Basketbol o’yin taktikasi tasnifi reja


Uch o’yinchining o’zaro harakati


Download 181.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi181.12 Kb.
#1498737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Basketbol o`yini taktikasi tasnifi

Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining himoyadagi o’zaro 
harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” ikki basketbolchi qoyadigan juft 
to’siq, ikki o’yinchiga to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli. 
Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat kuchlari zarur. 
“Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida o’tkazilayotgan 
bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga to’qnashtirishga qarshilik 
ko’rsatish har qachon ham samarali bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro 
harakatga qarshi kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va 
onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga muvofiq. 
Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat qilayotgan paytda, 
ular jarima otish maydonchasiga muntazam chekinib, zona prinspiga asoslanib 
uchburchak hosil qilib mudofaa tashkil etadi. 
Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti oldida sapchib 
qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va uning natijasiga kuchli ta’sir 
etuvchi muhim holdir. Bu kurashning muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan 


yo’lini kesib qo’yishga urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan 
to’p uchun kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro 
harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning shchitdan 
uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani ta’minlaydi. 
3.11. Jamoa harakatlari 
Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali 
mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli 
echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy 
vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: 
zichlashtirilgan va tarqoq himoya. 

Download 181.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling