Diokletian erasi. Uzoq vaqt davomida Rim imperiyasida va Misrda yil hisobi Diokletian
hukumat tepasiga kelgandan boshlab, ya'ni «Diokletian erasi»dan olib borilgan. Bu eraning
boshlanishi 284-yil 29-avgust hisoblanadi. Lekin Diokletian hukumat tepasiga 17-sentabrda
kelgan bo'lsa-da, bu yerda Ptolemey misoli bo'yicha Diokletian hukumat tepasiga I Totoda
kelgan. Biroq bu yerda gap eramizdan avvalgi 26-yil kalendar islohotidan so'ng Yulian kalendari
bo'yicha 29 avgustda tugaydigan Misr yilining bir maromda boshlanishi haqida bormoqda.
Surilib boruvchi Misr yili eramizning 284-yili 13-iyunida boshlangan.
Diokletian 21 yil davomida imperiyani boshqargan. U irodali, mohir lashkarboshi va
malakali rahbar bo'lgan. Diokletian erasi bo'yicha yil hisobi uning hukumatdan ketganidan so'ng
ham saqlangan. Bu astrologiya burjlarini aniqlashda katta ko'mak bergan. Shi^iingdek,
Aleksandriya yepiskoplarining xristian pasxasi sanalarini hisoblashda ham qo'llanilgan.
Keyinchalik, xristianlar bu hisobda Diokletian nomini tilga olish yaxshi emas, degan fikrga
kelishgan va uni «azob chekkanlar erasi»-«era muchenikov» nomi bilan almashtirishgan. Misr,
Efiopiya, Sudan xristian koptlari uzoq vaqt aynan shu atamani qo"llab kelishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |