Basketbol o’yin taktikasi tasnifi reja


Download 181.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana16.06.2023
Hajmi181.12 Kb.
#1498737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Basketbol o`yini taktikasi tasnifi

Pozitsion hujum. O’yin davomida jadal hujumni yakunlashga har doim 
erishilavermaydi. Raqib jamoali himoyani yushtirishga ulguradigan va hamma 
hujumchilarni to’sadigan holler bo’libturadi. Ushanda jamoa, yaxshi yushtirilgan 
himoyaga hamma beshtala o’yinchi qatnashadigan pozitsion hujumni qarshi qoyishi 
kerak. Pozitsion hujumda basketbolchilar yakunlovchi to’p otishni tayyorlashib 
raqib himoyasiga bosqichma-bosqish (ketma-ket) engishadi. O’yin qoidasi bo’yicha 
bunday tayyorgarlikka 30 soniyagacha vaqt beriladi. Bu vaqt ilgaridan o’rganilgan 
har qanday qiyinchilikdagi kombinatsiyani qo’llash uchun yetarlidir, agar u barbod 
bo’lsa (amalga oshmasa) o’rta yoki uzoq masofadan taktik jihatdan asoslangan 
otishga sharoit yaratish kerak. 
Pozitsion hujumda, jadal hujumdagi kabi, uchta fazani ajratish mumkin; 
boshlanish – jamoaning yushgan holi oldingi zonaga o’tishi va o’yinchilarni 
ko’zlagan pozisiaylarga joylashtirish; rivojlanish savatga hujum qilish uchun qulay 
vaziyat yaratish maqsadida bir qator o’aro harakatlari (seriyalarni) o’tkazish 
(hujumchini ta’qibdan ozod qilish, yakka olishishning qulay sharoitlarini ta’minlash 
va hakoza); yakunlash – o’yinchi tomonidan savatga hujum qilishni bevosita 
o’tkazish va sapchigan to’p uchun faol kurashni ta’minlash. 


Pozitsion hujumda ikki sistema tashkil topgan: “markaziy o’yinchi orqali” va 
“markaziy o’yinchisiz”. 
Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi, ayniqsa, (hammadan ko’ra) 
maqsadga muvofiqdir. Buni (sistemani) qo’llayotgan jamoaning harakatlari, istalgan 
daqiqada to’pni olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun odatda shchitda shchitga 
orqasi bilan o’zining sheriklariga yuzi bilan turgan markaziy o’yinchining etakchilik 
roliga (asoslanadi) tayanadi. Markaziy o’yinchi hujum tayo’rgarligining huddi 
o’zagidek hisoblanadi. Hamma kelgan sheriklari, unga faol kelishilgan harakatlari 
bilan qullab quvvatlab, qulayroq vaziyatga unga to’pni oshirib berishga harakat 
qiladilar (28-rasm). Qulay vaziyatda to’pni olgan markaziy o’yinchi: 
- uni savatga otishga urinib ko’rishi; 
- uni ta’qib qilayotgan himoyachini yakka olishishda aldab o’tishi, shchit oldiga 
chiqishi va to’pni savatga otishi; 
- to’pni sheriklardan birortasiga uzatishi; 
- uch ochkoli otish uchun to’pni uzoqga maydon ichida uzatishi mumkin. 

Download 181.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling