Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja
Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
downloadfile
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo va yirik regionlarining urbanizatsiya darajasi (2016)
6. Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari.
J ahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, SHimoliy Amerika, Lotin Amerika, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko’rsatkichi o’rtacha hisobda 70 foizdan oshgan Bu borada ayniqsa Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo’lgan davlatlar ko’zga tashlanadi. Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50% atrofida bo’lib, o’sishini davom ettirmoqda. Afrikada ham urbanizatsiya ko’rsatkichi 40%dan sal ko’proq. Lekin har ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo’ltig’i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. SHu bilan birga, Butan, Burundi, Malavi, Uganda, CHad, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25%, xattoki 15%ga ham yetmaydi. Ammo ohirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko’paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o’sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli. 16-jadval Dunyo va yirik regionlarining urbanizatsiya darajasi (2016) № Hududlar Urbanizatsiya, % 1 Dunyo 54 2 Rivojlangan davlatlar 78 3 Rivojlanayotgan davlatlar 49 4 Evropa 74 5 Osiyo 48 6 Afrika 41 7 SHimoliy Amerika (AQSH va Kanada) 81 8 Lotin Amerika 80 9 Avstraliya va Okeaniya 70 Mustahkamlash uchun savollar: 1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan ohirgi ikki asr mobaynida yuqori tezlik bilan rivojlandi? 2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o’tadi? 3. Global shahar hisoblanishi uchun shahar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak? 4. Yirik shaharlarning ijobiy va salbiy tomonlarini jadval shaklida daftaringizga yozib chiqing. 5. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling