Batafsil bayon etilgan


Mavzu. Eralar va ularning turlari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

MavzuEralar va ularning turlari  
Reja: 
1.  Tarixiy-siyosiy eralar.                                  
2.  Afsonaviy eralar. 
3.  Diniy eralar. 
Har  bir  kalendar  tizimida  yilni  hisoblashda  uning  boshlang'ich  nuqtasi  zarur.  Shu 
boshlanadigan  davrni  biz  era  deb  ataymiz.  Era  lotincha  «aera»  -  son,  raqam  degan  ma'noni 
bildiradi
45
. Eraning boshlang'ich nuqtasi  qilib  biror-bir olamshumul  voqealar olinadi.  Bu davlat 
ahamiyatiga  ega,  yoki  biror-bir  xalq  uchun  xarakterli  bo'lishi,  yoki  faqatgina  bir  shaxsning 
faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Shunday  eralar  ham  borki,  ular  afsonalar  bilan  bog'liq. 
Insoniyat  tarixi  davomida  shunchalik  ko'p  eralardan  foydalanilgan-ki,  ularning  har  birini  sanab 
o'tish  mushkul.  Xronologiya  fanida  eralar  xususiyatiga  ko'ra  bir  necha  turlarga  bo'linadi. 
Bugungi kunda eralarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: l)tarixiy-siyosiy eralar; 2) 
afsonaviy  eralar;  3)  diniy  eralar.  Tarixiy  eralarga  asosan  hukmdorlarning  nomi  bilan  bog'liq 
eralar  kiradi.  Eralar  Misr  va  Bobilda  podsholar,  Ossuriyada  yuqori  lavozimdagi  mansabdorlar, 
Rimda  konsullar,  Gretsiyada  arxontlar  hukmronligi  davri  bilan  hisoblangan.  Tarixiy  eraga 
Nabonassar  (er.  avv.  VIII  asrda  hukmronlik  qilgan)  erasini  misol  qilib  olishimiz  mumkin. 
Shuningdek, Qadimgi Sharqda keng tarqalgan Salavkiylar (eraning boshlanishi er.avv. 312-yil 1-
oktabr) erasi, Rimda foydalanilgan Diokletian (Rim imperatori 284-305 yillarda) eralari tarixiy-
siyosiy  era  hisoblanadi.  Afsonaviy  eraga  «Rimga  asos  solinishi»  erasini  misol  qilishimiz 
mumkin. Milodiy era, «Iudey erasi», «Musulmon erasi» diniy eralar hisoblanadi. Endi yuqorida 
nomlari keltirilgan eralari haqida to'xtalib o'tamiz. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling