Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Olimpiada  erasi.  Eramizdan  avvalgi  III  asrning  o'rtalarida  grek  tarixchisi  Timey  va 
matematik  Eratosfen  birinchi  bo'lib  olimpiada  bo‘yicha  yil  hisobini  olib  borishgan.  Olimpiada 
o'yinlari yozgi Quyosh turishiga yaqin bo'lgan vaqtda o'tkazilgan. Olimpiada o'yinlari to'rt yilda 
bir marotaba yangi Oy chiqqanidan o‘n bir kun keyin boshlangan va yangi Oy chiqqanidan o'n 
olti  kun  keyin  yakunlangan.  Olimpiada  bo'yicha  yil  hisobida  har  bir  yil  olimpiadaning  tartib 
raqamini  (OL)  va  to'rt  yildagi  yilning  tartib  raqami  bo'lgan.  Ajdoddan  avlodga  o'tib  keluvchi 
olimpiada  o'yinlari  g'oliblarining  ro'yxatidan  eramizning  taxminan  300-yilida  xristian  tarixchisi 
K.  Evsivliy  tomonidan  foydalanilgan.  U  o'zining  «Xronika»  asarida  Odam  Atodan  boshlab, 
o'ziga  ma'lum  bo'lgan  hukmdorlarning  hukmronligi  sanasini  Olimpiada  sanalari  bilan 
solishtirgan.        «Xronikada»      eramizning      220-yiligacha      bo'lib      o'tgan    249  ta  olimpiada 
o'yinlarining  g'oliblari  ko'rsatib  o'tilgan.  Olimpiada  erasi  Yulian  kalendari  bo'yicha  eramizdan 
avvalgi  776-yil  1-iyul  qilib  belgilangan.  Olimpiada  yil  hisoblaridan  bizning  yil  hisobimizgacha 
o'tishda mana bu formuladan foydalaniladi: 
R = 776 —[(OL — 1)·4 +(t —1)] - eramizdan avvalgi yil (agar voqea er. avv, sodir bo'lgan 
bo'lsa); 
R  =  [(OL  —1)·*4  +  (t  —  1)]  —775  -  eramizdagi  yil  (agar  voqea  eramizda  bo'lib  o'tgan 
bo'lsa). 
Bu  yerda  R  -  eramizdan  avvalgi  yil  yoki  eramizdagi  yil.  Masalan,  greklar  va  forslar 
o'rtasida bo'lib o'tgan Salamin jangi 75-olimpiadaning birin-chi yilida sodir bo'lgan (bu OL 75.1 
tarzida yoziladi). Formula bo'yicha topamiz: 
                                                 
45
 
Ba'zi  fikrlarga  ko'ra,  aera  -  lotincha  «ab  exordio  regni  Augusti»  (Avgust  hukmronligining  boshlanishi) 
jumlasining bosh harflaridan hosil bo'lgan 
 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling