eramizning l-yili=754-yil (a.u.b) = 01 195.1.
Demak, eramizning birinchi yilining 21-aprelida «Rimga asos solinishi» erasi 754-yil
boshlangan, eramizning birinchi yili yozgi quyosh tik turishi (10-iyun) vaqtida 195-
olimpiadaning birinchi yili boshlangan.
Avgust erasi. Imperator Avgust eramizdan avvalgi 27-yilda imperator bo'lgan bo'lsa-da.
«Avgust hukmronligi» yil hisobi eramizdan avvalgi 43-yil 1-avgustdan, «Rimga asos solinishi»
erasining 771-yilidan, ya'ni Avgust konsul bo'lgan yildan boshlab hisoblanadi. Tez fursatda
eramizdan avvalgi 31-yil 2-sentabrdan Aksi yonida bo'lib o'tgan jangda Misr Rim qo'l ostiga
o'tadi va bu yerda yil hisobi «Avgustning Misrdagi hukmronlik qilishi» erasi bo'yicha olib
boriladi. Bu eraning boshi Avgustning Aleksandriyaga kelgan kunidan eramizdan avvalgi 30-yil
1-avgust deb qabul qilingan. Eramizdan avvalgi 30-yilda Misr kalendarining I Totasi 31-
avgustga mos keladi, birinchi avgust esa oltinchi mesoriga to'g'ri keladi. Bunda Yulian
kalendarida har to'rt yilda bir marta kabisa yili bo'lishini hisobga olish zarur. Lekin Yuliy Sezar
vafotidan so'ng Rim kohinlari har to'rt yilda emas, balki 3 yilda qo'shimcha kunlarni joriy
qilishgan. Natijada, eramizdan avvalgi 30-yilga kelib ikkita ortiqcha kun paydo bo'ladi. Shunga
ko'ra hisoblasak, imperator Avgust Aleksandriyaga birinchi avgustda borgan, lekin Misr
Do'stlaringiz bilan baham: |