Basketbol o’yin taktikasi tasnifi reja


Download 181.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi181.12 Kb.
#1498737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Basketbol o`yini taktikasi tasnifi

Zichlashtirilgan himoya. Bu avallo raqibga shchitga yaqin kelishi va to’pni 
yaqin yoki o’rta masofadan tashlash imkoniyatini bermaslikka qaratilgan. Shuning 
uchun hamn hujumchilar bi9lan kurash odatda himoyaning barcha o’yinchilari 
to’planadigan jarima otish maydonchasi yaqinida bo’ladi. Zichlashtirilgan himoya 
ikkita sistemada tashkil etiladi: shaxsiy va zonali himoyada. Shuningdek, o’z ichiga 
shaxsiy va zonali himoyani, ba’zan esa shaxsiy pressing elementlarini oluvchi 
aralash himoya sistemasi ham bor. 
Shaxsiy himoya sistemasi. Himoyaning bu universal sistemasida jamnoaning 
har bir raqibni ta’qib etish topshiriladi. “O’yinchi-o’yinchini” ushlash shaxsiy ta’qib 
prinspi yakka himoya hissini tarbiyalashga yordam beradi, himoyadagi o’yinchilarni 
shaxsiy xususiyatlariga qarab taqsimlash imkonini beradi: baland bo’yli hujumchiga 
qarshi, tezkor o’yinchi tezkorga qarshi, sekin harakatlanuvchi qarshi va h/k/ har bir 
o’yinchi ta’qib qilayotgan o’yinchini o’rganish, kurashga moslashish uning nozik 
tomonlaridan foydalanishga qodir. 
Bu sistemaning kamchiligi shundaki, hujumchilar erkinroq harakat qilaoladilar, 
oldindan o’ynalgan va tayyorlangan hujumchilarni amalga oshirish uchun yetarli 
vaqt va imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Zonali himoya sistemasi. Bu sistema ham himoyalanayotgan jamoa 
o’yinchilarini jarima otish maydonchasi atrofida to’playdi. Har bir o’yinchi shchit 
yaqinidagi ma’lum zonani qurqlaydi, o’yin davomida uning zonasiga kirgan har 
qanday raqib hujumchisini ta’qib qiladi. Bunday himoya asosan nisbatan sekin 
harakat qiladigan markaziy o’yinchilarini shchit yaqinida ishlatishga harakat 
qilayotgan va o’rta va uzoq masofadan to’pni savatga aniq tashlayolmidigan hamda 
to’pni tez va aniq uzata olmaydigan baland bo’yli o’yinchilari ko’p bo’lgan jamoaga 
qarshi qo’llaniladi. 
Sistemaning ijobiy tomonlari shundaki, u raqibning orqasidan tinmay 
yugurishni talab qilmaydi, o’zining shchiti yaqinida shchitdan sapchigan to’p uchun 


kurashga yengillashtiradi, rejali ravishda tez qarshi hujumga o’tish imkonini beradi, 
raqibning oldindan o’rganilgan to’siq, to’qnashtirish, kesishib o’tish bilan bo’g’liq 
kombinatsiyalarini amalga oshirishini qiyinlashtiradi. Sistemaning salbiy tomonlari 
shundaki, qurqlanayotgan uchastkadan tashqarida to’pni egallash uchun kurashning 
faolligini susaytiradi, tashabbus hujum qilayotgan jamoaga o’tadi, to’siqsiz savatga 
to’p otishga yo’l qo’yiladi va birinchi hujumchining bir ikki qatnashuvchi doyrasiga 
gruppirovka bo’lsa, himoyaning balansi ta’minlanmaydi. 
Tarqoq himoya. Avvaliga bu himoya raqiblarni o’zini shchitidan uzoqda har 
qanday huqtada kurash olib borishga majbur qiladi, shu bilan birga o’yinchilar to’pni 
olib qo’yishga yoki hujumchilarning rejalangan kombinatsiyali o’yinini buzishga, 
ularni shoshilishiga, ma’lum bir rejasiz harakat qilishga majbur etishadi. Tarqoq 
himoya ikkita sistemada amalga oshiriladi; shaxsiy pressing va zonali pressingda. 

Download 181.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling