Basketbol o‘yini! Reja: 1.O‘yin texnikasi: 1. O‘yin taktikasi: O‘yin texnikasi --- basketbolning rivojlanish jarayonida shakllangan musobaqaning konkret vaziyatlarni eng muvaffaqqiyatli ochishga qaratilgan usullar yig‘indisidir. - Basketbol o‘yini texnikasini bir tartibda o‘rganish uchun klassifikatsiyasidan fofoydalaniladi. Basketbol o‘yini 2 bo‘limdan tashkil topgan turli texnik priyomlar yordamida o‘tkaziladi. Bu hujum texnikasi va himoya texnikasi har bir bo‘lim hujum va himoyada qo‘llaniladigan texnik priyom guruxlardan tashkil topadi. Usul guruxlari ularning har xil yo‘llar bilan bajarilishini o‘z ichiga oladi. Oyoqlarni to‘g‘ri ishlata bilish va chalg‘itish usullari ikkala bo‘lmaga ham qarashlidir. Usullarning ayrim bajarish yo‘llari o‘z navbatida bajarilish harakteriga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Masalan usuli bir joyda turib, harakatda bo‘lganda yoki sakraganda bajarish mumkin.
- O‘yin taktikasi--- o‘yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga bo‘linadi. Uning har bir bo‘limi o‘yinchilari harakatini tashkil qilish prinsipiga qarab yakka, guruxli va jamoaliga bo‘linadi. O‘z navbatida, har bir gurux o‘yinni olib borish ko‘rinishini hisobga olib, ko‘rinishlarga bo‘linadi (masalan, yakka harakatlar, hujum davomida o‘yinchilarning to‘psiz harakati va o‘yinchining to‘p bilan harakati ham bo‘lishi mumkin). O‘yin harakatlarining aniq mazmuniga qarab ko‘rinishlar usullarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |