Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Olimpiada erasi. Eramizdan avvalgi III asrning o'rtalarida grek tarixchisi Timey va
matematik Eratosfen birinchi bo'lib olimpiada bo‘yicha yil hisobini olib borishgan. Olimpiada o'yinlari yozgi Quyosh turishiga yaqin bo'lgan vaqtda o'tkazilgan. Olimpiada o'yinlari to'rt yilda bir marotaba yangi Oy chiqqanidan o‘n bir kun keyin boshlangan va yangi Oy chiqqanidan o'n olti kun keyin yakunlangan. Olimpiada bo'yicha yil hisobida har bir yil olimpiadaning tartib raqamini (OL) va to'rt yildagi yilning tartib raqami bo'lgan. Ajdoddan avlodga o'tib keluvchi olimpiada o'yinlari g'oliblarining ro'yxatidan eramizning taxminan 300-yilida xristian tarixchisi K. Evsivliy tomonidan foydalanilgan. U o'zining «Xronika» asarida Odam Atodan boshlab, o'ziga ma'lum bo'lgan hukmdorlarning hukmronligi sanasini Olimpiada sanalari bilan solishtirgan. «Xronikada» eramizning 220-yiligacha bo'lib o'tgan 249 ta olimpiada o'yinlarining g'oliblari ko'rsatib o'tilgan. Olimpiada erasi Yulian kalendari bo'yicha eramizdan avvalgi 776-yil 1-iyul qilib belgilangan. Olimpiada yil hisoblaridan bizning yil hisobimizgacha o'tishda mana bu formuladan foydalaniladi: R = 776 —[(OL — 1)·4 +(t —1)] - eramizdan avvalgi yil (agar voqea er. avv, sodir bo'lgan bo'lsa); R = [(OL —1)·*4 + (t — 1)] —775 - eramizdagi yil (agar voqea eramizda bo'lib o'tgan bo'lsa). Bu yerda R - eramizdan avvalgi yil yoki eramizdagi yil. Masalan, greklar va forslar o'rtasida bo'lib o'tgan Salamin jangi 75-olimpiadaning birin-chi yilida sodir bo'lgan (bu OL 75.1 tarzida yoziladi). Formula bo'yicha topamiz: 45 Ba'zi fikrlarga ko'ra, aera - lotincha «ab exordio regni Augusti» (Avgust hukmronligining boshlanishi) jumlasining bosh harflaridan hosil bo'lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling