Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 

bayram  qanday  nishonlangani  to'g'risida  ma'lumotlar  keltiriladi  hamda  oy  nomlarining  lug'aviy 
ma'nosi ham beriladi. 
Mirzo Ulug'bek. Mirzo Ulug'bek «Ziji Ko'ragoniy» asarida vaqtni hisoblash masalalariga 
to'xtalib  o'tgan.  Olim  yil  hisobining  sharq  xalqlari  qabul  qilgan  usullarini  bayon  etib,  «yunon, 
malikiy,  xitoy  va  uyg'ur  eralari»  hamda  ular  orasidagi  farq,  mazkur  eralardagi  bayram  kunlari 
to'g'risida batafsil ma'lumot beradi. Hijriy-qamariy kalendardagi arab davriyligi, yil boshi va oy 
madhallarini aniqlash jadvallarini va formulalarini ko'rsatib o'tadi. 
Yevropada      Mirzo      Ulug'bek      va      Nasiriddin      Tusiyning      yulduzlar  jadvali  katologi 
1648-yilda  Oksford  universiteti  astronomi  Jon  Grivas  tomonidan  nashrga  tayyorlangan.  1650-
yilda  Mirzo  Ulug'bek  asarlarining  xronologiyaga  oid  ma'lumotlari,  Sharq  xalqlarida  yil  hisobi, 
kalendarlarga  doir  qismlari  nashr  etiladi.  Mirzo  Ulug'bekning  yulduzlar  katalogi  1665-yilda 
Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi.   1853-yilda Mirzo Ulug'bekning bu 
jadvallarga bergan to'liq muqaddimasini Sedillot tarjimasi bilan nashr etilgan. 
Akademik  T.  Qoriniyoziy  yozganidek:  ―Ilmiy  Kalendar,  ya‘ni  sana  yoki  yil  hisobi  tarix  va 
asthranomiyaning  eng  muhim  poydevorlaridan  biridir.  Shuning  uchun  qadim  zamonlardayoq 
astranomlarning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  kalendarni  takomillashtirishdan  iborat  bolgan.  Shu 
sababli  Ulug‘bekning…  jadvallari  ana  shu  masalalardan  boshlanadi‖.
5
  Xronologiya  kalendarlarning 
rivojlanishi va o‗zgarishi bilan chambarchas bog‗liqdir.  
 
 Kalendar so‗zi lotincha ―kalendarium‖ so‗zidan olingan bo‗lib, qarz kitobi ma‘nosini anglatadi. 
Qadimgi Rimda qarzdorlar ham qarz foizlarini oyning birinchi kunida to‗laganlar. 
Savol va topshiriqlar  
1.  Tarixiy va astronomik xronologiya haqida ma'lumot bering. 
2.  O'rta Osiyoda olib borilgan xronologiyaga oid tadqiqotlar haqida ma'lumot bering. 
3.  Xronologiyaga oid manbalar haqida ma'lumot bering. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling