Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1484018
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
downloadfile



Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
Reja: 
1. SHahar aholi manzilgohlarining shakllanishi. 
2. SHahar aholi manzilgohlarining turlari. 
3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari.
4. Urbanizatsiya jarayonining shakllanish bosqichlari.
5. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari.
6. Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari. 
Tayanch tushunchalar: shahar aholi manzilgohlari, qishloq aholi manzilgohlari, 
shaharlarning funktsional guruhlari, urbanizatsiya, millioner shahar, megasiti, aglomeratsiya
megalopolis, suburbanizatsiya, soxta urbanizatsiya. 
1. SHahar aholi manzilgohlarining shakllanishi.
 
SHahar – aholisining 2/3 qismi 
qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqda band bo’lgan aholi manzilgohlaridir.
Shaharlar turli 
makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqaruv markazi rolini o‘ynagan. Shahar 
aholi punktlapi o‘lchami jihatidan yirik va unda yashovchi aholi, qishloq aholi punktlapidagiga 
nisbatan ko‘p sonliligi hamda zichligi bilan tavsiflidir. Shaharlarning qudrati ularda 
mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik salohiyat bilan belgilanadi.
Dunyo miqyosidagi shaharlarni aholiyligiga ko‘ra maqom berishda aniq chegaralangan 
bir xil miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar bajaradigan funktsiyasi va 
aholi punktlapining roli va aholi soniga qarab ajratiladi. Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi 
200 kishi va undan ko‘p bo‘lgan aholi punktlapi shahar, deb ataladi. Bundan tashqari 
Yaponiyada–30 mingdan oshiq, Niderlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va 
Pokistonda – 5 ming, Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQShda 2,5 ming, Xitoyda 3 
ming, Germaniyada 5 ming kishi va undan ko‘p aholi yashaydigan aholi punktlari shahar 
qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O‘zbekistonda esa 7 ming aholisi bor punktlap shahar 
hisoblanadi. Ammo, dunyoda shunday aholi punktlapi borki, ular faqat ma’muriy markaz 
bo‘lganligi bois shahar, deb nomlanadi. Chunonchi, ayrim mamlakatlardagi barcha aholi 
punktlapining ma’muriy markazlari, poytaxtlari shaharlar sirasiga kiritiladi. Masalan, Jazoir, 
Ekvador shular jumlasidandir. 
Aholi punktlapi shaharga aylanishida ularning iqtisodiy salohiyati, funktsiyasi ham muhim 
mezonlardan biri. Shahar aholi punktlapida yashovchilar qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida band 
bo‘lmasligi yoki juda kam sonlini tashkil etishi kerak. Masalan, Rossiya shaharlaridagi aholining 
atigi 15 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida band bo‘lishi mumkin. Hindistonda esa mehnatga 
layoqatli erkaklarning 3/4 qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi punktlapida yashasa 
bunday punktlap shaharlar sifatida qabul qilinadi.
O‘zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a’zolari shahar aholisining 2/3 qismidan 
ko‘prog‘ini tashkil etishi hamda bunday aholi punktlarida sanoat korxonalari (og‘ir industrial), 
kommunal xo‘jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, o‘quv yurtlari, madaniy-ma’rifiy, tibbiy, 
savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari mavjud bo‘lishi lozim. Bu mezon ham barcha 
davlatlarda bir xil emas.
Iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) shahar va shahar aholi punktlari tarkib topishida muhim 
omil hisoblanadi. Ma’lumki, IGO‘ mikro, mezo va makro darajada ajratib ko‘rsatiladi. Shahar 
aholi punktlari paydo bo‘lishida, IGO‘ning mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega 
bo‘ladi. Uning mezo va makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi 
va yirik markazlarga aylanishida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ayrim shaharlarning 
mikrodarajadagi o‘rni noqulayligi uning asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Shaharlarning mezodarajada o‘rni qulayligi uning yirik va katta shaharlarga aylanishiga zamin 


bo‘lishi mumkin. Agarda bu aksincha bo‘lsa, shahar kichik xolatida qolaveradi. Shaharlar 
IGO‘nini to‘rtta bosqichga ajratish tavsiya etiladi.
mikro o‘rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o‘rni; 
mezo o‘rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo‘lmagan davlatga nisbatan 
o‘rni; 
makro o‘rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o‘rni; 
mego o‘rni- dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan 
o‘rni. Makrodarajadagi o‘rin shaharlar rivojlanishida, yuqori bosqichlarga chiqishida alohida 
ahamiyatga ega. Biroq, bu o‘rin shaharlar taraqqiyotida ijobiy xususiyat kasb etmasa, ular hayot 
faoliyati o‘zgarishsiz qolaveradi. Ko‘plab kadimiy shaharlarning geografik o‘rni ular umrini 
belgilashga xizmat qilgan, desak xato bo‘lmaydi. Chunki, aynan shu geografik o‘rindagi 
noqulayliklar yer yuzidan ko‘plab shahar va shaharchalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. 
N.N.Baranskiy shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni ular uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga 
ega. Uni tabiiy geografik o‘rindan, ya’ni tabiiy ob’ektlarga nisbatan tutgan o‘rnidan farqlay 
bilish kerak. Chunki, dengiz qirg‘og‘i, tog‘ tizmalari shahar iqtisodiyotiga ta’sir etishi yoki 
etmasligi mumkin, deydi. Shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) birqancha 
komponentlardan tashkil topadi. Bular esa o‘z navbatida yana bir necha elementlarga bo‘linib 
ketadi. Jumladan:
1.Shaharlarning tabiiy geografik o‘rni:
 Tabiat zonalariga nisbatan o‘rni; 
 Tabiiy resurslarga nisbatan; 
2.sanoat –geografik o‘rni: 
 xom ashyo manbalariga nisbatan, ya’ni elektro energiya, yoqilg‘i va hakozo; 
 qayta ishlash sanoti markazlariga nisbatan; 
3. shaharlarning agro-geografik o‘rni:qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ishlab chiqaradigan 
rayonlarga nisbatan; 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi rayonlarga nisbatan; 
4. transport-geografik o‘rni: 
ichki muhim transport magistrallariga nisbatan; 
xalqaro ahamiyatga ega transport tizimiga nisbatan bozor-geografik o‘rni: 
maxsulot tayyorlashga ixtisoslashgan tarmoq rayonlariga nisbatan; 
ist’emol mollari bilan ta’minlaydigan rayonlarga nisbatan; 
geodemografik o‘rni: 
aholi o‘sishi bilan bog‘liq rayonlarga nisbatan o‘rni; 
fan, ta’lim va madaniyat markazlariga nisbatan o‘rni. 
siyosiy-geografik o‘rni: 
 mamlakat poytaxtiga nisbatan; 
 davlat chegaralariga nisbatan; 
5. harbiy-geografik o‘rni: 
 mudofaa ahamiyatiga ega ob’ektlarga nisbatan; 
 siyosiy (harbiy) konfilikt o‘choqlariga nisbatan. 
Shaharlarning mazkur geografik o‘rinlari qulayligi ularning turli soha va tarmoqlar 
bo‘yicha rivojlanishiga imkon beradi. Har bir shahar uchun eng muhim geografik o‘rni bu 
transport tarmoqlariga nisbatan joylanishi bo‘lsa ham turli hududlarda IGO‘ ahamiyati bir-
biridan ma’lum darajada farq qiladi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling