Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja


Urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1484018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
downloadfile

5. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari. Urbanizatsiya jarayoni 3 ta 
asosiy bosqichdan o’tib rivojlanib boradi.
I. SHakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi ½ dan past bo’lib, 
yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o’tib ketadi. 
Ayniqsa yirik shaharlar tez o’sishni boshlaydilar. Bunda eng yirik, odatda poytaxt yoki port 
shahar boshqalarga nisbatan ancha ilgarilab ketadi. Eng yirik shaharlarning o’sishi ayrim 
hollarda “soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan kelgan 
qambag’allarning xarobalari zichlashib borishi ko’rinishida kechadi (rasm). Hozirda Osiyo va 
Afrikaning rivojlanayotgan mamlakatlarining ko’pchiligi urbanizatsiyaning ana shu bosqichini 
kechirmoqdalar. 
II. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi “millioner”-shaharlarning yuqori sur’atlar bilan 
o’sishlari hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning (turli kattalikdagi shaharlarning 
ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy aloqalar natijasida birlashuvi), 
megalopolislarning (yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo’shilib 
ketishi) vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. SHaharliklarning jami aholidagi ulushi 50% dan ortib 
ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa yiriklari tez 
rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi, natijada shahar va qishloq 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar yanada mustahkamlanadi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi 
SHarqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerika, SHimoliy Afrika, Janubi-G’arbiy Osiyo, 
Okeaniyadagi ko’p mamlakatlarga xos. 
III. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, 
Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning 
markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko’chib boradi, lekin shaharda ishlash, o’qish, turli 


faoliyat yuritishni davom etadi va buning uchun har kuni shaharga qatnaydi. Natijada shaharlar 
markazlari asosan tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish 
maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqlashib boraverdi. 
Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi. Transport va aloqaning 
zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti 
tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va 
qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi. Ya’ni, qishloq joylar rasman o’zining 
qishloq maqomini saqlab tursada, aslida tub ma’noda shaharlashib ketadi. SHahar bilan qishloq 
joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo’qolib borish jarayoni rurbanizatsiya 
atamasi bilan yuritiladi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling