Batafsil bayon etilgan
Mavzu: Fransuz inqilobining “Respublika kalendari”
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Mavzu: Fransuz inqilobining “Respublika kalendari”. Jahon mamlakatlarining iqtisodiy jixatdan tobora rivojlanib yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kelgan sari, haftalar bilan oylar va choraklar o‗rtasidagi nisbat noto‘g‘ri bo‗lib, amaldagi o‗zgarib turuvchi, nomukammal Yuliy kalendari to‘zilishining noqulayligi tobora ko‗proq sezilishi natijasida XVIII asrning oxirlaridayoq Fransiyada islohot o‗tkazishga urinib ko‗rildi. 1793 yilda amalga oshirilgan Fransiya inqilobi davrida kalendarni isloh etish xalq ta‘limi qo‗mitasi zimmasiga yuklandi. Yangi kalendarning bosh ijodkori milliy inqilobiy Konvent deputati Rom Jilber edi. Kalendar umuman olganda Korollikdan boshlangan eski yil hisobini yo‗qqa chiqardi. Rom Jilber ta‘kidlaganidek: ―1564 yilga qadar Fransiyada yil pasxadan boshlangan. Qattiqqo‗l va aqlsiz korol Karl IX varfolomey qatlini o‗tkazishni buyurib, o‗z xoxishiga ko‗ra hech qanday asossiz yil boshlanishini 1-yanvardan belgiladi. Bu yil vaqtiga ham, burjiy ko‗rsatkichlarga ham, tarixiy yilnomalarga ham muvofiq kelmas edi‖. 1793 yilda Fransiya inqilobining ―Respublika kalendari‖ joriy etildi. Qadimgi Misr kalendaridagi kabi, bu kalendarda ham yil 12 oydan va har oy 30 kundan iborat bo‗lib, oylar hafta o‗rniga uchta dekadaga bo‗lingan hamda yil oxirida besh yoki olti qo‘shimcha kun qo‘shilgan edi. Rom oylarni inqilob voqealari bilan atadi (respublika oyi, birlik oyi, do‗stlik, ozodlik, tenglik oyi va h.k.. Yetti kunlik hafta bekor qilinib, o‗n kunlik dekada bilan almashtirildi. Oyni – 3 dekadaga bo‗ldi. U dekada kunlarini mehnat qurollari (omoch, kompas, yoki urush va inqilob qurollari (pushka, yoki inqilob ramzlari (tamga, qizil qalpoq nomlari bilan atashni taklif qildi. O‗ninchi kun dam olish kuni deb ataldi. Qo‗shimcha kunlar ham shunday: ishlab chiqarish, mukofotlash, kardoshlik, keksalik, oltinchi kun esa – olimpiada musobakalari kuniga bag‘ishladi. Yilning boshlanishi 1-yanvar o‗rniga Parij vaqti bilan kuzgi kun-tun tengligi davriga to‘g‘ri keladigan yarim kechasiga belgilangan edi. Kuzgi kun-tun tengligining astronomik xolati 43 Л. С. Хренов, И.Я. Голуб. Время и календарь. М., 1989. стр 79. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling