Nabonassar erasi. II asrda yashagan qadimgi grek astronomi Klavdiy Ptolemeyning
mehnatlari tufayli Nabonassar erasi keng tarqalgan. Ptolemey «Podsholar qoidalari» asarida
Bobil, Ossuriya, Eron podsholarining nomlari va ular hukmronlik qilgan yillarini bergan.
«Podsholar qoidalari» quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1) unda 365 kundan iborat Misr yili
qo'llaniladi; 2) u yoki bu podshoning hukmronligi davri qaysi oydan boshlanishidan qat'iy nazar,
I-Totaning boshlanishi bo'lib hisoblangan, ya'ni shu yilning birinchi kuni Yulian kalendari
bo'yicha eramizdan avvalgi 747-yil 26-fevral Nabonassar erasining davri bo'lib hisoblanadi.
Nabonassarning birinchi yilining I Totosi = er. avv. 747-yil 26-fevralga to'g'ri keladi.
Ptolemey o'zining «Podsholar qoidalari» asarida Nabonassar erasining boshlanishidan to
Rim imperatori Antionin Piya (86-161-yillar) gacha 807 Misr yilini qamrab olgan. Keyinroq,
«Podsholar qoidalari»ga 1453-yilgacha hukmronlik qilgan Vizantiya imperatorlari ham
kiritilgan. Shuni aytib o'tish kerakki,
Do'stlaringiz bilan baham: |