Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 

oy qo‗shishni o‗rganganlar va bu oyni ―ayyom an-nasi‖ deb ataganlar. Abu Rayhon Beruniy o‗z asarida 
milodiy  yil  hisobiga  ham  to‗xtalib  o‗tadi.  U  mazkur  kalendarni  ―rumiy  kalendari‖  deb  ataydi  va 
kalendarga  birinchi  marta  kabisa  yilini  Yuliy  Sezar  kiritgan,  deb  yozadi.  Olim  milodiy  yil  hisobini 
qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi. ―Qonuni Mas‘udiy‖ asarining ikkinchi kitobi 
xronologiya masalalariga bag‗ishlangan bo‗lib, unda ‖Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarida 
ko‗rilgan masalalar to‗ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari 
hukmronlik  qilgan  yillarining  xronologik  jadvallari  keltirilib,  ularning  nomlari  yunoncha 
transkripsiyada  berilgan.  Shuningdek,  mazkur  asarda  insoniyat  tomonidan  qo‗llanilgan  eralar, 
jumladan, Yazdigard, Iskandar, Filipp, ―Buxtunassar‖ (Nabonassar erasini aniqlash masalalari xususida 
ham so‗z boradi. 
Abu  Rayhon  Beruniyning  ―Hindiston‖  asarida  bu  o‗lkada  yashovchi  xalqlarning  urf-odatlari, 
geografiyasi va  u  bog‗liq  astronomiyasi ko‗rsatib  o‗tilgan. Shuningdek,  olim  burjlar, oy  fazalarining 
o‗zgarishi,  hind  eralari,  Oy  va  Quyosh  kalendarlari  va  oltmish  yillik  Yupiter  davriyligi  nomlarini 
keltirib o‗tgan. 
Arab sayohi va geografi Yoqut al-Hamaviy (XIII asr)  Beruniy haqida : ―Zamona ilm va aqlda 
unga teng keladigan boshqa odamni ko‘rmadi‖- deb yozgan bo‘lsa, nemis olimi E. Zaxau esa ― U arab 
adabiyoti okeanida  yagona qoyadir ‖ deb bejiz  yuqori baho bermagan edi. Darhaqiqat qomusshunos  
olim ―Hindiston‖ asarini yozib insoniyatning buyuk mutafakkirlaridan biriga aylandi.
3
 
Shu  o‘rinda  Abu  Rayhon  Beruniyning  byuk  xizmatlari  bashariyat  tomonidan  e‘tirof  etilsada, 
Xronologiya  fani  taraqqiyotiga  qo‘shgan  hissasi,  kalendarlar  tarixi  bo‘yicha  yozib  qoldirgan 
ma‘lumotlari  dunyo  tarixchi  olimlarining  Xronologiya  faniga  oid  o‘quv  qo‘llanmalari,  manbalarida 
qayd  etilmagani  kishini  taajjubga  soladi.  Vaholanki  Abu  Rayhon  Beruniy  rus  akademigi  I.  Yu. 
Krachkovskiy  ta‘kidlaganidek  musulmon  olimlari  ichida  birinchi  marta  yahudiylar  kalendari  haqida 
sistemali ma‘lumot beradi.
4
 
Abu  Rayhon  Beruniyning  «Hindiston»  asarida  bu  o'lkada  yashovchi  xalqlarning  urf-
odatlari,  geografiyasi  va  u  bilan  bog'liq  astronomiyasi  ko'rsatib  o'tilgan.  Shuningdek,  olim 
burjlar,  oy  fazalarining  o'zgarishi,  hind  eralari,  Oy  va  Quyosh  kalendarlari  va  oltmish  yillik 
Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o'tgan. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling