Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi
Download 185.64 Kb.
|
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob
5.Navoiy viloyati o‘rta shaharlari.
Navoiy viloyatining tabiiy sharoti asosan cho‘ldan iborat ekanligi ishlab chiqarish kuchlari hamda aholining joylashuv xususiyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Viloyat iqtisodiyoti industrial-agrar yo‘nalishga ega bo‘lib, respublika hududiy mehnat taqsimotida asosan tog‘-kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati hamda qishloq xo‘jaligida go‘sht-jun chorvachiligiga ixtisoslashgan. Yalpi hududiy mahsulotning 46,5 foizini sanoat, 6,9 foizini qurilish, 14,0 foizini qishloq xo‘jaligi, 7,9 foizini transport va aloqa beradi. Darhaqiqat, hudud iqtisodiyoti mamlakatimiz uchun eng muhim va noyob “strategik” ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Bu yerda oltin va fosforitning asosiy qismi olinadi; milliy iqtisodiyot uchun eng zarur bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi kabi yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi eng navqiron viloyat Navoiyning tabiiy sharoitiga mos ravishda o‘tgan asming 70-yillarigacha shahar manzilgohlari deyarli shakllanmagan. (1939-yilda respublikada 47 ta, 1959-yilda 101 ta shahar manzilgohi). Hudud dastlabki shaharlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishida ishlab chiqarish kuchlari va yirik qishloqlami shaharchalarga aylantirilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Mintaqada shaharlar soni kam va ular tarqoq holatda joylashgan. Bu viloyat shaharlar geografiyasidagi o‘ziga xos jihatlardan biri sanaladi. Mintaqada 6 ta shahar (Navoiy, Zarafshon, Nurota, Uchquduq, Yangirabot, Qiziltepa) va 47 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularning barchasida jami aholining 49,0 foizi yashaydi. Umumiy urbanizatsiya ko‘rsatkichining yuqoriligi, bir tomondan, hudud sanoatining nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan izohlansa, ikkinchidan, intensiv qishloq xo‘jaligi uchun imkoniyat cheklanganligi bilan bog‘liq. Umumiy urbanizatsiya darajasi 2008-yilda 39,5 foiz bo‘lgan, uning 10 foizdan ko‘proqqa ortishi esa 2009-yildagi urbanistik o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan. Agar viloyat bu ko‘rsatkich bo‘yicha (40,4 foiz) 2000-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyingi o‘rinda turgan bo‘lsa, u hozirda mamlakat o ‘rtacha ko‘rsatkichidan biroz pastroqda. Tahlillardan ko‘rinadiki, viloyat hududida shaharlar ierarxiyasi bir me’yorda rivojlanmagan. Eng ko‘p shaharlar pog‘onasini aholisi 10 ming kishigacha bo‘lgan kichik shaharlar tashkil etib, ularda jami shahar aholisining 29,4 foizi istiqomat qiladi. Bu guruhga respublikada 946 ta, Navoiyda esa 45 ta shahar manzilgohlari kirib, ular jami shahar manzilgohlari sonining mos holda, 78,8 va 84,9 foizini tashkil etadi (2017-y.). Viloyatda “yarim o‘rta” shaharlar uchtani tashkil etsa, o‘rta va katta shaharlar atigi bittaga to‘g‘ri keladi. Download 185.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling