zFA Til va
adabiyot instituti, Yoshlar ittifoqi, XTV,
OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi
1. Yozuvchi, shoir, olim, san’atkor va yosh
qalamkashlardan iborat Ishchi guruh
tuzish.
2. 
O‘quvchi-yoshlarning 
kitobxonlikka
bo‘lgan 
qiziqishlarini 
orttirish,
kutubxonalarning kitob fondini boyitish
maqsadida 
“Maktab-mahalla, 
oila-
jamoatchilik” 
hamkorligida 
kitoblar
ko‘rgazmasini 
o‘tkazish. 
3. 
“Birinchi
kitobim” 
yo‘nalishida 
yosh
qalamkashlarning kitoblari taqdimotini
tashkil etish.
2012-yil sentyabr
muntazam
ravishda rejaga
muvofiq
22.
O‘quvchi-yoshlarni g‘oyaviy tahdid va past
saviyali “ommaviy madaniyat” va boshqa
turdagi yot g‘oyalarning zararli ta’siridan
himoya qilishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar
tashkil etish.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar
ta’limi markazi, SSV, Yoshlar ittifoqi,
Xotin-qizlar, “Mahalla” Fondi
1. Soha mutaxassislari tomonidan mahalla
oqsoqollarining diniy ma’rifat va ma’naviy-
axloqiy 
tarbiya 
masalalari 
bo‘yicha
maslahatchilari o‘rtasida “Missionerlik va
prozelitizmning salbiy oqibatlari”, “Din va
ma’naviyat”, Xurofotga qarshi kurashda
ayollarning o‘rni” mavzularida suhbatlar,
muloqotlar tashkil etish.
2. Ta’lim muassasalarida “Yoshlarni g‘oyaviy
tahdidlar va past saviyali “ommaviy
madaniyat”ning halokatli ta’siridan himoya
qilishga qaratilgan seminarlar, savol va
javoblar, ijodiy kecha, davra suhbatlarini
tashkil etish.
2012-yil
sentyabrdan
boshlab
muntazam
ravishda
rejaga muvofiq
23.
“Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda”
mavzuida madaniy tadbirlar tashkil etish.
Baynalmilal madaniyat markazi,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi, MTRK, “Mahalla” Fondi,
Yoshlar ittifoqi
Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli
millat va elat vakillari ishtirokida joylarda
do‘stlik 
festivallari, 
ma’naviy-ma’rifiy
uchrashuvlar, turli tildagi she’rxonlik
kechalarini tashkil etish.
2012-yil iyuldan
boshlab
muntazam
ravishda reja
asosida


24. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla
va ta’lim muassasalari hamkorligida amalga
oshirilayotgan ishlarni keng yoritish.
MTRK, “O‘zbekkino” Milliy agentligi,
XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi
markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar
qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari
1. 
Amalga 
oshirilayotgan 
ishlarni
televideniye, radio va matbuot orqali keng
yoritish.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning o‘z
tarmoq gazeta va jurnallarida va maxsus
veb-saytlari orqali yoritish.
3. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan
ishlar doirasida namunaviy va ilg‘or ish
tajribalarni ommalashtirish va ularning
monitoringini yuritish.
2012-yil iyundan
boshlab
muntazam
ravishda
25. “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik
mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-
tadbirlar majmuasi bajarilishi bo‘yicha
axborot tayyorlash va keyingi yilda amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab
chiqish.
XTV, OO‘MTV, O‘MKHTM, IIV, SSV,
“Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi,
“Kamolot” YIH, “Oila” ilmiy-amaliy
markazi, Respublika Ma’naviyat
targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va
mafkura ilmiy-amaliy markazi,
“Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari
1. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarni
samaradorligini o‘rganish, tanqidiy tahlil
qilish hamda ularni kelgusida yanada
samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar
ishlab chiqish.
2. 2013-yilga mo‘ljallangan “Oila-mahalla-
ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini
kuchaytirish 
bo‘yicha 
chora-tadbirlar
majmuasini ishlab chiqish va amalga
oshirish.
2013-yil 25-
yanvarga qadar
2013-yil 1-fevralga
qadar
Izoh: belgilangan tadbirlar ijrosi bilan bog‘liq xarajatlar mas’ul ijrochi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
hisobidan qoplanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 273-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda,
38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)

Download 91.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling