Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja


Jahon davlatlarida millioner shaharlar soni


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1484018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
downloadfile

Jahon davlatlarida millioner shaharlar soni 
№  
Davlat  
Millioner shaharlar soni  
1
Xitoy
199 ta
2
Hindiston
54 ta
3
Rossiya
15 ta
4
Braziliya
14 ta
5
Indoneziya
12 ta
Aholisi soni 10 mln.dan ortiq shaharlari megasitilar deb nomlanadi. Jahonda 15 ta shahar 
shunday maqomga ega.Ular orasida SHanxay, Karachi, Pekin eng yiriklari bo’lib hisoblanadi.
Shaharlarning funktsional tuzilishi shahar hayotining barcha jabhasida yaqqol seziladi
shu boisdan shaharlarni turli yo‘nalishda tadqiq etishda buni albatta hisobga olish lozim. 
Shaharlarning funktsional tuzilishi aholi takror barpo bo‘lishi sur’atiga, aholi demografik 
tarkibiga, aholi bandligi, aholi migratsiyasi xarakteriga, aholi ijtimoiy tarkibiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. Aholining yirik shaharlarda to‘planishi yirik–katta shaharlarning vujudga kelishiga 
ham sabab bo‘lmoqda. Yirik shaharlar mayda va o‘rta shaharlar hisobiga tobora gigant 
shaharlarga aylanmoqda.
3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari. Qishloq aholi 
punktlapining aniq bir ta’rifi yo‘q, ammo aytish mumkin-ki, shahar aholi punktlapi talablariga 
javob bermaydigan barcha aholi punktlapi qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta 


bo‘lmagan, sanoat, transport o‘rmon xo‘jaligi, dam olish uylari, sanatoriyalar qoshida paydo 
bo‘lgan kichik posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha qishloq 
aholi punktlapining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o‘zining ma’muriy-hududiy 
tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O‘zbekistonda rasmiy shahar yoki 
shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo‘lgan, aholisining deyarli barchasi 
qishloq xo‘jaligida va u bilan bog‘liq tarmoqlarda band bo‘lgan aholi punktlapini qishloq aholi 
punktlapiga kiritish mumkin. 
Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o‘rni, bajaradigan 
funksiyasiga ko‘ra shaharlardan farq qiladi. Qolaversa, shaharlar uchun qo‘yilgan talablarning 
birortasiga qishloqlar javob bermaydi.
Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog‘langan. Yer qishloq 
ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini hisoblanadi. Biroq yerlardan 
foydalanishdagi va qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel’ef hamda tabiiy 
sharoit bilan uzviy bog‘langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi 
ishlab chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa, 
aksincha, qishloq joylardagi aholi qishloq xo‘jaligi bilan juda kam shug‘ullanishadi. 
Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo‘jalik tarmoqlarining ixisoslashuviga hamda 
shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. 
Masalan, dehqonchilik, qoramolchilik, o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon va hokazo.
Barcha qishloq aholi punktlapi shaharlar singari o‘z bajaradigan funktsiyasiga qarab uchta 
asosiy guruhga birlashtiriladi.
1. Qishloq xo‘jaligi 
2. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan 
3. Aralash qishloq aholi punktlapi 
Qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, aholisi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari 
yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo‘lgan aholi punktlapi qishloq xo‘jaligiga 
ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi. Bunday qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, 
bog‘dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq xo‘jaligida, qolgani 
sanoat, transport, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling