Batafsil bayon etilgan
Mavzu. Eralar va ularning turlari
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Mavzu. Eralar va ularning turlari
Reja: 1. Tarixiy-siyosiy eralar. 2. Afsonaviy eralar. 3. Diniy eralar. Har bir kalendar tizimida yilni hisoblashda uning boshlang'ich nuqtasi zarur. Shu boshlanadigan davrni biz era deb ataymiz. Era lotincha «aera» - son, raqam degan ma'noni bildiradi 45 . Eraning boshlang'ich nuqtasi qilib biror-bir olamshumul voqealar olinadi. Bu davlat ahamiyatiga ega, yoki biror-bir xalq uchun xarakterli bo'lishi, yoki faqatgina bir shaxsning faoliyati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shunday eralar ham borki, ular afsonalar bilan bog'liq. Insoniyat tarixi davomida shunchalik ko'p eralardan foydalanilgan-ki, ularning har birini sanab o'tish mushkul. Xronologiya fanida eralar xususiyatiga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Bugungi kunda eralarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: l)tarixiy-siyosiy eralar; 2) afsonaviy eralar; 3) diniy eralar. Tarixiy eralarga asosan hukmdorlarning nomi bilan bog'liq eralar kiradi. Eralar Misr va Bobilda podsholar, Ossuriyada yuqori lavozimdagi mansabdorlar, Rimda konsullar, Gretsiyada arxontlar hukmronligi davri bilan hisoblangan. Tarixiy eraga Nabonassar (er. avv. VIII asrda hukmronlik qilgan) erasini misol qilib olishimiz mumkin. Shuningdek, Qadimgi Sharqda keng tarqalgan Salavkiylar (eraning boshlanishi er.avv. 312-yil 1- oktabr) erasi, Rimda foydalanilgan Diokletian (Rim imperatori 284-305 yillarda) eralari tarixiy- siyosiy era hisoblanadi. Afsonaviy eraga «Rimga asos solinishi» erasini misol qilishimiz mumkin. Milodiy era, «Iudey erasi», «Musulmon erasi» diniy eralar hisoblanadi. Endi yuqorida nomlari keltirilgan eralari haqida to'xtalib o'tamiz. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling