Barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlari


Download 60.6 Kb.
bet1/11
Sana23.11.2023
Hajmi60.6 Kb.
#1795268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshlang\'ich ta\'lim o\'qituvchilarning kasbiy mahorati







































M U N D A R I J A :
KIRISH
I.BOB.O’QITUVCHINING BARKAMOL INSONNI TARBIYALASH , UNDA MILLIY VA UMUMINSONIY FAZILATLARI
1.1.Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish
1.2.O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari.
1.3.O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari.
II.BOB.O’QITUVCHINING PEDAGOGIK XAYOLI, DIQQATNI TAQSIMLAY OLISH QOBILIYATI.
2.1.O’qituvchi faoliyatining axloqiy xarakteri.
2.2. O’qituvchi odobida pedagogik faolliyati bilan bog’liq ravishda tahili
2.3.O`qituvchi va talabaning pеdagogik munosabatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

















KIRISH


O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga qo’yilayotgan vazifalarini bajarish ko’p jihatlarda o’qituvchilarga bog’liq. Bozor siyosatga o’tish sharoitida ta’lim - tarbiyadan ko’zda tutilgan maqsadga erishish, o’quvchilarni xilma - xil fao liyatini uyushtirish ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ish bilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi O’zbekistonning istiqboli, ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligigacha, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatga bog’liq. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o’quvchilar va talabalarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashga alohida e’tibor bermoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik naziriyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun - qoidalar, tamoillar, umumlashtirilgan, metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni puxta amaliy, tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi. O’qituvchilik kasbini tanlash. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagogik kasbni tanlagan kishi avvalo so’g’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olish, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek, bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq xushmuomalalik, kuzatuvchanlik o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqlilik darajasini ko’rsatadi.

Download 60.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling