Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan biri bo'lgan Isfaxon rasadxonasini
1076-yili Umar Xayyomning iltimosiga ko'ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko'p yillik kuzatishlari natijasida o'zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar Xayyomning xronologiya faniga qo'shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro'zga, bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo'llanib kelingan mashhur Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning kabisa yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko'ra har o'ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi Yulian kalendaridek yetti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so'ng emas, to'rt yildan so'ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo'ldi. Natijada, Umar Xayyom tuzgan kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo'ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bo'lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi. Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079-yil (hijriy qamariy 471-yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asrning o'rtalariga qadar qo'llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari» ham deb yuritilgan. Umar Xayyomning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari «Navro'znoma»dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro'z kunining qanday belgilangani, 3 A.Do'stov. Hindlarning o‘zidan oshirib. ―Ma 'rifat‖ gazetasi . 2004 yil 2 iyun. 13- bet. 4 Abu Rayhon Beruniy.Tanlangan asarlar.1 t.T., 1968. 10-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling