56
kalendar ifodasida yillar bo‗yicha yondosh sanalar doirasida o‗zgarib turadi, shu sababli yangi
yilning boshlanish kuni o‗zgaradigan bo‗ldi va har yil uchun alohida belgilandi.
Konvent bir qancha o‗zgartirishlar bilan yangi respublika kalendarini joriy etdi. Oy va
kunlarning nomlanishi qabul qilinmadi. Ularning sonlar bo‗yicha ko‗rsatkichi saqlab qolindi.
Bu hol noqulaylik tug‘dirishi bilan birga, yil mobaynida kalendar sanalarining o‗rni
almashuviga, voqealarning vaqt jixatidan aniq hisobga olinishi buzilishiga sabab bo‗ldi. Bunda
kabisa yillarining Grigoriy kalendari tizimi ham buzildi.
Oy va yil hisobi respublika e‘lon qilingan kundan – 1792 yil 22 sentabrdan olib borila
boshlandi. Bu kun o‗sha yili kuzgi kun-tun tengligi kuniga tasodifan to‗g‘ri kelib qoldi. (22
sentabr 1792 yil, soat 9 dan 10 daqiqa o‗tganda. 1-yanvar yangi yil bekor qilinib, uni bayram
qilish qattiq taqiqlandi. Shu kuni pochta orqali jo‘natilgan xatlar, hatto bayram tabrigi
emasmikan deb ochib o‗qildi. Yangi yil 22 sentabrga yaqinroq kunga keltirildi. Doimiy yangi yil
respublika kalendarida belgilanmadi.
Oy va kunlarning yangicha nomlanishini sobiq aktyor va shoir Fabr de Eglantin
Konventga taqdim etdi. Oylar yangi nom bilan ataldi, bu nomlanish Fransiya tabiiy sharoitiga
muvofiq edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |