Barqaror rivojlanish va atrof-muhit musaffoligining asosiy omili


Download 158.46 Kb.
bet10/13
Sana28.12.2022
Hajmi158.46 Kb.
#1011766
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Turdaliyev Husanjon ekalogiya joylash

OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA ISLOHOTLARNI TADQIQ QILISH, STRATEGIK REJALASHTIRISH HAMDA BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni strategik rejalashtirish va tahlil qilish hamda investitsiya loyihalari samaradorligini o‘rganish asosida moliyalashtirishning uzviy tizimini yaratish, sohaga jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘larining ishlatilishi samaradorligini ilmiy asoslangan holda baholash va ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy etishning samarali tizimini yaratish maqsadida:
1. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish; sohadagi islohotlarning ta’sirchanligini va ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari samaradorligini baholash; sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalar hamda strategiyalar ishlab chiqish; oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ta’minoti sohasidagi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni (kredit va grant), shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish; sohadagi axborot va statistik ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanishning samarali tizimini yaratish; oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — XMI va XHMT) kredit va grantlarini jalb qilish; loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kreditlar va grantlar olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tijorat banklariga taqdim etishda tadbirkorlik subyektlariga konsalting xizmatlari va amaliy yordam ko‘rsatish; sohadagi barcha grant, texnik ko‘mak va kredit loyihalarini va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish va samaradorligini monitoring qilish hamda ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash.
3. Markaz Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan: 2022-2023-yillarda hududlarning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, har bir tumanda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin. Bunda, har yili barpo etiladigan ko‘rgazmali dala maydonlari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi; har oyda bitta hududda xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar ishtirokida bog‘, tokzorlar barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazib borsin.
4. Belgilansinki, Markaz:
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasining ustuvor yo‘nalishlari sifatida global, mintaqaviy va hududiy muammolar, shuningdek, qishloq xo‘jaligining agrobiznes, logistika, investitsiya va boshqa dolzarb mavzularini taqdim etadi; Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan XMI va XHMT kredit hamda grant loyihalarini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi; xorijiy investitsiyalar, grantlar, XMI va XHMT mablag‘lari hamda budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradigan vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi; ilmiy-tadqiqot natijalarini baholash, davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirishda belgilangan tartibda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlik qiladi; Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Markazga: malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish; oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasi iqtisodiyoti hamda strategiyasi yo‘nalishida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish hamda ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va qonunchilik hujjatlarida ilmiy tashkilotlar uchun joriy etilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi berilsin.
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) ikki oy muddatda Markaz huzurida rivojlangan xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning hamda agroklasterlar faoliyatining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish maqsadida ilmiy kengash tashkil etsin.
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining tuzilmasi hamda uning hududiy iqtisodiy tahlil va me’yorlash markazlarining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilansinki:
Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarishga, loyihani amalga oshirish masalalariga taalluqli o‘zi tayyorlagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi uchun hamda XMI va XHMTning kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga javobgar hisoblanadi; Markaz tender savdolarida raqobatni kuchaytirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni, xalqaro kompaniyalarni, jamoatchilikni keng jalb etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi va xaridlar to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq, o‘z vaqtida, erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni axborot portaliga joylashtiradi (bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno); Markaz investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini, asosiy kapitalga kiritilgan mablag‘larni va texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholovchi tizimni joriy etish, shu jumladan loyiha natijalarini (mijozbay) baholash hisobotlarini umumlashtiradi, tahlil qiladi va har oy Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi; Markaz davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalarga oid ma’lumotlarni muntazam ravishda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilishni ta’minlaydi; Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, XMI va XHMT tomonidan investitsiya va grant loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va rahbar xodimlarining ish haqi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi; Markazning faqat ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan tuzilmalari xodimlariga ish haqi to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; Markazning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari 2022-yilda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, keyingi yillardan esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi; Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida yillik xarajatlar XMI va XHMTlar tomonidan loyihaning texnik iqtisodiy asosida tasdiqlangan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi hamda o‘rnatilgan tartibda ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin; qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida Markaz direktori hisoblanadi; Markaz direktoriga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda XMI va XHMT bilan kelishilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Markaz xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish huquqi beriladi (bundan oylik ish haqini xizmatlar ko‘rsatish va qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish hisobiga oshirish mustasno); Markaz budjetdan tashqari mablag‘larni boshqarish uchun tijorat banklarida depozit hisob raqami ochishi va undagi mablag‘lardan mustaqil foydalanishi mumkin (budjet tashkilotlarining g‘azna hisob raqamlaridan foydalanishga doir talablar ushbu mablag‘lardan foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi).
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Markaz tashkil etilganligi haqida XMI va XHMTga xabarnomalar yuborsin.
10. Markaz Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1 a-uy (1-qavat va yerto‘la) manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. Bunda barcha kommunal va joriy to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar Markaz mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
11. Qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev bir hafta muddatda tashkiliy yig‘ilish o‘tkazib, Markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni hududlar va ijrochilar kesimida taqsimlaydi; qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev bir oy muddatda Markazning yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega kadrlar bilan to‘ldirilishini hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda Markaz faoliyatini xorijiy davlatlar tajribasi asosida samarali tashkil etish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin; bir oy muddatda Markazning ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ommaviy axborot vositalari orqali meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

Download 158.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling