Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
58 suvdan o‗tibdi. O‗n ikki yilni ana shu o‗n ikki hayvon nomi bilan atashibdi. Eng oldin shichqon suvdan suzib o‗tibdi. Shu sababli dastlabki yil uning nomi bilan shichqon yili deb, undan keyin suvdan kechib o‗tgan hayvonlar nomi bilan keyingi yillar atalibdi‖. Beruniy 1030 yillarda yozgan ―Qonuni Mas‘udiy‖ asarida: ―Sharq axli – xitoylar va turklar o‗z yillarini o‗n ikkidan iborat davr tarzida tuzadilar va ularni hayvonlar nomlari bilan ataydilar hamda ma‘lum tartibda joylashtiradilar. Lekin men bu davr istiloxiymi yoki quyosh va oyning harakatlari bilan aniqlanadigan biror miqdorlardan keltirib chiqarilganmi, ekanligini aniqlay olmadim‖-deb yozadi 44 . Akademik A. Ahmedovning ta‘kidlashicha:‖Garchi Beruniy muchal hisobining asli sababini aniqlay olmagan bo‗lsa ham, taxmini haqiqatga ancha yaqin turadi. Gap shundaki, bu 12 yillik hayvoniy davrga Mushtariy (Yupiter ning Quyosh atrofida bitta to‗liq aylanishi uchun ketadigan muddat -12 yil qabul qilingan va har bir yilni ma‘lum kayvon nomi bilan atalgan‖. Quyida bu muchal yillarining qadimgi turkcha, forscha va o‗zbekcha nomlarini keltiramiz: № Turkcha Forscha O‗zbekcha Yillar 1 Keshku Mush Sichqon 1900 12 24 36 48 60 72 84 96 2008 2 Ut Gov Ho‘qiz 1901 13 25 37 49 61 73 85 97 09 3 Bars Palang Yo‗lbars 1902 14 26 38 50 62 74 86 98 10 4 Tavushqan Hargo‗sh Quyon 1903 15 27 39 51 63 75 87 99 11 5 Lu Naxang Ajdar 1904 16 28 40 52 64 76 88 2000 12 6 Yilan Mor Ilon 1905 17 29 41 53 65 77 89 01 13 7 Yuned Asp Ot 1906 18 30 42 54 66 78 90 02 14 8 Qo‗y Go‗sfand Qo‗y 1907 19 31 43 55 67 79 91 03 15 9 Sichen Hamduna Maymun 1908 20 32 44 56 68 80 92 04 16 10 Daquq Murg‘ Tovuq 1909 21 33 45 57 69 81 93 05 17 11 It Sag It 1910 22 34 46 58 70 82 94 06 18 12 To‗ng‘iz Xo‗k To‗ng‘iz 1911 23 35 47 59 71 83 95 07 19 Ulug‘bekning yozishicha, turklar faqat shu sodda 12 hayvon davridan foydalanib bir kecha-kunduzni ham ana shu 12 hayvon nomi bilan ataluvchi 12 teng bo‗lakka bo‗lganlar. Ulug‘bek turklar va xitoylar kecha-kunduzni yarim kechadan boshlaganliklarini ham qayd etadi. Agar milodiy yil 12 yillik muchal hisobiga taqsimlansa 2012 yilga qadar muchal davri 168 marta takrorlangan. Bu ma‘lumotlar milodiy yilni muchal yiliga o‗girish va odamning muchal yilini topishda kerak bo‗ladi. Milodiy yildan muchal yilini chiqarish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: tug‘ilgan yilga 9 soni (bu son muchalning birinchi yili bilan milodiy birinchi yil orasidagi farq qo‗shilib, yig‘indi 12 ga bo‗linadi. Bo‗luv amalidan keyingi qoldiq son muchal hisobidagi 12 hayvon nomidan tartib bo‗yicha qaysi biriga to‗g‘ri kelsa, qidirilgan muchal yili o‗sha bo‗ladi. Masalan, 2011 yilda tug‘ilganlarning muchali quyidagicha topiladi: 2012+9=2021:12=168 qoldiq – 5 44 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Qonuni Mas‘udiy. 1-5- maqolalar. v t. T., 1973. 91-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling