Basketbol o’yin taktikasi tasnifi reja
Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir
Download 181.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Basketbol o`yini taktikasi tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zonali pressing.
Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir. Buning mohiyati shuki, to’p
raqibning qo’liga o’tishi bilan himoyalanayotgan jamoaning har bir o’yinchisi “o’zini” hujumchisini butun maydon bo’ylab unga erkin harakat qilishga yo’l bermay, to’pni olish va o’zi xohlagan yo’nalishda uzatishga yo’l qo’ymay ta’qib qila boshlaydi. Pressing yo’rdamida hujumkor o’yin olib boorish sur’atni ko’tarish, raqibni o’yinini olib boorish uchun mo’ljallangan rejadan voz kechishga majbur qilish mumkin. Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima otish maydonchasining yarim doyrasiga chiqarilgan markaziy o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa – yo’n tomondan ta’qib qila boshlash kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak. Zonali pressing. Buning mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar III yoki IV mintaqada kirib kelganda zona pressingi vaqtincha birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi. Maydon burchaklarida to’pli hujumchiga guruh bo’lib to’pni olish uchun hujum qilinadi. Zonali pressingning afzalligiga qo’yidagilarni kiritish mumkin: a) raqib uchun kutilmaganlik; b) raqib jamoaning to’pni juda yaxshi olib yuruvchi etakchi o’yinchilariga butun maydon bo’ylab qarshi harakat imkoniyati; v) o’yinchiga ta’sir etib to’pni noto’g’ri uzatish, qoida buzishga olib keluvchi, to’pni guruh bo’lib olib qo’yishni muntazam qo’llash; g) bir-birini straxovka qilishni yengillashtiruvchi va to’pni olib qo’yishga chiqqanda tavakkalga yo’l qo’yuvchi butun maydon bo’lab barqaror himoya muvozanati; d)aniq paytda (vaziyatda) hamjihatlik va harakat qilish qoidalarining oddiy va oydin tushunarliligi. Download 181.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling